2022-11-30 05:48:00
#dard #sarpo
TO'Y TASHVISHI
Kaftda katta bo'lib¹ bir yetuk inson,
Kami-ko'pi yigirma yosh - kelin u.
Ota-ona qiz bergan-u, lek o'y(u)-jon² -
Bir uy to'lib sarpo qilsak - baxti shu.
Qizku, ketar mayli havas³ qilibsiz,
Qizning baxti "sarpo" bilan to'larmi?
Lek sunnatni⁴ essiz, kanda qilibsiz,
O'n besh mingga* to'q muhtojlar** to'yarmi?
Qizku mayli bir yon, kuyov - er kishi,
Bir soliha kelsa uyin (tekkis) ko'chirib -
"Erkakmisan o'zi?" deging kelar, bu ishi(ng)
Yarasharmi oriyatga mahkam "o'tirib"?^
Bir yon Ota-Ona qistar, bir yon "an'ana"
"Qilmasak bo'lmaydi" deyishar bu xalq.
O'zbekmiz, asrlarcha yashar "bedana" ^^
Qush gapiga kirsak bo'lsak kerak g'arq.
Ey opam-singlim yo akam-ukam, qadrdon,
Fikringiz kengroq qiling, yaxshiroq o'ylang.
Kerakmas ko'ch-ko'ron, bir uyum javon,
Qiz bering, qiz oling, "tashvishsiz" to'ylang.
Kim nima der, bilmadim, bu faqir fikr,
Kelganida yozdim hech bor - bir muncha.
Balki xatodir fikrim, balki to'g'ridir zikr,
Yana o'ylab ko'ring olguncha yo tushguncha***
¹ - avaylab arsab katta qilingan bo'lib
² - fikr-hayoli
³ - orzu havas
⁴ - hamin qadar dabdabasiz to'y qilish
* - $15 000
** - o'ziga to'q insonlar. (to'ydan keyin ham u-yer bu-yeri kam bo'libdi - deb gapiradigan odam topiladi)
^ - kelinning kuyovni uyiga ko'ch ko'roni bilan kelishi kuyovni oriyatiga to'g'ri keladimi?
^^ - bir narsani "qilish kerak - qilish kerak" deyilaveradigan gaplar.
*** uylanguncha yo turmushga chiqquncha
30.11.2022, 01.48 @Blog_by_MK
34 views02:48