Get Mystery Box with random crypto!

​​Insonlar baʼzan seni oʻzingdan nafratlanishgacha majbur qili | °𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚 𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛°💍

​​Insonlar baʼzan seni oʻzingdan nafratlanishgacha majbur qilishadi...
Qayerda xato qildim deb oʻylaysan, xatoing esa ularga oʻxshamaganliging, ulardek yashamayotganliging...ulardan oʻzingni boshqacha hisoblashing...
Baʼzan hammasi shunaqangi ustma ust keladiki, boʻldi yoʻl tugadi, hammasi shu yerda tugadi deysan.
Yoʻq lekin tugamaydi yaxshilar doim mana shunday qiyin hayotta chidab yashashda davom etaveradi...
Qisqasi sen tikan emassan lekin tikanlar ichida hamma joying yaralanib yashashga majbursan, tikanlar yuragingni teshib oʻtsa ham senda ularga qaytarib sanchadigan tikan yoʻqda... Mana biz nima uchun oʻzimizni himoya qila olmaymiz)
Buni toʻgʻirlashni yoʻli yoʻq...imkoni ham yoʻq
Tikanlar doim boʻlgan bundan keyin ham boʻladi, moʻjizalarni kutib ularga ishonib yashayveradi tikanlar orasidagi gullar...

Insonmiz har doim oʻylab gapirishga majbur ekanligimizni unutib qoʻymaylik, sizni bir ogʻiz gapingiz bilan bir insonni butun dunyosini qora bulutlar bosib olishi mumkin...

@diaryfarangiz kitobdan emas hayotdan)