Get Mystery Box with random crypto!

ai blogs

Telegram kanalining logotibi aiblogs — ai blogs A
Telegram kanalining logotibi aiblogs — ai blogs
Kanal manzili: @aiblogs
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 215
Kanalning ta’rifi

Creator.
@notesai
aiblogs.substack.com

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-06-18 05:55:18 Hayot qiyinlashsa.

Ba'zida o'yin tomonidan berilgan botlar bilan o'ynashaga to'g'ri keladi. Bu botlar bor imkoniyatini ishlatmaydi, agar shunday bo'lsa odam bolasi ularga qarshi hech qachon o'ynay olmaydi. Va umuman o'yinlarda yutish imkoniyati bo'ladi, aks holda, o'yinchilar(gamer) bu o'yinni o'ynashmaydi, yutqazaverish kimga ham yoqardi. O'yin qiziq qolishi uchun yangi imkoniyatlar va qiyinchiliklar qo'shiladi.

Hayotda ham huddi shunday. Bizga qanoatimiz yetgancha qiyinchilik beriladi, bunday bo'lmaganda "o'yin"dan chiqib ketadiganlar juda ko'p bo'lardi. Aslida hayot ham qiyinchiliklar bilan go'zal va qiziq, qiyinchiliklarni yengish orqali kuchayib borasiz va sizga yanada qiyinroq topshiriqlar beriladi. Qiyinchiliklar ko'payib, qiyinlashyaptimi, demak darajangiz oshyapti.

Oyatlar
Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik. (Balad surasi 4)
Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. (Baqara surasi 286)
Bas,albatta bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir. (Sharh surasi 5)
234 views02:55
Ochish/sharhlash
2022-06-05 21:05:21 Asli kim o'zgarishi kerak?

Burnim katta bo'lib, menga halaqit berayotganday tuyilsa, uni kesib tashlamayman. Shunchaki munosabatimni o'zgartiraman. Qaysidir inson menga yoqmasa, demak u inson hali menga kerak bo'lmayapti yoki menga kerakligini xis qilmayapman, bilmayman. Va aslida, uni menga yoqmayotganligi uning muammosi emas, meni muammoyim, munosbatni o'zgartirsam bo'ldi.

Shulargayam insof berib, o'zgararmikan?
Ha, lekin hozir emas, hayotdagi hamma narsa ham bizni hohishlarimizga binoan bo'lavermaydi. Siz uni o'zgartirishga qattiq harakat qilsangiz ham, siz shunchaki sababchi bo'la olasiz, natijasi sizdan emas. Odamlardan o'zgarish kutish yaxshi tanlov emas, chunki ular o'zgargan taqdirda ham biz buni sezmasligimiz mumkin. Yo biz faqat kamchiliklarga qarayapmiz, yoki ular o'zgarishlarni ko'rsatmayapti.

O'zi ular o'zgarishi kerakmi?
Ha, hamma o'zgarishi, rivojlanishi, o'zidagi kamchiliklarni yo'qotishi kerak. Qaysi kamchiliklarni? Shu yerda muammoyimizga yechim topiladi. U o'zini kamchiliklari ustida ishlashi kerak, kimdir "kamchilik" deb o'ylagan narsalarni ustida emas, chunki mingta odamdan ming xil fikr chiqadi va ular sizdan mingta "xato" topishi mumkin. Aslida hammaning o'zini hayoti bor va har kim o'z qilmishlari uchun o'zi javob beradi. Shuni eslab turish hotirjamlik beradi.

Men nima qilay unda?
Hozir kech bo'ldi, yotib uxla. Jiddiyroq gapiradigan bo'lsak, hech kimdan o'zgarish kutmang, shunchaki o'z hayotingizdan rohatlanib yashang, atrofingizda qanday yaxshi insonlar bora? Hayotda muammolar, o'zgalar haqida o'ylab, bu hayotdagi asosiy qahramon, o'zimizni unitib qo'yamiz. Rossiya-Ukraina, Ummatga bo'layotgan turli xil tahdidlar(masalan, Uyg'urlar yoki ateistik tahdidlar) haqida o'ylab, baxs qilamizu, o'z taqvoimizni, nafsimizni unutamiz. Kim o'z nafsini tanisa, Robbisini tanibdi. Aslidachi, yomon deb o'ylayotgan narsalarga ham qisman biz ham aybdormiz, chunki talab bo'lmasa, taklif bo'lmaydi. Birinchi navbatda o'zingizni ehtiyot qilaylik, o'zgartiraylik va qo'ldan kelgancha yaqinlaringizni, qolganlarga vaqt yetmaydi.

Asab buzishga hech narsa arzimaydi. Think globally, act locally(Global o'ylab, Lokal harakat qil). O'zgarishni ichkaridan boshlaylik. O'zingizni ehtiyot qiling.

Postning mantiqiy davomi.
267 views18:05
Ochish/sharhlash
2022-03-24 20:04:23 Biroz Fikrlash...

Oxirgi payt ateist,agnost va musulmonlar o'rtasidagi baxslarga qiziqib qoldim. Bu narsa O'zbek youtubeda ham ancha ko'payibdi. Va orada guruhda ham bo'ldim. Ochig'ini aytaman kimningdir g'oyalariga aldanib yoki fikrlashi oxiriga yetmasdan ateist yoki agnost bo'lganlar bor ekan.

Ba'zibir ateistlar nihoyatda odobli, fikringizni inobatga olib eshitadi, ba'zilari esa fikrlaringiz to'g'ri kelmagandan keyin so'kinishni yoki dinni mazah qiluvchi memelar orqali hujum qilishni boshlaydi, radikal. Ba'zilari manbasini so'rasa o'sha zahotiyoq beradi. Ko'pchiligi esa arab tilida o'qishni ham bilmaydi va mazah qilishda davom etadi.

Asosiy muammo ular bir nechta oyat yoki hadisdan o'zlaricha "xato" topib olib, sizni ham ularga ishontirishga harakat qilishadi va shu yerda obyektivlikni yo'qotishadi. Vaholanki ayni boshqa oyatda o'sha mantiqni davomi bor, ya'ni tushuntirib bera oladigan biror bir oyat yoki hadis bor. Agar o'shanga ham qoniqishmasa yoki tushunishmasa, juda ko'p kitoblar , ulamolar, tasdiqlangan savol-javob uchun websitelar bor. Lekin ular bu ishni qilishmaydi. Ular har doimgiday qaysidir platformada anonim bo'lgan odam tushunchalariga ishonishadi va ortiqcha izlanishmaydi, fikrlashmaydi. Ular bir tomondan qo'rishadi ham, os'hancha umr sarflagan, xayotlari noto'g'ri fiklashga to'la bo'lganlidan qo'rqishadi va aynan shu qo'rquv sabab o'z g'oyalarini tarqatishda davom etishadi(o'zlari yolg'iz qolishdan qo'rqishadi).To'g'rida, izlanishni nima keragi bor, bir ateist do'sti aytib turgandan keyin. Ularning fikricha 1.9 milliard odam adashgan va ularning aytayotgan fikrlarining barchasi noto'g'ri(bir nechta "xatolar" evaziga). Nimayam derdik, Alloh hech nimaga, hech kimga muhtoj emas, U Somad.

Bunda muammolar ko'p. Birinchidan ular izlanishmaydi, arab tilini o'zi bilmaydi va arab tilini bilishga davo qiladigan sobiq musulmolarga ishonishadi. Ikkinchidan bitta musulmon agar xato gapirsa, o'sha gapni ushlab oladi va har doim hujumda shuni ishlatishadi(montajchi). Islom bitta insonga tayanib qolgan emas. Bu huddi aysbergga o'xshaydi, ba'zibir ahli ilmlar ijtimoiy tarmoqlarda gapiradi, lekin undanda kuchliroq bo'lgan ulamolar bu ishni qilmaydi, ijtimoiy tarmoqlarda yo'q. O'shanda ham bitta biz bilgan Abror Muxtor Aliy ateistlarga qarshi chiqadi va yer tishlata oladi. Qaytaraman, Islom qaysidir shaxslarga tayanib qolmagan.

