Get Mystery Box with random crypto!

Kecha bir tadbirga taklif etishdi. Tashkilotchilar 'Teach fo | Isroil Tillaboyev blogi

Kecha bir tadbirga taklif etishdi.

Tashkilotchilar "Teach for Uzbekistan" nodavlat notijorat tashkiloti nopedagog mutaxassislar ichidan o‘qituvchilik qilishga qobiliyati borlarini yig‘ib, ularni pedagigik qayta tayyorlab o‘qitib, O‘zbekistonning pedagoglar yetishmaydigan hududlariga 2 yilga maktablarga dars bergani yuborish tashabbusini olib chiqishgan.

O‘zimizdan va horijdagi yoshlar 700 nafari bu dasturda qatnashish istagini bildirishibdi, 30 tagacha talabgoarlani saralab olib, ularni pedagogik tayyorlab, sentabrdan boshlab Qo‘qon va boshqa hududlarga yuborishni maqsad qilishibdi.
Bir piyola choy ustidagi suhbatda ta'lim sohasini turli rakursdan muhokama qildik, suhbatlashdik, yangi loyiha bo‘yicha fikrlashdik. Loyihaga doir ko‘plab savollarimizni berdik. Mayli, jim o‘tirgandan ko‘ra nimadir boshlagan yaxshi, bu loyiha 60 dan ortiq davlatlarda yaxshi natija bergan ekan. Bilimi kuchli, o‘qituvchilik kasbiga qiziquvchi, taqdir taqozosi bilan boshqa sohani tanlaganlarga kimdir shunday imkoniyatni taklif etishi ham yaxshi narsa, buning ustiga 2022-yil bu xususda nopedagog kadrlar qayta tayyorlovdan o‘tib dars berishi mumkinligi haqida Prezident qaroriga ham kiritilgan. Loyiha aynan Qo‘qon maktablaridan boshlanishi sababini so‘radim, chunki Qo‘qon ta'lim muhiti alohida olam, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik yuqori hudud hisoblanadi. Tan olish kerak maktablardagi o‘qituvchilarga bu joyda ancha bosim katta. Tashkilotchilar ta'lim og‘ir hududni atayin tanlab, shu borada xalqqa yordamini tezroq ko‘rsatish maqsadini aytdilar.
Tushunishim bo‘yicha hali MMTV bilan yakuniy qo‘shma qaror imzolanish jarayonida ekan, shundan so‘ng bu NNTning maktablardagi faoliyatini kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.

@domlajon
t.me/domlajon