Get Mystery Box with random crypto!

°𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚 𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛°💍

Telegram kanalining logotibi diaryfarangiz — °𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚 𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛°💍 𝑫
Telegram kanalining logotibi diaryfarangiz — °𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚 𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛°💍
Kanal manzili: @diaryfarangiz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 629
Kanalning ta’rifi

O’zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman❤️

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-26 20:54:18 ​​Insonlar baʼzan seni oʻzingdan nafratlanishgacha majbur qilishadi...
Qayerda xato qildim deb oʻylaysan, xatoing esa ularga oʻxshamaganliging, ulardek yashamayotganliging...ulardan oʻzingni boshqacha hisoblashing...
Baʼzan hammasi shunaqangi ustma ust keladiki, boʻldi yoʻl tugadi, hammasi shu yerda tugadi deysan.
Yoʻq lekin tugamaydi yaxshilar doim mana shunday qiyin hayotta chidab yashashda davom etaveradi...
Qisqasi sen tikan emassan lekin tikanlar ichida hamma joying yaralanib yashashga majbursan, tikanlar yuragingni teshib oʻtsa ham senda ularga qaytarib sanchadigan tikan yoʻqda... Mana biz nima uchun oʻzimizni himoya qila olmaymiz)
Buni toʻgʻirlashni yoʻli yoʻq...imkoni ham yoʻq
Tikanlar doim boʻlgan bundan keyin ham boʻladi, moʻjizalarni kutib ularga ishonib yashayveradi tikanlar orasidagi gullar...

Insonmiz har doim oʻylab gapirishga majbur ekanligimizni unutib qoʻymaylik, sizni bir ogʻiz gapingiz bilan bir insonni butun dunyosini qora bulutlar bosib olishi mumkin...

@diaryfarangiz kitobdan emas hayotdan)
1.1K views17:54
Ochish/sharhlash
2022-08-26 13:23:06
Sizningcha bu toʻgʻrimi?
1.0K views10:23
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:36:00
Bisotimdagi bor kitoblarim...emas
Shunchaki hozir oʻqilgan yoki oʻqilib boshlangan kitoblarim taxlangan javon. Qolgani stolim ustida bir olam boʻlib turadi...

Kitoblaringiz rasmni kommentda kutaman)
1.1K views15:36
Ochish/sharhlash
2022-08-24 06:58:56 K-drama lar koʻrib turasizmi? Menga tavsiya qilinglar eng yangi va fantastiklaridan)
1.5K views03:58
Ochish/sharhlash
2022-08-22 16:35:59 ​​"Men hamon oʻsha oʻshaman"
Jojo Moyes

#taqriz

Hozir oʻzim judayam hayajondaman, bu Trilogiya men hayotimda oʻqigan barcha romanlarni yoʻlda qoldirdi
Nahotki, bu qanaqa kitob qanaqa yozuvchi a? Jojo Moyesning shu kitobidan keyin unga ingliz tilida maktub yozishga qaror qildim.
Bu romanda Luiza va nihoyat baxtga erishdi. New York hayoti unga katta tajribalar va doʻstlarni tuhfa qildi. Avvaliga ishidan tuhmat va adolatsizlik tufayli ayrildi. Keyin koʻchada qoldi, keyin Margo ismli kampir bilan tanishdi, uning yonida yashay boshladi. Qadimiy liboslar doʻkoniga ishga kirdi, oʻzini qayta kashf qildi. U adolatni koʻrdi, Uill xotirasida ochilgan kutubxona homiysiga aylandi, u oʻz hayotini qaytadan qurdi va boshqalar...
Qolganini kitobni oʻqib bilib olasiz. Unutmang, kitob 3qismdan iborat va bu uning oxirgi yakuniy qismi...
Siz oʻqimoqchi boʻlsangiz avval 1qismdan boshlashingiz shart.

Haqiqiy tuygʻular va teran aql, sof yurak va ilohiy adolat, inglizlar nima derdi? "Jin ursin" bunaqangi yoqimli roman oʻqimaganman...
Xullas hozir hayotimda huddi yaqin bir doʻst orttirgandek baxtliman. Va bu kitobni sizlarga tavsiya qildim...
Kitob qahramoni Luiza men bu qizni judayam yaxshi koʻraman ...

Tamom.

@diaryfarangiz
1.7K views13:35
Ochish/sharhlash
2022-08-22 11:35:43
Mantaj haqida maʼlumotlar
Siz bilgan va bilmagan usullar

@diaryfarangiz

Yanada koʻproq narsalarni oʻrganish uchun postimni share qilila
1.4K views08:35
Ochish/sharhlash
2022-08-21 08:10:05 ​​"Kapitan Grant bolalari"
Jyul Vern

#taqriz

Jyul Vern jahon ilmiy fantastik romanchiligining asoschilaridan biridir. Uning bu asari katta shuhrat qozongan. Kitobning bolalar uchun eng foydali jihati geografiya faniga juda katta qiziqish uygʻota olishi boʻlsa kerak. Yoshlar kattalar uchun ham kitobdagi sarguzashtlar ancha qiziq boʻladi, bunga ishonaman. Asarni spoyler qilib taqriz yozish fikridan yiroqman. Kapitan Grant bolalari kitobida yana bir asosiy mavzuga koʻzim tushdi, Mustamlakachilar hukmronligi ostida qolgan mamlakatlarning tub aholisining ahvoli, yashash tarzi yorqin tasvirlangan.Roman uch qismdan iborat bo'lib, ularning har birida hikoyaning bosh qahramonlari - Lord va Ledi Glenarvan, Mayor MakNabbs, Jak Paganel, Meri va Robert Grantlar, Jon Mangles - kapitan Grantni qidirishda Janubiy Amerika orqali Yer bo'ylab sayohat qilishadi.Qahramonlar yo'li Glazgodan (Shotlandiya) boshlanib, Janubiy Amerika (Patagoniya), Avstraliya va Yangi Zelandiyadan o'tadi. Hammasi o'sha ovda qoʻlga kiritilgan Akula qornidan topilgan shisha ichidagi 3tildagi xatlardan boshlanadi... Asar shunchalar shiddat bilan davom etadiki, hatto oʻzingizni oʻsha ekspeditsiya ishtirokchisidek his qilib, siz ham Kapitan Grantni qutqarish uchun yoʻlga tushib ketasiz. Muhimi voqealar oʻquvchini xech ham zeriktirib qoʻymasligida. Kitob yakuni ham yaxshilik bilan tugaydi, ammo qanday yakunlanishi haqida yozib oʻtirmayman...

Shuni ayta olamanki, biz sevib koʻradigan fantastik sarguzasht filmlar ham mana shunday asl yozuvchi insonlar tomonidan yaratiladi, ammo kitoblarda barchasi tabiiy va siz barchasiga shunchaki ishonib sahifalar ichiga kirib ketasiz.

Kitobni xarid qilmoqchi boʻlsangiz
@asaxiybooks ga murojaat qiling. Narxi siz oʻylagandan ancha arzon
1.4K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-08-19 19:43:08
Har doim bir kitobni koʻrsam menda yoʻqlarini doim scren qilib olaman. Aisha opamga rosa havas qildim ulaga bugun shunaqa zo'r kitoblarni hadiya qilishibdi
"Tafsiri hilol"
"Sahihi Buxoriy"
"Hadis va hayot" barcha juzlari
"Dunyodagi eng baxtli ayol"
Men ham havas qildim va ichimdan niyat qildim. Tez kunda mana shu kitoblar menda ham bo'ladi omin
1.5K views16:43
Ochish/sharhlash
2022-07-11 21:54:42 Aynan seni ba'zan shunchaki biror musiqa tinchlantira oladi va yordam beradi...

Hozir https://t.me/thefiami/472
311 views18:54
Ochish/sharhlash