Get Mystery Box with random crypto!

Erinchoqlik Bu haqida gap ketganda, e yig’ishtir karam sho’rv | Bobur Hoshimov — Blog

Erinchoqlik

Bu haqida gap ketganda, e yig’ishtir karam sho’rvani deyishni ichingizdan boshlaysiz.

Darschangizni ustida ishlashda niyatchani qilib, ertalab turib, o’quv markazchangizga kevolib, daftar kitoblarningizni ochib olib, telefondan lug’atlarni ko’rishga shunday ochasiz-u, qo’lingiz shu bilmay Instagram ga bosilib ketib, maftun, nargiz shunga o’xshagan qizlarni stories(oxirgi marta qo’ygan video tarixi)larini ko’rishga atigi 2 soatgina vaqtingizni yo’qotib qo’yasiz.

Va o’zingizga shunday: “- Bo’ldi yig’ishtir, ishlash vaqti keldi.”, deb tasalli berib, qattiq kirishasiz-u, to’xta kechagi Telegram ga qo’ygan postim nechta kuzatuvchi(prosmotr) yebdi, deb yana chalg’ishda va diqqatsizlikda bo’lasiz.

Niyat zo’r bo’lsa, hammasi zo’r ketadi degani emas. Ehtimol ertalab turganda telefonga qarashni emas, kundalik daftaringiz yoki biror kitobni o’qish bilan fikrlaringizni erkin ishlashini chiniqtirib olsangizchi?

Ha, bu qantdek bo’lardi. Sababi siz yangilik yoki video ko’rib, hattoki podkast eshitib ham miyani uyg’onish ritmini buzib, ancha vaqt yo’qotishingizga olib keladi. Yuqorida aytganimdek, fikrlashga, miyani uyg’otib olishga sal harakat qilsangiz, chiranishingiz shart emas, hammasi besh bo’ladi. Va bularni eng katta jihatlarida biri sahar va baraka yog’iladigan vaqtligi uchun ham. Bu vaqtni qaysi yo’lga sarflasangiz, kuningiz ham shunga yarasha o’tadi. Shuning uchun ham erinchoqmiz.

Qani his qildik

@boburhoshimov_blog