Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA

Telegram kanalining logotibi bbanukus — Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA Q
Telegram kanalining logotibi bbanukus — Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA
Kanal manzili: @bbanukus
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 462
Kanalning ta’rifi

Тест 2023/2024

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-03-07 19:59:57 Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2023-yil 17-fevral kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
51 views16:59
Ochish/sharhlash
2023-03-06 09:40:34
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 4-5-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 8 325 nafar talabgor ishtirok etdi va 15 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 9-11- va 13-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
96 views06:40
Ochish/sharhlash
2023-03-05 11:19:26 Ilk bor tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkaziladi

Vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tarix hamda geografiya fanlaridan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

Geografiya fanidan:

test spetsifikatsiyasi;
namunaviy test topshiriqlari;

Tarix fanidan:

test spetsifikatsiyasi;
namunaviy test topshiriqlari.

Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor 2023-yil 21-may kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-mayga qadar my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
123 views08:19
Ochish/sharhlash
2023-03-03 14:04:50
Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг логотипи ишлаб чиқилди

Вазирлик логотипи мамлакатимизда кейинги йилларда амалга оширилаётган таълим, илм-фан ва инновациялар соҳасидаги туб янгиланишларни, шунингдек, мазкур соҳаларнинг тараққий эттирилишидан кўзда тутилган улуғвор мақсадларни ифодалайди, дейилади ташкилот ахборот хизмати хабарида.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
142 views11:04
Ochish/sharhlash
2023-03-02 08:23:52 Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihon ballari OTM tomonidan pasaytirilgan

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
tomonidan 145 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklangani haqida ma’lumot e’lon qilindi.

Unda:

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari o‘rganilib, 356 nafar (shundan, qo‘shilgan 322, kamaytirilgan 34) abituriyentning haqiqatda to‘plagan ballariga soxta yozuvlar kiritilgani;

velosport yo‘nalishida abituriyent D.Bakirovning haqiqatda to‘plagan 105,2 bali soxtalashtirilib, Davlat test markazining elektron maʼlumotlar bazasiga pasaytirilgan 67,4 ball kiritilishi oqibatida talabalikka tavsiya etilmagani;

idoralararo ishchi guruhi tomonidan har bir abituriyent natijasi qayta ko‘rib chiqilib, asossiz ravishda talabalikka qabul qilinmasdan qolgan 145 nafar (3 nafar davlat granti va 142 nafar to‘lov-kontrakt) abituriyentni talabalikka tavsiya etish haqida qaror qabul qilingani;

filialning sobiq direktori R.Rasulov va qabul komissiyasi masʼul kotibi M.Muxriddinovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani qayd etilgan.

Lekin ayrim telegram kanallarda Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar boshqacha talqin qilinib, abituriyentlarning ballari DTM saytida qasddan pasaytirilgan degan ma’lumotlar berilmoqda. Natijada ko‘pchilikda abituriyentlarning ballari DTM tomonidan pasaytirilgan degan fikr yuzaga kelmoqda. Bu butunlay noto‘g‘ri.

Aslida holat quyidagicha:

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oliy ta’lim muassasa (OTM)lari tomonidan o‘tkaziladi.

Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonda to‘plagan ballari OTM mas’ullari tomonidan soxtalashtirilgan.

Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari DTMning elektron ma’lumotlar bazasiga OTM qabul komissiyasi tomonidan pasaytirilgan holda kiritilgan, DTM tomonidan emas.

Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda kimlarga nisbatan Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aniq keltirilgan.

Izoh: Davlat test markazi negizida Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
129 views05:23
Ochish/sharhlash
2023-03-01 10:44:43 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 4-5-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-11- va 13-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
115 views07:44
Ochish/sharhlash
2023-02-28 13:59:36 Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA pinned « Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi Ma’lumki, 2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi. 2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili…»
10:59
Ochish/sharhlash
2023-02-28 13:55:52 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi

Ma’lumki, 2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha;
test sinovlari — 2-aprel kuni;

ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan:

ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha;
test sinovlari — 30-aprel kuni;

tarix va geografiya fanlaridan:

ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
135 views10:55
Ochish/sharhlash
2023-02-28 11:03:47 Agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etildi.

Bugunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti sifatida dtm.uz domenidan foydalanilayotgan edi. Hozirda agentlikning rasmiy veb-sayti uzbmb.uz domeniga o‘tkazilmoqda.

Shu sababli 28-fevral kuni dtm.uz saytiga kirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
137 views08:03
Ochish/sharhlash
2023-02-28 07:37:37 Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko'p darajali (multilevel) repetitsion (mock exam) test sinovi.

2023-yil 17-mart kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha repetitsion (mock exam) test sinovi o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-mart kuni soat 9:00 ga qadar my.dtm.uz havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo'ladi. To'lovni amalga oshirish 12-mart kuni soat 10:00 da to'xtatiladi.

Murojaat uchun telefonlar:
(95) 515-68-68
(95) 507-70-72

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
139 views04:37
Ochish/sharhlash