Get Mystery Box with random crypto!

Bobur Hoshimov — Blog

Telegram kanalining logotibi boburhoshimov_blog — Bobur Hoshimov — Blog B
Telegram kanalining logotibi boburhoshimov_blog — Bobur Hoshimov — Blog
Kanal manzili: @boburhoshimov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-13 15:05:39 Teskari yurish

Oson uxlash bo’yicha maslahatlar o’qib qoldim. Xulosa bitta narsaga olib borayapti:

Uxlash tabiiy jarayon. Oson uxlash uchun halaqit beradigan narsalarni(ekran, yorug’lik, kofe) cheklash yetarli.

O’ylab qarasam boshqa joylarda ham shunday. To’siqlarni olib tashlashni o’zi natijaga olib boradi.

Bekorchi odamlardan qoching, muhitingiz yaxshilanaveradi.

Vaqt vampirlarini bloklang, foydali ishlarni o’zingiz qilishni boshlaysiz.

Uzoq vaqt konfliktga bormang, do’stlashib ketaverasiz.

Ba’zan “Yana nima ish qilsam bo’ladi?” emas, “Nima ish qilishni to’xtatishim kerak?” to’g’riroq savol bo’ladi.

@azizrakhimov_blog
26 views12:05
Ochish/sharhlash
2023-04-11 18:21:34 Haqiqatni aytging keladi, ko’ngli og’riydi deb, jur’at qilolmaysan.

Yolg’on gapirganini, yuziga qarab aldamang, deb aytolmaysan, jur’at qilolmaysan.

Bu haqida fikr bildirishni xohlaysan, jur’at qilolmaysan.

Taklif beraman deb, boshqalarga yoqmasachi deb, jur’at qilolmaysan.

Yordam beraman deb, keling olib yuborishaman deyishga, jur’at qilolmaysan.

O’rgataman deysan, xato ketib qolsachi deb, jur’at qilolmaysan

Shunchaki jur’at qilish qancha narsani negativdan pozitivga o’zgartirib yuborishi mumkin. Jur’at topolmaysan.

@boburhoshimov_blog
30 viewsedited  15:21
Ochish/sharhlash
2023-04-06 18:01:48 Gap isboti bilan.
56 views15:01
Ochish/sharhlash
2023-04-06 12:15:15 Xulosa chiqarishdagi yondashuvlar

Kecha bolamni uxlatgani olib chiqqanda bitta podcast eshitib qoldim. Keyin muallif yozgan kitob bor ekan, shuni o’qishga qiziqib ko’rdim. Kitob kundalik hayotimizda turli xulosa va qaror qabul qilishimiz asoslari haqida yozilgan ekan.

Muallifga ko’ra asosan odamlarni xulosa va qaror qabul qilishiga qarab asosan 3 turga bo’lish mumkin ekan. Tushunganim va chiqargan xulosalarimni yozib qo’ydim va shu yerda ulashay dedim. Har bir turga misollar keltirish o’quvchi o’ziga havola.

1. Olomon fikridan kelib chiqqan holda xulosa chiqarishimiz va qaror qabul qilishimiz.
Har birimizda o’zimizni jamiyat bir qismi sifatida his qilishimizga ehtiyoj yuqori. Bu bizga tarixan singgan hissiyot va tushuncha. Chunki o’zimizni olomon bir qismi sifatida his qilishimiz bizga xavfsizlik hissini beradi. Bunda xulosalarimiz va qarorlarimiz asli to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligidan ko’ra olomon fikri ustunlik qiladi. Xulosalarimiz boshqalar xulosasiga asoslangan bo’ladi. Boshqalar fikrini biz uchun muhim ekanligi ham shundan kelib chiqadi.


2. Har bir vaziyatni oq va qoraga ajratgan holda xulosa chiqarishimiz
Har qanday vaziyatga baho berishda oldindan mavjud bo’lgan fikr va xulosalarga asoslangan holda yondashuv. Bunday yondashuv oson va miyani tanqidiy fikrlashga chorlamaydi. Qarshi argumentlarni qabul qilgisi kelmaydi. Aslida barchasi oq va qora emasligini, ba’zan vaziyat kulrang bo’lishi mumkin ekanligini ham inobatga olmaydi. Bunda ”men bilaman va men haqman” degan yondashuv bo’ladi. Ba’zan bu ma’naviy jihatdan boshqalarga nisbatan ”moral superiority” ya’ni ma’naviy ustunlik hissini keltirib chiqaradi.


3. Vaziyatni atroflicha o’rganib, kerakli ma’lumotlarni olib, tanqidiy yondashgan holda xulosa chiqarish. Ya’ni tafakkur etgan holda bir xulosaga kelishimiz. Bunda eng avvalo ”xulosam to’g’ri ekanligini men qayerdan bilaman?” degan savol bilan yondashish. Biror bir dastlabki xulosaga kelganda ana shu xulosani inkor etuvchi qarshi fikrlarni keltira olish. Agar qarshi fikrlar bo’lmasa bu haqida ma’lumot topishga harakat qilib ko’rish. Bu bizni fikrlashga undaydi. Natijada bir tomonlama xulosa chiqarish oldini oladi. Qaror qabul qilishdagi xatolarimiz kamayishiga sabab bo’ladi. Muammo shuki buni miya xohlamaydi. Chunki bu energiya talab etadi. Miya esa energiya sarflashni xohlamaydi. Shuning uchun doim oson yo’lni tanlashga harakat qiladi.

Energiyada muammo yo’q aslida. Bitta chiroyli osh bilan orqasidan achchiq ko’k choy juda ko’p fikrlar uchun yoqilg’i, sifatli energiya manbai

Bek Olimjon
06.04.23
Norvegiya
52 views09:15
Ochish/sharhlash
2023-04-03 21:45:25
48 views18:45
Ochish/sharhlash
2023-04-02 21:59:49 Erinchoqlik

Bu haqida gap ketganda, e yig’ishtir karam sho’rvani deyishni ichingizdan boshlaysiz.

Darschangizni ustida ishlashda niyatchani qilib, ertalab turib, o’quv markazchangizga kevolib, daftar kitoblarningizni ochib olib, telefondan lug’atlarni ko’rishga shunday ochasiz-u, qo’lingiz shu bilmay Instagram ga bosilib ketib, maftun, nargiz shunga o’xshagan qizlarni stories(oxirgi marta qo’ygan video tarixi)larini ko’rishga atigi 2 soatgina vaqtingizni yo’qotib qo’yasiz.

Va o’zingizga shunday: “- Bo’ldi yig’ishtir, ishlash vaqti keldi.”, deb tasalli berib, qattiq kirishasiz-u, to’xta kechagi Telegram ga qo’ygan postim nechta kuzatuvchi(prosmotr) yebdi, deb yana chalg’ishda va diqqatsizlikda bo’lasiz.

Niyat zo’r bo’lsa, hammasi zo’r ketadi degani emas. Ehtimol ertalab turganda telefonga qarashni emas, kundalik daftaringiz yoki biror kitobni o’qish bilan fikrlaringizni erkin ishlashini chiniqtirib olsangizchi?

Ha, bu qantdek bo’lardi. Sababi siz yangilik yoki video ko’rib, hattoki podkast eshitib ham miyani uyg’onish ritmini buzib, ancha vaqt yo’qotishingizga olib keladi. Yuqorida aytganimdek, fikrlashga, miyani uyg’otib olishga sal harakat qilsangiz, chiranishingiz shart emas, hammasi besh bo’ladi. Va bularni eng katta jihatlarida biri sahar va baraka yog’iladigan vaqtligi uchun ham. Bu vaqtni qaysi yo’lga sarflasangiz, kuningiz ham shunga yarasha o’tadi. Shuning uchun ham erinchoqmiz.

Qani his qildik

@boburhoshimov_blog
53 viewsedited  18:59
Ochish/sharhlash
2023-04-02 10:35:05 Tahminan bundan 5 oycha oldin, metroga borish ko’chasida eski, qarovsiz qolgan bir bino bor edi. O’shani bitta xonasi avtomobillar tuzatadigan usta xona edi.

Bugun, ancha bo’lgandi o’sha ko’chadan o’tmaganimga. Qarasam, o’sha ustaxonani yonidan yana 3 ta usta xona, ko’cha tomonga qarab turgan, paydo bo’libdi.

Aytmoqchimanki, bozorda* qilinishi kerak bo’lgan ish tiqilib yotibdi. Uni faqat harakat qilgan odam, topib, yo’lga qo’yish uchun matonat qilsa bas. Asosiysi usta xona egasi kabi o’ziga ishonch va sabr bo’lsa, erishsa bo’lmaydigan narsani o’zi yo’q.

Odam qilgan ishni odam qiladi, garchi raqobat bo’lsa ham.

* - hamma sohada

His qildik

@boburhoshimov_blog
52 viewsedited  07:35
Ochish/sharhlash
2023-04-01 12:36:18 O’smirlik

Yaqinda bir ilovada, uzbek qizi bilan gaplashib qoldim. Aytishi bo’yicha ingiliz tilini inter_nation da yaxshi o’rgatishini, Teacher Azamni har hafta bo’ladigan matvasa darslariga qatnashishini va Amerikaga ketib uchuvchilikka o’qimoqchiligi aytib biroz maqtanib qo’ydi.

Hop yaxshi, zo’r agar qo’lingizdan kelsa. Deb indamay qo’ydim. Va yana yarim soatcha hayoti haqida gapirib berganidan keyin, boshida shallaqimisan dimoqchi bo’ldim, aql o’rgatish va men uchun o’zicha rejalar tuzishni boshlaganidan, keyin angladim. O’smir qiz, yoshi 15 da. Tasavvur qil, sen shu yoshda nima bilan mashg’ul eding va shu holat senda ham bo’lganmi? Qarasam bo’lgan ekan. O’sha vaqtda IT zo’r kasbligini, ingiliz tilini bilsangiz YouTube da o’rganishga juda ko’p manba borligini va ularga qanaqadir kasb tanlashga “yordam berish” orqali nimalarnidir uqtirardim, daje ularni yoshi mendan katta va mendan ko’p ancha narsani ko’rib qo’ygan odamlarga ham.

Hehhey, Qaytar dunyo, deydiku.)
O’zingizda ham shunday holat bo’lganmi, izohlarda fikrlaringizni qoldiring.

His qildik

@boburhoshimov_blog
45 views09:36
Ochish/sharhlash
2023-03-30 11:08:00 Bir soatlab post tayyorlashga vaqt ketgazaman. Oxirida shunchalik chalkishligidan, bekor qilaman. Bularni hammasi diqqatli bo’lib turishda. Agar diqqatim boshqa joyga yarim soatga ketdimi, u postning ma’no mohiyati buziladi yoki yemagan postlar qatoriga tushib qoladi.

Biror narsani qilmoqchimanmi, joyida qilmasam uni keyin qilish imkonsiz. Diqqat - bir ish qilish uchun bir joyga yig’ildimi ya’ni g’oyalar yog’ilib kelyaptimi, qilish kerakligi haqida signallar miyangizda aylanyaptimi, unda o’sha joyida qilish kerak. Bo’lmasa uztozingiz bergan readingni 3 kunlab ham tugatmaysiz. Va vaqtim yo’q deb siyqasi chiqqan bahonalar qilasiz.

Shuni o’ziginasi yozishga 5 daqiqa ketgan bo’lsa, baribir diqqat intervali buzildi.)

Qani his qildik

@boburhoshimov_blog
18 viewsedited  08:08
Ochish/sharhlash
2023-03-26 22:10:57 Taqvodorlikni ko’rib havasing keladi, ish qilib oxirigacha bo’lsin)

Tushungan tushundi, his qilamiz xay

@boburhoshimov_blog
33 views19:10
Ochish/sharhlash