Get Mystery Box with random crypto!

OʻQITUVCHI ATTESTATSIYADAN OʻTOLMASA ISHDAN OLINADIMI? Oʻzb | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

OʻQITUVCHI ATTESTATSIYADAN OʻTOLMASA ISHDAN OLINADIMI?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 392-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ikkinchi malaka toifasiga davogar boʻlgan mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog xodim yetarli ball toʻplay olmay, attestatsiyadan oʻta olmasa attestatsiya komissiyasi “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas” degan qaror qabul qiladi.

Attestatsiyadan oʻtolmagan pedagog xodim navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi. Qayta attestatsiyaga jalb etilgan pedagog xodim ikkinchi martta ham attestatsiyadan oʻtolmasa ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat haqidagi qonunlarda belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, siz attestatsiyadan oʻta olmasangiz shu yilning oʻzidayoq mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Pedagog xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ikkinchi martta ham ular attestatsiyadan oʻtolmagan taqdirdagina Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-bandiga muvofiq bekor qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, baholash mezonlari boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich chiqarilmaydi hamda baholash mezonlarining birortasi boʻyicha belgilangan koʻrsatkichdan past baholansa “attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilinadi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring