Get Mystery Box with random crypto!

Yangi ishga o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlari | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Yangi ishga o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlari 21-22-may kunlari o‘tkaziladi

2023
-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 21-22-may kunlari ilk marotaba o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlari o‘tkaziladi.

Nazorat sinovi 50 ta topshiriqdan iborat boʻladi, har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, nazorat sinovi uchun jami 100 ball beriladi. Sinovi natijasi boʻyicha 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi.

Birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.

Qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan BHMning bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Ma’muriy reglament

Kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar

Sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi

Ta’lim nazorati

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring