Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Kanaldagi mavzular:
Koʻrilma
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanaldagi mavzular:
Koʻrilma
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38.36K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Murojaat uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2022-10-12 13:16:31 #Oʻtkan_kunlar

«Burodarlar! Oʻrus o'z ichimizda chiqadirg'an fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo'r to'kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovgʻa beradirgan kuchimizni o'z qoʻlimiz bilan oʻldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiz nima boʻladir. Bu toʻgʻrida ham fikr qilgʻuchimiz bormi? Kunimizning kofir qoʻlig'a qolishi toʻgʻrisida ham oʻylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik koʻrib qoʻygʻanmizmi?!
Mana, burodarlar! Siz oʻz qipchog'ingiz uchun qabr qazigʻan fursatda, sizga ikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko'targanda, oʻrus bizga toʻp oʻqlaydir. Siz dunyoda oʻzingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni koʻrsangiz, men boshqa yovni har zamon oʻz yaqinimg'a yetgan koʻraman! Agarda dunyodan o'tayozg'an bir keksangizning maslahatiga quloq bersalaringiz bu fikringizdan qayting, burodarlar! Illo Yusufbekni oʻldiga chiqarib, bu shum ishingizdan meni tashqarida hisoblangiz!»


- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan

@e_kutubxona
1.2K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-10-10 18:53:06 IRSHOD

Hayotda avval ilm tahsil qil, keyin kasb-hunar qilib haloldan mol-dunyo to‘pla! Shunday keyin uylan! Chunki agar ilm tahsil qilayotgan vaqtingda mol-davlat talabiga o‘tsang, shubhasiz ilm olishga ojiz bo‘lasan. Mol-davlating ko‘payib, maishatga qiziqasan, cho‘ri va yosh xizmatchilarga sotib olishga rag‘bating oshadi. Shu bilan davlat ko‘paytirish va xotinlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolib, ilmdan benasib bo‘lasan. Umring va qimmatli vaqtlaring bekor ketadi. Keyin bolalaring ko‘payadi, ahli ayol g‘am-tashvishlari ham ortib, o‘z-o‘zing bilan bo‘lib qolasan. Shubhasiz, hojatlarini chiqarish va manfaatlarini ziyoda jalb qilishga berilasan. Natijada ilmni va uning foydalarini tark qilasan!
Ey farzand! Yoshlik vaqtingda ilm bilan shug‘ullan! Yoshlikni g‘animat bilib ilm, kasb-hunar egalla! Chunki unda qalbing turli g‘am-tashvish, muammolardan holiy bo‘ladi. Nimani qiziqib o‘rgansa, qalbga o‘rnashadi. Ilm va kasb egallagandan keyin mol-davlat yig‘ishga harakat qilsang, to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lasan. Ahli ayol, farzandlarni ko‘pligi, shubhasiz, qalb va xayolingni egallayli tashvish va muammolar ko‘nglingni band qiladi.
Qachon mol-davlat to‘plasang uylan. Maslahat bilan munosib va salohiyatli kishilarning soliha farzandini turmushing mazmuniga aylantir.

Imomi A’zam Abu Hanifa hazratlarining shogirdlari imom Abu Yusufga irshod va vasiyatlari

- «Ta'lim al-muta'allim» kitobidan

@e_kutubxona
955 views15:53
Ochish/sharhlash
2022-10-08 09:00:07 #Olim_odam_va_olam

Ramziy hikoya

   Shayton kelib eshakning bogʻichini yechib yubordi. Eshak qoʻshnining bogʻini payhon qilib, xomu pishganni barobar yeb tashladi. Buni koʻrgan bogʻbonning xotini qoʻliga miltiq olib, eshakni otib tashladi. Eshak egasi oʻq ovozini eshitib chiqdi va eshagining oʻlib yotganini koʻrgach gʻazablanib, bogʻbonning xotinini otib oʻldirdi. Bogʻbon kelib xotinining oʻlib yotganini koʻrdi. Miltigʻini qoʻlga olib, u ham oʻz oʻrnida eshak egasini otib oʻldirdi...

   Shunda shaytondan: «Sen oʻzi nima qilib qoʻyding?» deya soʻrashdi. U javob qildi: «Hech narsa qilganim yoʻq. shunchaki jamiyatni buzmoqchi boʻlsam, bir eshakni qoʻyvoraman, eshak oʻzi uni xarob qiladi-qoʻyadi»

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

@e_kutubxona
2.4K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-10-07 19:33:20 #Maqola
Abu Muslim
"Kalamushlar texnologiyasi"
Maqola
0,2 MB
PDF
8 sahifa


«Odamlar hali ham ozodlik, baxt va teng huquqlik haqidagi chiroylik gaplarga laqqasidan tushib o‘tirar ekan, hamda elektorat bilan ishlash, saylovlarda qatnashish yoki “rangli” inqiloblar ishtirok etishlari bilan o‘zlari bilmagan holda “kalamush qirollari”ni ko‘paytirib beradigan tizimni (sistema) barpo qilishga xissa qo‘shmoqdalar.
Bugun odamlar bir-birlarini yeyish bilan ovoradirlar. Ko‘ziga lo‘q qarab yoki turli xil xiyla-nayranglar bilan bo‘ladimi farqi yo‘q, bu yerda texnologiya ikkilamchidir. Asosiysisi ochiqcha odamxo‘rlik bo‘lyapti. To‘g‘ri, tepadagilar qo‘llarini qonga botirayotganlari yo‘q. Ammo, kalamushlarning quyidagi tabaqalaridagilar o‘z hamjinslarini beayov to‘namoqdalar
».

@e_kutubxona
2.6K views16:33
Ochish/sharhlash
2022-09-30 14:00:06 #Olim_odam_va_olam

Usmonlilar davrida hovli eshiklarida ikki qo‘ng‘iroq osilardi. Katta va kichik. Agar eshik kichik qo‘ng‘iroq bilan qoqilsa, uni ayol kishi qoqqani ma’lum bo‘lar va peshvoziga xonadonning ayoli chiqardi. Kattasi ishga tushganda esa, eshik oldida erkak kishi turgani tushunilardi va tabiiyki javobga erkak kishi chiqardi.
Xastasi bor xonadon eshigiga esa qizil gul bog‘lami osib qo‘yilardi. Bu bilan o‘tkinchi, sotuvchi va sayoqlarga ichkarida kasal borligidan ishora berilardi. Gulni ko‘rgan mazkurlar shu sabab shovqin ko‘tarmay o‘tishardi.
Bular buyuk ummat bo‘lgan kunlarimiz xotiralaridan edi...

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

@e_kutubxona
2.6K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:16:02 Jahon adabiyoti
Lev Tolstoy
"Faqirlar"
Hikoya
0,1 MB
PDF
4 sahifa


@e_kutubxona
1.1K views05:16
Ochish/sharhlash
2022-09-29 21:16:24 Kitobxonlar klubi: Oktabr oyida muhokama qilinadigan asarlar ro‘yxati

№158 | 01.10.2022 | 21.00 ~ 23.00
Lev Tolstoy. Faqirlar (hikoya)

№159 | 08.10.2022 | 21.00 ~ 23.00
Abu Muslim. Kalamushlar texnologiyasi (maqola)

№160 | 15.10.2022 | 20.00 ~ 23.00
Onore de Balzak. Gobsek (qissa)

№161 | 22.10.2022 | 21.00 ~ 23.00
Abduqayum Yo‘ldoshev. Puankare (hikoya)

№162 | 29.10.2022 | 20.00 ~ 23.00
Lev Tolstoy. Anna Karenina (roman)

——————————————————
- Oddiy muhokama
- Tanlovli muhokama

——————————————————
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblar yutib oling. Har shanba va yil davomida.

2022-yil davomida tahlil qilinadigan asarlar ro‘yxati

@e_kutubxona
2.0K views18:16
Ochish/sharhlash
2022-09-29 08:08:27 #Olim_odam_va_olam

Taraqqiyotda oldinga yurdik, insoniylikda ortga...

Besh ming yildan beri olamning ahvoli shu; raqqosa yozuvchidan ko‘p topadi, do‘mbirachi yo mashshoq novvoy, duradgor va temirchidan ko‘p pul ishlaydi. Agar bugun siz Eynshteynni ilmiy anjumanga chaqirsangiz, so‘ng yarim yalang‘och ayolni matbuot bilan uchrashuvga taklif etsangiz, olomon Eynshteyn va ilmini tashlab, yalang‘och ayolni qurshab oladi. Bunga biz aybdor emasmiz. Balki ayb aksar odamlarning hayvonsifat, nafs va shahvat quli bo‘lishlaridandir. Chunki bundaylar mayda ishlarni qo‘llab-quvvatlab, jiddiylaridan yuz o‘giradi.

- Mustafo Mahmud, «Qaynash nuqtasi» kitobidan

@e_kutubxona
684 views05:08
Ochish/sharhlash
2022-09-28 12:14:00 Dunyo zavodi

«Xitoyliklar avvallari o‘zlarini dunyo zavodi ekanligidan g‘ururlanardi. Hozirda barcha bunday zavod bo‘lish qanchaga tushishini anglab yetgan. Suvimiz ichib bo‘lmas, oziq-ovqatlarimiz yeb bo‘lmas darajaga yetgan, sutimiz esa zaharli va hammasidan ham yomoni, shaharlarimizdagi havo shu qadar ifloslanganki, ko‘pincha quyoshni ham ko‘ra olmaymiz».

- Dunkan Klark: "Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan"

@e_kutubxona
1.2K views09:14
Ochish/sharhlash
2022-09-24 10:35:08 ​​​​#Yangi_dunyo

Hamma narsani muhayyo qilishni talab qilayotgan avlod haqida yoshlar nima deb oʻylashar ekan-a? Bu iste’molchilar davrining avlodidir.
Bular qishloqlardan kelib sanoat davrini barpo qilganlarning avlodlari.
Bular yoshliklarida na dipressiyaga duchor boʻlgan, na urushni koʻrgan, bularning oʻrniga tanballikka gʻarq boʻlganlarning oʻgʻil-qizlardir.
Bular uy sotib olishni yoki tekinga uylik boʻlishni, buning ustiga esa qoʻshimcha televizor, gilam, muzlatgich va avto ulov, soʻng esa dala hovli yoki shahar tashqarisidagi kottejlarni orzu qilganlardir. AQSH va Rossiya, Olmoniya va Britaniyalarda ham ahvol tahminan shunday boʻlgan.
Farzandlarchi? Farzandlar – ortiqcha sarf-harajat! Ular ishlashga va pul topishga, mansab pillapoyalaridan koʻtarilishga hamda ishdan soʻng yaxshi dam olishga xalaqit qilgan.
ХХ asrning ikkinchi yarmi avlodi butun umrlari davomida farzandlari jonlariga tegmasligi uchun harakat qilib yashashgan. Bu avlod butun umrlari mobayinida iste’molchi boʻlib kelgan va komfortda yashagan, kelajak avlod uchun hech narsa qilmagan, ularni oʻylamagan. Va bu iste’molchilar, ya’ni qoʻllari nimaga tegsa vayron qiladiganlar, ajdodlari qurib ketgan narsalarni ham yeb bittirganlar, yaqin kelajakda “qariganimizda farzandlarimiz bizlarga qarashmayapti”, deb dod-voy qilishadi...

- Abu Muslim. "Yangi dunyo"

@e_kutubxona
1.6K views07:35
Ochish/sharhlash