Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko'p daraja | Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko'p darajali (multilevel) repetitsion (mock exam) test sinovi.

2023-yil 17-mart kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha repetitsion (mock exam) test sinovi o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-mart kuni soat 9:00 ga qadar my.dtm.uz havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo'ladi. To'lovni amalga oshirish 12-mart kuni soat 10:00 da to'xtatiladi.

Murojaat uchun telefonlar:
(95) 515-68-68
(95) 507-70-72

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz