Get Mystery Box with random crypto!

​​AQShda prezident afv etishi uchun pora olganlik ehtimoli yuz | Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

​​AQShda prezident afv etishi uchun pora olganlik ehtimoli yuzasidan tekshiruv boshlandi

The Guardian nashri tayanayotgan hujjatda Donald Tramp tilga olinmaydi, Amerika Adliya vazirligida aytishlaricha, AQSh mansabdorlaridan hech biri tekshiruv “obyekti yoki maqsadi” bo‘lmagan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sxema “prezident tomonidan afv etilish yoki hukmni kechiktirish evaziga berilgan katta siyosiy to‘lov”ni ko‘zda tutadi.

Tekshiruv haqidagi xabar Donald Tramp prezident lavozimidan ketguniga qadar bir necha kishini afv etish rejalari haqida e’lon qilingan bir paytda tarqalgan.

Tramp esa Twitter’da tekshiruv haqidagi yangilikni yolg‘on deb atadi.

Avvalroq Donald Tramp raqibi, Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden saylovchilar (saylov hay’ati a’zolari)ning ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritsa, Oq uyni tark etishini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, u 2024-yilda davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirdi.

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden g‘olib bo‘lgan. Uning g‘alabasini 14-dekabr kuni saylovchilar hay’ati uzil-kesil tasdiqlashi kerak.

Donald Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi. Uning huquqshunoslari qator shtatlarda saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqish haqida da’volar berdi, ammo ularning Baydenning foydasiga katta ko‘lamda firibgarliklar amalga oshirilgani haqidagi gaplari o‘z tasdig‘ini topmadi.

Boshqa ma'lumotlar - @normnewsuz