Get Mystery Box with random crypto!

DTM

Telegram kanalining logotibi dtm_uz_ona_tili_adabiyot — DTM D
Telegram kanalining logotibi dtm_uz_ona_tili_adabiyot — DTM
Kanal manzili: @dtm_uz_ona_tili_adabiyot
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15
Kanalning ta’rifi

📚Majburiy fanlar, Ona tili va adabiyot fanlariga ixtisoslashtirilgan maxsus kanalimizga xush kelibsiz!
🖥Online darslar
🔐Test yechish sekretlari
📌DTM testlar
📨Murojaat va shikoyatlar uchun👇
👮‍♂Admin: @Nomozov_Boysoat
✔️Reklama xizmati
✅ @Rek_Info

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-08-19 12:52:49 ​​ Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

Unga ko‘ra xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18:00 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so‘nggi imkoniyatdir.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_UZ_Ona_tili_adabiyot
16.7K viewsNomozov Boysoat, 09:52
Ochish/sharhlash
2021-08-19 12:49:05
DIQQAT

Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda. U qay darajada xavfli?


Bu haqida pastdagi knopka orqali batafsil o'qing
14.7K viewsOna tili, edited  09:49
Ochish/sharhlash
2021-08-19 11:44:14 ​​ ДТМ салкам 1 млрд сўмлик биология миллий сертификат имтиҳонлари пулларидан қуруқ қолди. Аммо адолат учун халқ уни дуо қилмоқда!

10-июн куни биология фанидан миллий сертификат олиш учун 2473 та талабгорлар тест синовида иштирок этган ва уларнинг ҳар бири 367.500 сўмдан тўлов қилишган. Жами 908 827 500 сўм. Энди бу сумманинг барчаси ўз эгаларига қайтариб берилади.

Талабгорларнинг тўлови қуйидаги тартибда қайтарилади:

1. Дастлаб талабгорнинг ўзи мурожаат этаётганлигини тасдиқлаш мақсадида талабгор томонидан tq.dtm.uz сайтига паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақами (ЖШ ШИР) киритилиб, “Aриза тўлдириш” тугмаси босилади.

2. Киритилган паспорт маълумотлар 10-июн куни биология фани бўйича миллий сертификат имтиҳонида иштирок этган талабгорга тегишли бўлса, мазкур паспорт маълумотлари бириктирилган телефон рақамига СМС хабар юборилади ва СМС хабардаги 5 хонали рақамни тизимни киритиш орқали талабгорнинг ўзи мурожаат этаётганлиги тасдиқланади.

Сўнгра ариза тўлдириш ойнасига:

тўлов қайтарилиши керак бўлган пластик карта рақами;
пластик карта эгасининг фамилияси, исми, отасининг исми;
пластик карта очилган банкнинг СТИРи (ИННси);
банк МФОси;
банкнинг транзит ҳисоб рақами;
қўшимча телефон рақами (зарур ҳолларда боғланиш учун) киритилиб, “Aриза шакллантириш” тугмаси босилади.

Шундан сўнг ариза шакллантирилади ва тўловни қайтариш бўйича онлайн ариза бериш жараёни якунланади.

Aриза қабул қилингандан сўнг 15 кун ичида аризада келтирилган карта рақамига тўлов тўлиқ қайтарилади.

Қойиле, 1 марталик миллий сертификат имтиҳони ташкил этиш орқали миллиардлаб пул ишлаш мумкин экан.

Энг зўр абитуриентлар гуруҳи

@DTM_UZ_Ona_tili_adabiyot
15.9K viewsNomozov Boysoat, edited  08:44
Ochish/sharhlash
2021-08-19 11:43:40
Ерга улкан астероид яқинлашмоқда. У қай даражада хавфли?
14.5K viewsNomozov Boysoat, 08:43
Ochish/sharhlash
2021-08-19 09:36:27 OTMda kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi va mazkur natijalar Davlat test markazining maxsus tizimlariga joylashtirildi.

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari va test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandatlar2021_bot
@mandatlar2021_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
16.5K viewsNomozov Boysoat, edited  06:36
Ochish/sharhlash
2021-08-18 18:06:46
Талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг «Олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитлари ажратишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (№527, 18.08.2021 й.) қабул қилинди.

Унга кўра, талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди. Таълим кредити Марказий банкнинг асосий ставкаси (ҳозирда 14%) миқдорида ажратилади.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

Яқин кунларда каналимиз орқали таълим кредити мавзусига бағишлаб Молия вазирлиги ҳамда Марказий банк мутасаддилари иштирокида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Унда талабалар ва уларнинг ота-оналарини қизиқтирган барча саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.


Manba: xushnudbek

@InglizEnglish
21.2K viewsNomozov Boysoat, edited  15:06
Ochish/sharhlash
2021-08-18 17:47:37Oʻrtacha ballar

DTMning mandat saytida test sinoviga kirib chiqqan abituriyentlarning natijasi asosida hududlar kesimida oʻrtacha ballar koʻrsatilmoqda. Uch kunlik test sinovlaridan keyin eng yuqori oʻrtacha ball Buxoro viloyatida qayd etilgan — 70,3 ball. 2-oʻrinda Fargʻona (68,2 ball), 3-oʻrinda Namangan (66,9 ball). Keyingi oʻrindagi Toshkent shahrida oʻrtacha natija 66,5 ball.

Qolgan hududlardagi oʻrtacha ballar qoʻyidagicha:

Samarqand — 64,9;
Surxondaryo — 64,4;
Navoiy — 64,2;
Xorazm — 64,1;
Qashqadaryo — 63,8;
Jizzax — 63,4;
Andijon — 63,2;
Qoraqalpogʻiston — 63,0;
Sirdaryo — 61,9;
Toshkent v. — 60,1
.

Hududning oʻrtacha bali qanday hisoblanadi? Masalan, Buxoroda testga kirgan 16 ming abituriyent olgan barcha ballar qoʻshib chiqiladi va 16 mingga boʻlinadi. Shunda oʻrtacha arifmetik koʻrsatgich kelib chiqadi. Bu oʻrtacha ballarning kirish ballariga hech qanday aloqasi yoʻq.

Sahifamizga qo'shiling
19.0K viewsNomozov Boysoat, 14:47
Ochish/sharhlash
2021-08-18 11:37:14
#2_dars

Urg'u haqida ma'lumot.


https://t.me/DTM_UZ_Ona_tili_adabiyot
18.5K views﷽FILOLOG ALOVUDDIN﷽, edited  08:37
Ochish/sharhlash
2021-08-18 11:36:32
#MOTIVATION

Motivatsiya yetmayaptimi buni albatta ko'ring

Barcha abituriyentlarga ulashing!
17.2K viewsNomozov Boysoat, 08:36
Ochish/sharhlash
2021-08-16 22:05:34
​​​​ Hozirda ichgingiz kelayotgan ichimlikni tanlang va guruhni tanlang.

Natijasini ko'rib xayratda qolasz
3.4K viewsNomozov Boysoat, 19:05
Ochish/sharhlash