Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA

Telegram kanalining logotibi bbanukus — Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA Q
Telegram kanalining logotibi bbanukus — Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA
Kanal manzili: @bbanukus
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 462
Kanalning ta’rifi

Тест 2023/2024

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-28 07:08:10 Ona (o'zbek) tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

27-fevraldagi “Ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi 6-mart kuniga ko'chirildi. Ro'yxatdan o'tish 5-mart kuniga qadar davom etadi.

Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 5-mart kunidan Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursiga ro‘yxatdan o‘tish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
140 views04:08
Ochish/sharhlash
2023-02-27 16:15:09
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha o‘qituvchilar tomonidan turli fikrlar bildirilmoqda. Ulardagi asosiy e’tiroz o‘qituvchilar uchun ustama berish bilan bog‘liq bo‘lib, bildirilayotgan fikrlarning aksariyati haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Batafsil: https://dtm.uz/post/view/sertifikat-munosabat

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
130 views13:15
Ochish/sharhlash
2023-02-25 21:31:01
#Bayonot

5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar ham barcha qatori imtihon topshiradi, faqat qo‘shimcha imtiyozdan foydalanishi mumkin

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 5 yil ish tajribasiga ega boʻlgan ayollar oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Ushbu notoʻgʻri talqin qilinayotgan xabarlar yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilish boʻyicha tartib mavjud emas.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.

Mazkur tartib 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilgan boʻlib, ushbu toifadagi xotin-qizlarga jami alohida 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari oliy taʼlim muassasalari kesimida ajratildi.

Ushbu toifadagi xotin-qizlar ajratilgan qabul parametrlariga tanlovlarda ishtirok etishlari uchun dastlab Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tegishli tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Soʻng tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi.

Imtihonda eng yuqori ballning kamida 30 foizini toʻplab, ammo talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlar 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi boʻyicha tanlovda qatnashadi.

2023/2024-oʻquv yilida ham kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar mazkur tartibga muvofiq kirish imtihonlari natijalariga koʻra tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
161 views18:31
Ochish/sharhlash