Get Mystery Box with random crypto!

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

Telegram kanalining logotibi ansarmuhajir — 𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡 𝓐
Telegram kanalining logotibi ansarmuhajir — 𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡
Kanal manzili: @ansarmuhajir
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.56K
Kanalning ta’rifi

Bu kanaldagi barcha so’zlar o’z mexnatimdir. Kanal nomini o’chirgan xolda, o’zlashtirib olib foydalanishingizga qat’iyyan roziligim yo’q.
instagram.com/esved.hanim

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-24 12:58:01
Assalamu alaykum va rohmatullah va barokatuh.

“Ehtiros qirolichasi” nomli yangi vebinarimga qabulni ochiq deb e’lon qilaman. Joylar soni chegaralangan, boshlanish sanasi 25 - Avgust.

Vebinar online tarzda telegramda mahsus kanal orqali bo’ladi. Turmushga chiqqan - chiqmagan va chiqish arafasidagi barcha qizlarimiz qatnashishlari mumkin. Asosan turmushga chiqish arafasidagi qizlar uchun. Lekin 18 yosh va yuqori bo’lish sharti bilan.

Undagi mavzular asosan jinsiy aloqaga oid.

Ayol bo’la olmaydigan ayollar - haddan ziyod uyatchanlik.

Ehtiros qirolichasi

Erkakning yuragiga olib boradigan yo’l

Prelyudiya - erkalash

Bir kun emas, bir umr istalgan ayol

Ehtirosni oshirish - kutilmagan uslub

Ayollarda orgazm

Erkak uchun jinsiy aloqa

Vaginizm

O’z qadrini yoqotmaydigan - o’ziga ishongan ayol

Narhi 80.000 so’m. Qabuldan o’tish uchun;
@bulutlugecem
1.7K viewsEmina, edited  09:58
Ochish/sharhlash
2022-08-17 21:02:36 Vallahi, Billahi, Tallahi har birimiz Jahannamning labida raqsga tushmoqdamiz. Bila turib tark etayotgan namozimiz bormi? bor… Bila turib o’ramayotgan Hijobimiz bormi? bor… Qilayotgan haromimiz bormi? bor…

Yoki teskarisi desam? Hijobimiz bormi? bor lekin harom sevgimiz ham bor. Namozimiz bormi? bor lekin g’iybatimiz ham bor.

Nima yo’q bizda? To’g’ri iymon, to’g’ri amal yo’q. Taslimiyat va tavakkul yo’q. Allah va Uning Muhammadi sallallahu alayhi va sallam’ga bo’lgan muhabbatni iliklariga qadar his etib, kerak bo’lsa jonidan ham kechib yuboradiganchalik sadoqat va vafo yo’q.

Bunday xolatda haqqimiz nima? Haqqimiz Jahannam… Mana shunday xolatda yurar ekanmiz, har birimiz Jahannamlikmiz, Jahannamdamiz. Shunchaki hali o’lmadik, shuning uchun u yerga kirmadik.

Dunyoda bo’la turib Jannatga kirganlar ham bor edi. Abu Bakrlar, Umarlar, Hamzalar, Usmonlar, Alilar, Mus’ablar, Anaslar...

“Ya Rasulullah sallallahu alayhi va sallam, biz ahir Madinadamizku?” dedilar. Va aytgandilar Fahri koinot;

“Sabr qiling, o’lish kerak…”

t.me/ansarmuhajir
3.5K viewsEmina, 18:02
Ochish/sharhlash
2022-08-17 17:17:56 Mukammal tuyg’u.

Oramizda Onasini sevmaydiganlar bormi? Yoki Onasiga jonini ham berib yubora olmaydiganlarchi? Albatta yo’q… Chunki Ona, biz uchun dunyo hayotida hammadan ham ko’proq jon kuydiradigan, qayg’uradigan, biz uchun har bir aziyatga sabr qiladigan va har bir yomonliklarimizga ko’z yumadigan yagona insondir. Birgina Onaning bergan mehrini, o’n Ota bera olmaydi...

Qarang...
Ularning bizga bo’lgan mana shu mehri, vafosi va aslo tugamaydigan muhabbati sababli biz ham ularga mehr-muhabbat bilan bog’langanmiz. Hattoki ular bizga mehr bermasa ham, qanchalik tergab, qattiq gapirsa ham baribir ularga bo’lgan mehrimiz kamaymaydi. Oradagi mana shu bog’ mo’jiza emasmi?

Masalan men, Onamga bo’lgan mehrimni ularga ko’rsata olmasam ham aslida ularga jonimni berishga ham tayyorman. Onamning menga bo’lgan mehr va muhabbatlarini sezaman. Har bir qilmishimga qaramay, bolam deb bag’rilariga bosgan vaqtlarida aytaman;

“Agar Onamning o’rnida bir boshqasi bo’lsa, bu qilmishlarim tufayli menga hattoki yaqinlashmasdi ham. Men nima qilsam ham, qanday inson bo’lsam ham yolg’izgina Onamning nazarida bir qadrga ega bo’la olaman. Onamdan o’zgasi menga toqat ko’rsata olmaydi…”

Va ba’zan o’ylab qolaman Onamdagi mana shu mehrning poydevorini. Bu poydevorning asoschisi kim? Tasavvur qiling, bir ishning ustasi ishini shogirdiga o’rgatsa, o’zining qo’lidagi barcha mahoratni shogirdiga bergan bo’ladimi? Ya’ni uning shogirdi, bu ishni huddi ustasi kabi mukammal qila oladimi? Albatta yo’q...

Shunday ekan, mana shu ohiri bo’lmagan muhabbatning Ustasi ya’ni mana shu mukammal san’atning San’atkori kim? Va shu San’atkor, mening Onamga shu san’atni bergan bo’lsa, o’zidagi san’at qandaydir? Shu San’atkor, menga bo’lgan san’atini ya’ni mehrini Onam orqali menga yetkazayotgan bo’lishi mumkinmi?

Meni eng og’ir aziyatlarga qaramay, ularga sabr qilib dunyoga keltirgan Onam, kasal bo’lib qolsam tunlari ko’zlarini yummay yonimda o’tiradigan Onam, o’zining qorni och bo’lsa ham, avval menikini to’ydiradigan Onam, qarshimdagi har bir zarba va har bir yomonliklarga qarshi qalqon bo’lib bergan ham Onam. Shularni tafakkur qilganimni o’zida ham ko’zlarimga yosh keladi. Qanday go’zal bir tuyg’u bu?

Qiziq, menga mehribon bo’lgan Onamga jonimni berishga ham tayyorman lekin, menga Onamdan ham ko’proq mehribon bo’lgan, Onamning Ustasi Robbim uchun nega hali ham hattoki oyoqqa tura olmayman? Onam meni, bolam deb chaqirsa yugurib bormaymanmi? Shunday ekan, nega Robbim chaqirgan vaqtida hattoki parvo qilmayman? Onamni ranjitishdan qo’rqaman-ku, nega Robbimni ranjitishdan qo’rqmayman? Onamning oyoqlarini o’psam arziydi, Robbim sajdaga arzimaydimi?

Onamning mendagi haqqini ado qila olmayman deyman, Robbimning haqqichi? Aslida Onamga mana shu mukammal tuyg’ularni bergan Robbim emasmi? Onam meni dunyoga keltirmasidan avval har bir zarramni intizom va buyuk mehr bilan yaratgan Robbim emasmi? Onam meni dunyoga keltirdi holos. Robbim men uchun bir dunyo yaratmadimi? Yetmadi, Jannatni ham va’da qilmadimi? Onamni rozi qilishga intilgan qalbim, nega Robbimning rizosidan qochmoqda?

Holbuki bu rizo yo’li juda oson emasmi? Holbuki Robbim mening eng mehribonim emasmi? Menga Onamni, bir himoyachi farishta qilib bergan, jonimni olmay, hattoki Onam behabar bo’lgan qilmishlarimdan habardor bo’la turib menga yashash imkoni berib kelayotgan, Olamlarning Sultoni bo’la turib, menday bir ojizni sevgan Robbim emasmi?

Aytingchi, men qanday qilib ado qilaman Robbimning haqqini?

t.me/ansarmuhajir
2.9K viewsEmina, 14:17
Ochish/sharhlash
2022-08-17 17:16:57
2.2K viewsEmina, 14:16
Ochish/sharhlash
2022-08-04 10:54:42 Bir kuni, bir ustozim bilan suhbatlashdim. Yangi tanishgan vaqtlarimiz edi, hijobda emasligimni aytdim, mendan namoz o’qib o’qimasligimni so’radi. Men esa;
- Hijobda bo’lmasam ham namozlarimni ado qilaman! dedim.
Shu vaqt u menga;
- Hech narsa qilmaydi, shunday davom et. Eng muhimi namozingni tashlab qo’yma… dedi. Hayratlandim, ahir hijob ham farz emasmidi? Bir tomondan namoz o’qib, qanday qilib bir tomondan avratim ochiq yursam hech narsa qilmasligi mumkin deb o’yladim. Oradan bir yil o’tdi… Men endi hijoblangandim. Yana o’sha ustozim bilan suhbatlashdim va u menga o’sha kuni nega unday tavsiya berganini aytdi;
- Bilasanmi, namoz insonni tarbiya qiladi. Sen xohlasang ham xohlamasang ham agar uni ado qilsang u seni o’zgartiradi. Hijoblanishingga ham aslida namozing sababchi, sen emas… dedi.

Ba’zan namozlarimdagi nuqsonlar haqida gapirsam “o’ylama, davom et” derdi. Ammo men undan “bu juda katta hato! agar bunday davom etsang namozing qabul bo’lmaydi!” degan so’zlarni kutardim. Qanday qilib bilmayman, vaqt o’tgan sari o’sha hatolarimni tuzata boshladim. Hech qanday kitob o’qimasdim, hech kimdan so’ramasdim. Ko’plab Suralarni yoddan bilmaganligim sabab faqatgina bilganlarimni o’qirdim. Chunki Robbim meni to’g’ri tushunishini bilardim. Biron marotaba ham “qo’limdan kelmayabti!” deb tashlab qo’ymadim, ustozim aytganidek davom etdim.

Bilasizmi, vaqt o’tgan sari men o’zgarardim, namozim o’zgartirardi. Kiyinish uslubim, namozimdagi ihlos va hushu, fikrlashim… Barcha barchasi o’zgarib borardi. Hayolimga “noto’g’ri qilayabman, aslida buni qoidasi bunday emas!” degan so’zlar kelmasdi. Chunki bilardim, qandaydir hatolarim bo’lsa barchasini namozim tuzatardi.

Aynan shu sababli qizlarimga ham doim qiyinlashtirish o’rniga yengillashtirishlarini, birdaniga emas, asta-sekin o’rganib amal qilishlarini tavsiya qilaman. Bilamanki, ular baribir bir kun kelib qanchalik qiyin bo’lsa ham to’g’ri yo’lni topadilar.

t.me/ansarmuhajir
5.0K viewsEmina, 07:54
Ochish/sharhlash
2022-08-03 01:32:14
5.1K viewsEmina, 22:32
Ochish/sharhlash
2022-08-03 00:07:33 Hali turmushga chiqmagan bir qizimizdan “arabcha raqs to’garagiga borish” haqida savol keldi. Nima deyishim kerakligini aniq bilaman lekin tushuntirib berolamanmi yo’qmi bilmayman…

Ayol, eri uchun ziynatlanishi, chiroyli kiyimlar kiyishi, pardoz qilib, hushbo’y hidlardan foydalanishi albatta joiz va majburiy. Bular erkakning ko’zini quvontirgani kabi, juftlar orasida mehr-muhabbatni ham uyg’ontiradi. Lekin… Siz o’zingizni haddan ziyod qiynab qo’ymang. Hayolingizga “erim uchun chiroyli raqsga tushib berolmasam unga yoqmayman, erim yurib ketadi” kabi bir tushuncha hosil bo’lmasin.

Agar vaqti kelib eringiz sizdan shu narsani talab qilsa, unda borib o’rganing va raqsga tushib bering, o’zidan so’rashingiz yanada afzalroq. Chunki hamma erkaklar har xil bo’ladi. Ba’zilariga bu yoqsa, ba’zilariga yoqmaydi.

Sizga opa tavsiyasi, unutmangki… Oilani saqlab qolish, raqsga tushib berishga, kiprik ulatishga, qoshni rastushovka qildirishga bog’liq emas. Ko’plab ayollar “erim uchun” deb juda ko’p haromlarga qo’l urib qo’yadilar. Qanday qilib harom aralashgan bir turmushda Allah’ning rizosi bo’ladi? Va Allah’ning rizosi bo’lmagan bir turmush, qayergacha boradi?

Shu sababli hozirda, aynan qizlik davringizda raqs o’rganishga ketkazadigan vaqtingizni turmush hayotida sizga kerakli bo’ladigan ilmga sarflang. Birinchi o’ringa ilmni qo’ying, raqsni emas. Ishoning menga, agar ayolni ilmi va aqli yetarli darajada bo’lsa, hech qanday raqsga hojat qolmaydi. Ammo ilmsiz va aqlsiz ayolga, eng mukammal raqsi ham yordam berolmaydi. Ilmli va aqlli ayol eri uchun eng mukammal ayoldir. Hattoki chiroy ham keyingi o’rinda keladi.

Nega ilmni birinchi o’ringa qo’ying dedim bilasizmi? Chunki turmush hayotida sizga kerakli bo’ladigan har narsani aslida diningiz o’rgatadi. Ilm deganda faqatgina aqida, fiqh emas… Er-xotinning har qanday munosabatlarini nazarda tutayabman. Balki sizga kerakli javobni berolmadim ammo siz uchun eng afzalini tavsiya qildim, Robbim manfaatli qilsin.

t.me/ansarmuhajir
4.1K viewsEmina, 21:07
Ochish/sharhlash
2022-07-31 22:24:42 Birinchi uchrashuvda nimalarni so’rash kerak?

Umuman olganda birinchi uchrashuvda hattoki gapirish qiyin masala! Agarda shu kelgan insonga nisbatan sizda nimadir jiz etgan bo’lsa va siz uning taqdiringizdagi inson ekanligini sezgan bo’lsangiz, qo’llaringiz hayajondan qanday qaltirayotganini tamosha qilasiz holos.

Hissiyot aldamaydi.
Men hali zavjimni ko’rmasimdan o’sha hissiyotni sezgandim. Ulardan avval kelgan barcha nomzodlarni ko’rishga ko’zim yo’q edi. Nimanidir so’rash bir joyda tursin, tezroq uyimdan chiqib ketishlarini xohlardim.

Ammo, zavjim kelganlarida unday bo’lmadi, deyarli hech narsani so’ramadim. Jimgina hayajondan qo’llarimiz qaltirab, terlashini tamosha qilib o’tirdik. Qarasak, shunday xolatda bir soat o’tiribmiz. Mana shu bir soat ichida aslida birbirimizga to’liq ko’ngil qo’yib bo’lgandik. Aynan bir narsani so’rash shart emasdi, chunki qalblar kelishib olgandi.

Eng muhimi ham shu emasmi?
Bir tasavur qilib ko’ring, qalbingiz hech qanday hissiyot sezmadi, lekin u inson sizga o’zini o’ta taqvodor, o’ta ilmli qilib ko’rsatib, eng chiroyli so’zlarni oldingizga terib qo’ydi. Siz esa hech qanday bir hissiyot sezmagan bo’lsangiz ham mana shularga uchib unga rozilik berdingiz.

Keyin u bilan yashab ko’rganingizdan so’ng tushunib yetasizki, u o’sha birinchi uchrashuvdagi inson emas. Shu vaqt sizni nima ushlab tura oladi? Ahir siz uning o’sha birinchi uchrashuvdagi taqvosiga, ilmiga va vaqtinchalik aytgan bir qancha chiroyli so’zlariga ko’ngil qo’ygansizku? Bularni yo’qligini ko’rib, asta-sekin juda katta bir pushaymonlik hissini seza boshlaysiz.

Afsuski zamonamizda, qizni olguncha o’zini taqvoli, ilmli, hushmuomala ko’rsatadiganlar juda ko’payib ketdi. Aynan shu sababli aytaman, niyatni to’g’ri qiling, har bir detallarigacha so’rang…

Siz taqdiringizdagi insonni taqvoli bo’lishini so’rayotganda, taqvosida doim sobit bo’lib qolishini, ilmli bo’lishini so’rayotganda, ilmiga amal qiluvchilardan bo’lishini ham so’rang. Bir narsani yodingizda tuting, siz Allah’ga qanday ro’yhat tuzib bersangiz, Allah ham sizga huddi shu ro’yhatdagilarni yuboradi.

t.me/ansarmuhajir
4.2K viewsEmina, edited  19:24
Ochish/sharhlash