Get Mystery Box with random crypto!

​​'Kapitan Grant bolalari' Jyul Vern #taqriz Jyul Vern jahon | °𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚 𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛°💍

​​"Kapitan Grant bolalari"
Jyul Vern

#taqriz

Jyul Vern jahon ilmiy fantastik romanchiligining asoschilaridan biridir. Uning bu asari katta shuhrat qozongan. Kitobning bolalar uchun eng foydali jihati geografiya faniga juda katta qiziqish uygʻota olishi boʻlsa kerak. Yoshlar kattalar uchun ham kitobdagi sarguzashtlar ancha qiziq boʻladi, bunga ishonaman. Asarni spoyler qilib taqriz yozish fikridan yiroqman. Kapitan Grant bolalari kitobida yana bir asosiy mavzuga koʻzim tushdi, Mustamlakachilar hukmronligi ostida qolgan mamlakatlarning tub aholisining ahvoli, yashash tarzi yorqin tasvirlangan.Roman uch qismdan iborat bo'lib, ularning har birida hikoyaning bosh qahramonlari - Lord va Ledi Glenarvan, Mayor MakNabbs, Jak Paganel, Meri va Robert Grantlar, Jon Mangles - kapitan Grantni qidirishda Janubiy Amerika orqali Yer bo'ylab sayohat qilishadi.Qahramonlar yo'li Glazgodan (Shotlandiya) boshlanib, Janubiy Amerika (Patagoniya), Avstraliya va Yangi Zelandiyadan o'tadi. Hammasi o'sha ovda qoʻlga kiritilgan Akula qornidan topilgan shisha ichidagi 3tildagi xatlardan boshlanadi... Asar shunchalar shiddat bilan davom etadiki, hatto oʻzingizni oʻsha ekspeditsiya ishtirokchisidek his qilib, siz ham Kapitan Grantni qutqarish uchun yoʻlga tushib ketasiz. Muhimi voqealar oʻquvchini xech ham zeriktirib qoʻymasligida. Kitob yakuni ham yaxshilik bilan tugaydi, ammo qanday yakunlanishi haqida yozib oʻtirmayman...

Shuni ayta olamanki, biz sevib koʻradigan fantastik sarguzasht filmlar ham mana shunday asl yozuvchi insonlar tomonidan yaratiladi, ammo kitoblarda barchasi tabiiy va siz barchasiga shunchaki ishonib sahifalar ichiga kirib ketasiz.

Kitobni xarid qilmoqchi boʻlsangiz
@asaxiybooks ga murojaat qiling. Narxi siz oʻylagandan ancha arzon