Get Mystery Box with random crypto!

​ Oʻrtacha ballar DTMning mandat saytida test sinoviga kirib | DTM

Oʻrtacha ballar

DTMning mandat saytida test sinoviga kirib chiqqan abituriyentlarning natijasi asosida hududlar kesimida oʻrtacha ballar koʻrsatilmoqda. Uch kunlik test sinovlaridan keyin eng yuqori oʻrtacha ball Buxoro viloyatida qayd etilgan — 70,3 ball. 2-oʻrinda Fargʻona (68,2 ball), 3-oʻrinda Namangan (66,9 ball). Keyingi oʻrindagi Toshkent shahrida oʻrtacha natija 66,5 ball.

Qolgan hududlardagi oʻrtacha ballar qoʻyidagicha:

Samarqand — 64,9;
Surxondaryo — 64,4;
Navoiy — 64,2;
Xorazm — 64,1;
Qashqadaryo — 63,8;
Jizzax — 63,4;
Andijon — 63,2;
Qoraqalpogʻiston — 63,0;
Sirdaryo — 61,9;
Toshkent v. — 60,1
.

Hududning oʻrtacha bali qanday hisoblanadi? Masalan, Buxoroda testga kirgan 16 ming abituriyent olgan barcha ballar qoʻshib chiqiladi va 16 mingga boʻlinadi. Shunda oʻrtacha arifmetik koʻrsatgich kelib chiqadi. Bu oʻrtacha ballarning kirish ballariga hech qanday aloqasi yoʻq.

Sahifamizga qo'shiling