Get Mystery Box with random crypto!

​​ #DIBAZOL Dori shakli: inyeksiya uchun eritma Tarkibi | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ #DIBAZOL

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi: taʼsir etuvchi moda: bendazol

Farmakoterapevtik guruhi: Periferik vazodilyatator

Qòllanilishi:

gipertonik krizlarni bartaraf qilish (majmuaviy davolash tarkibida)
– oyoqlar arteriyalarining aterosklerozini, bosh miya va oyoq-qoʻllarning tomirlarini spazmini (majmuaviy davolash tarkibida);l
– yara kasalligida, xoletsistitda, spastik kolitda, piloraspazmda ichki aʼzolarning silliq mushaklarining spazmlarini oldini olish va bartaraf qilish
– oʻt-safro va buyrak sanchigʻini bartaraf qilish
– polimiyelitning qoldiq koʻrinishlari, yuz nervining periferik falaji.


Qòllash usuli va dozalari:

Gipertonik krizni va sanchiqlarni bartaraf qilish uchun 30-40 mg (6-8 ml 5 mg/ml eritma) mushak ichiga yoki vena ichiga asta-sekin yuboriladi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

dibazolga yuqori sezuvchanlik
– anamnezdagi tirishish sindromi yoki tutqanoq xurujlari


Nojòya ta'sirlari:

Allergik reaksiyalar
– Yuqori dozalarda qoʻllanganida – qizish hissi, koʻp terlash, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi.


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi