Get Mystery Box with random crypto!

​​'Men hamon oʻsha oʻshaman' Jojo Moyes #taqriz Hozir oʻz | °𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚 𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛°💍

​​"Men hamon oʻsha oʻshaman"
Jojo Moyes

#taqriz

Hozir oʻzim judayam hayajondaman, bu Trilogiya men hayotimda oʻqigan barcha romanlarni yoʻlda qoldirdi
Nahotki, bu qanaqa kitob qanaqa yozuvchi a? Jojo Moyesning shu kitobidan keyin unga ingliz tilida maktub yozishga qaror qildim.
Bu romanda Luiza va nihoyat baxtga erishdi. New York hayoti unga katta tajribalar va doʻstlarni tuhfa qildi. Avvaliga ishidan tuhmat va adolatsizlik tufayli ayrildi. Keyin koʻchada qoldi, keyin Margo ismli kampir bilan tanishdi, uning yonida yashay boshladi. Qadimiy liboslar doʻkoniga ishga kirdi, oʻzini qayta kashf qildi. U adolatni koʻrdi, Uill xotirasida ochilgan kutubxona homiysiga aylandi, u oʻz hayotini qaytadan qurdi va boshqalar...
Qolganini kitobni oʻqib bilib olasiz. Unutmang, kitob 3qismdan iborat va bu uning oxirgi yakuniy qismi...
Siz oʻqimoqchi boʻlsangiz avval 1qismdan boshlashingiz shart.

Haqiqiy tuygʻular va teran aql, sof yurak va ilohiy adolat, inglizlar nima derdi? "Jin ursin" bunaqangi yoqimli roman oʻqimaganman...
Xullas hozir hayotimda huddi yaqin bir doʻst orttirgandek baxtliman. Va bu kitobni sizlarga tavsiya qildim...
Kitob qahramoni Luiza men bu qizni judayam yaxshi koʻraman ...

Tamom.

@diaryfarangiz