Get Mystery Box with random crypto!

Isroil Tillaboyev blogi

Telegram kanalining logotibi domlajon — Isroil Tillaboyev blogi
Kanal manzili: @domlajon
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.38K
Kanalning ta’rifi

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.me/ WUqwChJg0-U5y_0S

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-13 16:59:21
Mana bu postdagi ma'lumotdan hayratga tushasiz. Bir yilda atigi tamaki mahsulotlari soliqdan qochib noqonuniy sotishidan O‘zbekiston byudjeti 1 trillion so‘m zarar keltiribdi!

Bu, birgina mahsulotning solig‘imizga ziyoni, bunday mahsulotlar esa juda ko‘p.

Xo‘sh nima qilsak kontrabandachilarga qarshi kurashamiz, umumiy byudjetimizga foydamiz tegadi? Soliq (umumiy daromad manbaamiz) ga foydamiz tegib, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish istaymizmi-yo‘qmi yechim sifatida qarashimiz kerak.

O‘zbekistonda daromad qilish va davlat byudjetiga yordam berishning yangi qonuniy yo‘li paydo bo‘ldi!

Agar siz tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga guvoh bo‘lsangiz, Soliq.uz ilovasi orqali soliq idorasiga xabar bering (Android, iOS ) va jarima summasidan 2 000 000 so‘mdan keshbekga ega bo'lasiz.
Yo'riqnoma videorolikda.

Eslatib o‘tamiz, tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi —bu 132 mln. so‘mgacha jarima va 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladigan jinoyat hisoblanadi.

@domlajon
t.me/domlajon
351.4K views13:59
Ochish/sharhlash
2024-05-13 14:58:10
O‘qituvchilik kasbi qanday qiyinligi haqida "Tanaffus" podkastida Rasul Qusherboyev talqinida.

@domlajon
t.me/domlajon
9.1K viewsedited  11:58
Ochish/sharhlash
2024-05-13 07:39:51
Kecha bir tadbirga taklif etishdi.

Tashkilotchilar "Teach for Uzbekistan" nodavlat notijorat tashkiloti nopedagog mutaxassislar ichidan o‘qituvchilik qilishga qobiliyati borlarini yig‘ib, ularni pedagigik qayta tayyorlab o‘qitib, O‘zbekistonning pedagoglar yetishmaydigan hududlariga 2 yilga maktablarga dars bergani yuborish tashabbusini olib chiqishgan.

O‘zimizdan va horijdagi yoshlar 700 nafari bu dasturda qatnashish istagini bildirishibdi, 30 tagacha talabgoarlani saralab olib, ularni pedagogik tayyorlab, sentabrdan boshlab Qo‘qon va boshqa hududlarga yuborishni maqsad qilishibdi.
Bir piyola choy ustidagi suhbatda ta'lim sohasini turli rakursdan muhokama qildik, suhbatlashdik, yangi loyiha bo‘yicha fikrlashdik. Loyihaga doir ko‘plab savollarimizni berdik. Mayli, jim o‘tirgandan ko‘ra nimadir boshlagan yaxshi, bu loyiha 60 dan ortiq davlatlarda yaxshi natija bergan ekan. Bilimi kuchli, o‘qituvchilik kasbiga qiziquvchi, taqdir taqozosi bilan boshqa sohani tanlaganlarga kimdir shunday imkoniyatni taklif etishi ham yaxshi narsa, buning ustiga 2022-yil bu xususda nopedagog kadrlar qayta tayyorlovdan o‘tib dars berishi mumkinligi haqida Prezident qaroriga ham kiritilgan. Loyiha aynan Qo‘qon maktablaridan boshlanishi sababini so‘radim, chunki Qo‘qon ta'lim muhiti alohida olam, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik yuqori hudud hisoblanadi. Tan olish kerak maktablardagi o‘qituvchilarga bu joyda ancha bosim katta. Tashkilotchilar ta'lim og‘ir hududni atayin tanlab, shu borada xalqqa yordamini tezroq ko‘rsatish maqsadini aytdilar.
Tushunishim bo‘yicha hali MMTV bilan yakuniy qo‘shma qaror imzolanish jarayonida ekan, shundan so‘ng bu NNTning maktablardagi faoliyatini kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.

@domlajon
t.me/domlajon
5.1K views04:39
Ochish/sharhlash
2024-05-11 19:50:41
#repost #ulashing

Nodirbek Magnus Karlsenni mag'lub etdi.

Polshada davom etayotgan shaxmat bo‘yicha “Superbet Poland 2024” turniri bahslarida blits bahslarining 3-turida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bahs olib bordi.

Oq donalarda harakatlangan Nodirbekning ajoyib va kuchli o'yini sabab, Magnus taslim bo‘lishga majbur bo'ldi.

“Superbet Poland 2024” turniri 12 mayga qadar davom etadi. Musobaqa sovrin jamg‘armasi 175 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Shaxmat tarixidagi tirik afsona hisoblanuvchi Magnusning mag‘lubiyatdagi reaksiyasini ko‘ring va zavqlaning

@domlajon
t.me/domlajon
8.5K views16:50
Ochish/sharhlash
2024-05-11 10:43:26
Mana statistika! Oʻzbekiston talabalari chet elda eng koʻp oʻqiyotgan 5-dunyo mamlakati, deb topilibdi. Gʻayrat qilinglar. Qoyil, aholisi eng koʻp davlatlar bilan bitta beshlikdamiz.

@domlajon
t.me/domlajon
8.0K views07:43
Ochish/sharhlash
2024-05-11 06:31:35
HARVARD universiteti professorlari
talabalarni ruhlantirish uchun aytadigan gaplari!


O'qing...
-Qachonki sen hammasiga juda kech bo’ldi deb o’ylasang, aslida hali erta bo’ladi.
-O’qish azobi vaqtinchalik. Bilmaslik azobi abadiy.
-O’qish bu vaqt sarflash emas. O’qish harakat qilish.
-Hayot faqat o’qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o’ta olmasang, nimaga ham qodir bo’la olarding
-Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
-Kimki hammasini erta qilsa, o’zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
-Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o’z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
-Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo’lasan.
-Sening topadigan puling olgan biliming darajasiga proporsional.
-Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
-Hozir xatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.
-Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo’lmaydi...


@domlajon
http://t.me/domlajon
9.6K views03:31
Ochish/sharhlash
2024-05-10 10:45:37
#қойил

Хитой боғчаларида болаларга мана шундай таълим беришар экан...

Шеър ёдлатиб, байрам қилдириб қарсак чалдириб ўтиравермас экан, қойил, ёшликдан меҳнатга ўргатишар экан

@domlajon
http://t.me/domlajon
17.5K views07:45
Ochish/sharhlash
2024-05-10 08:48:09
#Диққат #Тарқатинг

Ҳамма касалликнинг бошланиши асабдан экан

Асабни асранг, қадрдонларим.

Сал нарсага асаби бузиладиган танишларга видеони жўнатиб қўйинглар.

@domlajon
http://t.me/domlajon
8.7K views05:48
Ochish/sharhlash
2024-05-09 07:00:49 Bugun millatimizni jahonning eng ilg‘or davlatlari darajasiga chiqarishga salohiyati yetadigan, lekin zolimlarcha otib tashlangan minglab jadidlarimizni, 2-jahon urushi deb nomlangan eng manfur urushning eng oldi qatlamiga qurolliyu qurolsiz tashlangan va halok bo‘lgan millionga yaqin ota-bobolarimiz va ularni yo‘qligini bilintirmay bir o‘zi 2-3 erkakning og‘ir ishini bajargan, hamma narsa frontga, deya kerak bo‘lsa ochdan o‘lib ketgan buvilarimizni, sobiq sovetlarning aqlsizlarcha qarori tufayli boshlangan qon to‘kilishlar tufayli Afg‘onda vafot topgan navqiron yigitlarimizniyu, shu vatan uchun xizmat burchini o‘tashda vafot etgan boshqa yigit-qizlarimizni Xotirlash va yonimizdagi qahramonlarni qadrlash kuni.

Xotira va qadrlash kunini qanday o‘tkazish kerakligi haqida kecha prezidentimiz master klass ko‘rsatib berdi, aslida o‘tganlar haqiga duo qilib, barcha g‘animat insonlarimizni shunday qadrlashimiz, ko‘nglini ko‘tarishimiz kerak.

Xotira va qadrlash kunini yaxshi, hayrli o‘tkazishlaringizni tilayman, qadrli do‘stlar.

@domlajon
t.me/domlajon
5.5K viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2023-07-03 18:15:43 Talabalar o‘rtasida butun Respublika bo‘yicha juda katta loyihaga start berilmoqda.

Xullas, 2-kursni bitirgan talabalar o‘qishdan uzilmagan holda yana nir kasb, o‘z sohasiga doir "Data analitika" kasbini o‘rganib chiqish imkoniyati va IELTSga bepul tayyorlovni qo‘lga kiritishi mumkin.

Ushbu loyihada Yoshlar ishlari agentligi ham hamkor tashkilot sifatida qatnashadi, ishchi guruhda a'zo sifatida Agentlik nomidan men qatnashmoqdaman.

Loyiha bilan tanishib chiqib uning juda zo‘r maqsadni ko‘zlaganiga guvoh bo‘ldim. Talabalarga bepul issiq ovqat, noutbuk, bir million so‘mdan oshiq stipendiya beriladi, talabadan birgina narsa talab etiladi: "Data analitika" kasbi va IELTSni bepul o‘rganish!

Mana shu va yuqoridagi e'lonni talabalar guruhlariga ko‘proq tarqatishlaringizni so‘rab qolaman.

Bunday zo‘r imkoniyat O‘zbekistonning hamma Oliy ta'lim yurtlari talabalari uchun berilmoqda, barcha talabalar o‘z imkonoyatini maksimal sinab ko‘rishsin, qaysi sohada o‘qiyotganidan qat'iy nazar.

Ariza topshirish uchun:
https://dscience.uz/register/students/uz

@domlajon
t.me/domlajon
4.9K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash