Get Mystery Box with random crypto!

#repost #ulashing Nodirbek Magnus Karlsenni mag'lub etdi. | Isroil Tillaboyev blogi

#repost #ulashing

Nodirbek Magnus Karlsenni mag'lub etdi.

Polshada davom etayotgan shaxmat bo‘yicha “Superbet Poland 2024” turniri bahslarida blits bahslarining 3-turida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bahs olib bordi.

Oq donalarda harakatlangan Nodirbekning ajoyib va kuchli o'yini sabab, Magnus taslim bo‘lishga majbur bo'ldi.

“Superbet Poland 2024” turniri 12 mayga qadar davom etadi. Musobaqa sovrin jamg‘armasi 175 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Shaxmat tarixidagi tirik afsona hisoblanuvchi Magnusning mag‘lubiyatdagi reaksiyasini ko‘ring va zavqlaning

@domlajon
t.me/domlajon