Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Apellatsiya Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqis | Milliy sertifikat

#Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

Davlat test markazida 26-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalari ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabr kuni boshlangan bo‘lib, bugun mazkur jarayon to‘liq o‘z nihoyasiga yetdi.

Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqilib, unda apellatsiya arizasi bergan jami 9 253 nafar talabgordan 1 185 nafari (12,8 %) ishtirok etdi. Ularning:

975 nafari (7 740 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

210 nafari (1 513 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube