Get Mystery Box with random crypto!

Hali turmushga chiqmagan bir qizimizdan “arabcha raqs to’garag | 𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

Hali turmushga chiqmagan bir qizimizdan “arabcha raqs to’garagiga borish” haqida savol keldi. Nima deyishim kerakligini aniq bilaman lekin tushuntirib berolamanmi yo’qmi bilmayman…

Ayol, eri uchun ziynatlanishi, chiroyli kiyimlar kiyishi, pardoz qilib, hushbo’y hidlardan foydalanishi albatta joiz va majburiy. Bular erkakning ko’zini quvontirgani kabi, juftlar orasida mehr-muhabbatni ham uyg’ontiradi. Lekin… Siz o’zingizni haddan ziyod qiynab qo’ymang. Hayolingizga “erim uchun chiroyli raqsga tushib berolmasam unga yoqmayman, erim yurib ketadi” kabi bir tushuncha hosil bo’lmasin.

Agar vaqti kelib eringiz sizdan shu narsani talab qilsa, unda borib o’rganing va raqsga tushib bering, o’zidan so’rashingiz yanada afzalroq. Chunki hamma erkaklar har xil bo’ladi. Ba’zilariga bu yoqsa, ba’zilariga yoqmaydi.

Sizga opa tavsiyasi, unutmangki… Oilani saqlab qolish, raqsga tushib berishga, kiprik ulatishga, qoshni rastushovka qildirishga bog’liq emas. Ko’plab ayollar “erim uchun” deb juda ko’p haromlarga qo’l urib qo’yadilar. Qanday qilib harom aralashgan bir turmushda Allah’ning rizosi bo’ladi? Va Allah’ning rizosi bo’lmagan bir turmush, qayergacha boradi?

Shu sababli hozirda, aynan qizlik davringizda raqs o’rganishga ketkazadigan vaqtingizni turmush hayotida sizga kerakli bo’ladigan ilmga sarflang. Birinchi o’ringa ilmni qo’ying, raqsni emas. Ishoning menga, agar ayolni ilmi va aqli yetarli darajada bo’lsa, hech qanday raqsga hojat qolmaydi. Ammo ilmsiz va aqlsiz ayolga, eng mukammal raqsi ham yordam berolmaydi. Ilmli va aqlli ayol eri uchun eng mukammal ayoldir. Hattoki chiroy ham keyingi o’rinda keladi.

Nega ilmni birinchi o’ringa qo’ying dedim bilasizmi? Chunki turmush hayotida sizga kerakli bo’ladigan har narsani aslida diningiz o’rgatadi. Ilm deganda faqatgina aqida, fiqh emas… Er-xotinning har qanday munosabatlarini nazarda tutayabman. Balki sizga kerakli javobni berolmadim ammo siz uchun eng afzalini tavsiya qildim, Robbim manfaatli qilsin.

t.me/ansarmuhajir