Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o | Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 4-5-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 8 325 nafar talabgor ishtirok etdi va 15 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 9-11- va 13-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube