Get Mystery Box with random crypto!

Birinchi uchrashuvda nimalarni so’rash kerak? Umuman olganda | 𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

Birinchi uchrashuvda nimalarni so’rash kerak?

Umuman olganda birinchi uchrashuvda hattoki gapirish qiyin masala! Agarda shu kelgan insonga nisbatan sizda nimadir jiz etgan bo’lsa va siz uning taqdiringizdagi inson ekanligini sezgan bo’lsangiz, qo’llaringiz hayajondan qanday qaltirayotganini tamosha qilasiz holos.

Hissiyot aldamaydi.
Men hali zavjimni ko’rmasimdan o’sha hissiyotni sezgandim. Ulardan avval kelgan barcha nomzodlarni ko’rishga ko’zim yo’q edi. Nimanidir so’rash bir joyda tursin, tezroq uyimdan chiqib ketishlarini xohlardim.

Ammo, zavjim kelganlarida unday bo’lmadi, deyarli hech narsani so’ramadim. Jimgina hayajondan qo’llarimiz qaltirab, terlashini tamosha qilib o’tirdik. Qarasak, shunday xolatda bir soat o’tiribmiz. Mana shu bir soat ichida aslida birbirimizga to’liq ko’ngil qo’yib bo’lgandik. Aynan bir narsani so’rash shart emasdi, chunki qalblar kelishib olgandi.

Eng muhimi ham shu emasmi?
Bir tasavur qilib ko’ring, qalbingiz hech qanday hissiyot sezmadi, lekin u inson sizga o’zini o’ta taqvodor, o’ta ilmli qilib ko’rsatib, eng chiroyli so’zlarni oldingizga terib qo’ydi. Siz esa hech qanday bir hissiyot sezmagan bo’lsangiz ham mana shularga uchib unga rozilik berdingiz.

Keyin u bilan yashab ko’rganingizdan so’ng tushunib yetasizki, u o’sha birinchi uchrashuvdagi inson emas. Shu vaqt sizni nima ushlab tura oladi? Ahir siz uning o’sha birinchi uchrashuvdagi taqvosiga, ilmiga va vaqtinchalik aytgan bir qancha chiroyli so’zlariga ko’ngil qo’ygansizku? Bularni yo’qligini ko’rib, asta-sekin juda katta bir pushaymonlik hissini seza boshlaysiz.

Afsuski zamonamizda, qizni olguncha o’zini taqvoli, ilmli, hushmuomala ko’rsatadiganlar juda ko’payib ketdi. Aynan shu sababli aytaman, niyatni to’g’ri qiling, har bir detallarigacha so’rang…

Siz taqdiringizdagi insonni taqvoli bo’lishini so’rayotganda, taqvosida doim sobit bo’lib qolishini, ilmli bo’lishini so’rayotganda, ilmiga amal qiluvchilardan bo’lishini ham so’rang. Bir narsani yodingizda tuting, siz Allah’ga qanday ro’yhat tuzib bersangiz, Allah ham sizga huddi shu ro’yhatdagilarni yuboradi.

t.me/ansarmuhajir