Yo'l bor. Haqiqatni anglab yetish uchun hamma fikrlarni unitish, arab tilini,oyat va hadislarni chuqur o'rganish kerak. O'shanda haqiqiy go'zallikni anglab yetadi. Kimdirga 6236 oyat kam, lekin kimdirga esa bitta oyat yetadi va ya'na kimdir bitta oyat(yoki hadis) bilan butun boshli dinni uydirmaga chiqaradi...

Aslidachi, Qur'on(va Hadis) kimgadir nimanidir isbotlab berishi majbur emas. U siyosat, anatomiya, biologiya, fizika, astronomiya, geografiya, tarix kitobi emas. U yo'l ko'rsatuvchi, eng to'g'ri hayot tarzini o'rgatuvchi kitob. Va "ilmiy xato" topdim deyotganlar, tushunishsinki ilm-fan kitobi emas. Balki ular umuman xato tushunishayotgandir yoki ilm fan hali u bosqichga yetib bormagandir. Ilm-fan kecha xato deyayotgan narsani, bugun tan olinishi mumkin. Xato deyish uchun kamida Yaratuvchi darajasida bo'lish kerak va Yaratuvchining maqsadlarini tushunish kerak.

Ko'rga eng katta yorug'lik manbayini olib kelinsa ham, u baribir ko'rmaydi(issiqlikni xis qilishi mumkin )... Mayli biz ko'r bo'laylik, lekin aslida bizni yo'qotadigan narsamiz yo'q birodar, eng to'g'ri mantig'damiz. Oxirat bo'lsa,bo'lmasa(misol sifatida) biz ikki dunyodan ham yutamiz.

Alloh o'zi ilmimizni ziyoda qilsin, O'zi asrasin!
285 viewsedited  17:04
Ochish/sharhlash
2022-02-06 19:22:23 Xatolik

Siz osmonda bulutlar qandaydir shakl hosil qilganini ko’rganmisiz?
Masalan, bigemot shaklini? Bu ilm-fanda Pareidolia deyiladi.

Kimdur muvoffaqiyatga erishsa odamlar uning atrofiga yopirilib kelishadi va qandaydir “muvoffaqiyat siri”ni so’rashadi. Va bu savollarga javoban muvoffaqiyatli inson o’zi hohlaganicha javob qaytarishi mumkin, masalan tushimda ko’rganman deb(yolg’onligini kim bilib o’tiribdi).

Ikkinchi jahon urushi paytida, urushdan qaytib kela olgan amerika samalyotlarning asosan o’rta qismi, qanotlari va dum qismiga o’q tekgandi. Yoqilg’i tizimi va dvigateliga esa hech qanday zarar yetmagandi. Bu samalyotlarni mustahkamlash uchun Abraham Vald jalb qilinadi. Endi savol, Valdning o’rnida bo’lganingizda qaysi qismlarini mustahkamlagan bo’lardingiz? U dvigatel va yo’qilg’i tizimini mustahkamladi, ahir o’ylab ko’ring, qaytib kelmagan samalyotlarning dvigateli va yoqilg’i qismiga o’q tekgani uchun qaytib kelmagan va qolgan qismlari o’q tegsa ham samalyotlar qaytib kelavergan.

Bu tirik qolganlar effekti deyiladi. Bizda ham xuddi shu, biz millionlar, milliardlar ichidan tirik chiqganlarning jihatlariga qaraymiz, lekin muvoffaqiyatzilikka uchraganlarga umuman e’tibor bermaymiz.

Bizda yana bir g’alati fiklash bor, muvoffaqiyatga erishgan insonning hayotidan turli xil g’ayrioddiy voqealarni qidiramiz, masalan universitetni tashlash, yoshlikdagi yomon baholar. Endi o’ylab ko’ring, agar u o’sha darajaga erishmaganda va oddiy odamligicha qolganida biz uning hayotidan nimadir qidirarmidik? Biz o’sha bigemotni(illuziyani) qidiryapmiz.

Aslida, hammamiz bir xilmiz va oddiygina insonmiz.
646 views16:22
Ochish/sharhlash
2022-01-18 10:52:42 O'rganishning 3 bosqichi

Inson yaralganidan beri ko’p narsalarni sinab ko’radi va qilgan xatolararidan ko’p bilim oladi. Atrofdagi obyektlar ko’pligidan o’rganishdan to’xtamaymiz va bu o’rganish har doim 3 bosqichga bo’linadi.

Bilish
Biz deyarli atrofdagi hamma narsadan habardormiz, sinab ko’rganmiz, eshitganmiz, ko’rganmiz. Ma’lumotlar qachondir asqotadi deb miyaga saqlab qo’yganmiz. Siz qumor haromligini va yana takrorlash xissi uyg’otishini, sintetik narkoti o’limga olib kelishini bilishingiz mumkin. Lekin bunday ma’lumotlarni bilsangiz ham, siz yana shu ishni qilaverasiz. Bilish naf keltirmaydi.

Anglash
Aytganimday, biz harakatlar qanday natija olib kelishini bilamiz, lekin qachonki o’sha natijani o’zimizda yoki tashqarida ko’rganimizdagina xulosa chiqaramiz, anglab yetamiz. Masalan, siz sigaret chekish zararligini bilishingiz mumkin, lekin kimdadir shuni orqasidan kasallik(masalan, o’pka raki) kelib chiqqanini ko’rganimizdan keyingina anglab yetamiz.

Anglab yetishga yordam beruvchi narsalar ham bor, masalan, kitob. Kitoblar asosan bir nechta g’oyalar sababli yoziladi. U g’oyalarni shunchaki yozib qo’yilsa ham bo’lardi, lekin biz mohiyatini to’liq anglab yetmasdik va shunchaki bilib olardik xolos. G’oyani tubdan tushintirish va misollar keltirish, shu kuchli g’oyalarni anglashingizga yordam beradi. Muallif shu g’oyalarni o’rganish va anglab yetish uchun qanchadir umrini sarflagan, va siz shu g’oyalarni o’rgana olsangiz, ortiqcha vaqt sarflashga hojat qolmaydi.

Bajarish
Bilib oldingiz, anglab yetdizgiz, endi eng asosiysi, shuni qilishingiz qoldi. Bunda sizga hech kim yordam bermaydi, hohlasangiz qiling, hohlamasangiz yo’q. Prokrastinatsiya haqida 100 ta video ko’rib ham hech narsa qilmasangiz, vaqtingiz behuda o'tgani qoladi xolos.

Shunaqa gaplar
329 views07:52
Ochish/sharhlash
2022-01-03 03:18:01 Sen o'zi nimaga kibrlanasan?

Biz o’zi qanday yaraldik?
Biz ota-onamiz, tabiiy va biologik jarayonlar natijasida dunyoga keldik. Lekin bizni hosil bo’lishsimizni onamiz boshqardimi? Yo’q. Demak, "biz hamma narsaga qodirmiz", deyish xato. Bir xil jarayonlardan o’tganligimiz sabab, hammamiz bir xilmiz.

To’xta, lekin hammamiz har xilmizku
Ha qisman, lekin DNKingizning 99.9%i qolgan insonlarnikidan farq qilmaydi(shunchaki copy-paste). Tashqi ko’rinishda har xil, chunki aynan miyammiz farq sezishi juda kuchli va bu uning ishi. Lekin bir o’ylab ko’ring, ikkita siz tanimaydigan egizaklarni farqlash qanchalik qiyin. Yoki siz ham menga o’xshab, hamma koreyslarni bir xil deb o’ylarsiz.

Men ko’p narsalarga erishganman
Endi bir o’ylab ko’ring, miyangizda yoki qaysidir organingizda nuqson bo’lganida shu holatingizda bo’lgan bo’larmidingiz? Bilmadim. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, agar uch kishi bir bo’lib birorta ish qilishsa, ulardan ishning necha foizini bajarganlarini so’rashsa va foizlar qo’shilsa 140% foiz chiqarkan(ish o'zi 100%ku). Odam o’zini harakatlarini yuqori baholaydi, nima faqatgina siz maqsadingizga erishish uchun harakat qildingizmi? Shu yerda bir omil esdan chiqadi, omad. Sizga sharoit va imkoniyat berildi va siz foydalandingiz.

Qiziq fakt, shajara bo’yicha 50 ta avlod orqaga qaytsak, hozirda yer yuzida yashayotgan hohlagan ikkita odamni qarindoshlik a’loqalarini topsa bo’ladi. Human so’zi lotin tilidagi Humus(yer,tuproq) so’zidan kelib chiqqan va bu so’z Ivrit(hebrew) tilidagi Adamah so’ziga yoki boshqacha qilib aytganda Adam so’ziga olib boradi. Esdan chiqarmang, Hammamizni qarindoshlik rishtalarimiz birinchi odam, Adam(Odam Alayhissalom)ga olib boradi va u loydan yaralgan.

Kibr qiluvchilarga jo’nating.

P.s: Vsauce va Vertasium kanalidagi g'oyalardan foydalanildi
471 views00:18
Ochish/sharhlash
2021-12-29 16:05:36 Kitoblar

Ohirgi payt telefonim doimo yonimda va kitoblarni asosan telefonda o’qiyman. Bunda qulayliklar ko’p va ayniqsa highlight(belgilab qo’yish) va uni topish juda oson. Kimlardir ko’zga zarar deyishayotgan bo’lsa, ularga qarab: “qo’ysangchi”, degim keladi .

Elektron variantni qayerlardan topsa bo’ladi?
Oddiy, z-lib websaytida ingliz tili va rus tilidagi kitoblarni turli xil formatda(pdf,epub,mobi...) topsa bo’ladi. Z-lib ni telegramda boti va andoid uchun ilovasi ham bor. Menimcha ilovasi eng qulay.
O’zbekcha kitoblarni topish uchun o’sha eski yo’l, telegram gruppaga kirib so’raymiz.
Diniy adabiyot uchun Hilol EBook ishlataman. Kitoblar pulli, lekin ancha arzon narxda.
Agar qidirayotgan kitobim zlibdan chiqmasa, yandex.com dan qidiraman.

Nimaga Yandex?
Mualliflik huquqi buzilganligi aniqlansa, google.com u websaytni qidiruvdan olib tashlaydi. Lekin yandex.com bunday qoidalar yo’q va rus tilida kitoblar bo’yicha ko’p forumlar, torrent websaytlar va vk gruppalar ko’p.

Agar shundan keyin ham chiqmasachi?
O’zi nimani qidiryapsiz? U haqiqatdan ham kitobmidi? Hop, mayli. amazon.com ga kirib kindle versiya(elektron versiyasini) sotib oling yoki Litres dan obuna bo’liq, arzonroqga sotib oling.

Endi kitobni topgandan keyin, uni pdf readerda o’qish ahmoqlik bo’lsa kerak. Men o’zim ikkita reader ishlatam: Moon reader(pdf, epub formati uchun) va Amzon kindle(mobi uchun).

Hozircha shu. Muhimi o’qishdan to’xtamaslik, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf aytganlaridek: ”Bugun kitob o’qigan odam, kechagi odam emas”.

P.s: ikkinchi kanal @notesai ga ham obuna bo'lishni unitmang
310 views13:05
Ochish/sharhlash
2021-07-28 13:23:18 Oddiy qoida

Biror yangi sohani boshlayotgan insonda, turli xil savollar paydo bo'lishni boshlaydi. Va bu, uning boshlashi uchun to'siq ham bo'lishi mumkin. U bu sohani boshlash uchun o'ziga yangi uskunalar olgisi, boshlash uchun zo'r sharoit yaratgisi keladi. Zo'r sharoit bo'lgan taqdirda ham, u boshlamaydi, yana nimadir kam. Boshqalarda nimadir ko'pday. Va buni muammo desa bo'ladi.

Buni qanday hal qilsa bo'ladi?
O'sha yetishmayotgan narsa boshlamaslikning o'zi. Just do it .Erta, keyingi hafta,oy, yil boshlanshini kutmang, bugun ham siz o'sha odamsiz, ertaga ham huddi o'sha odam bo'lib uyg'onasiz.

Kitoblarni tezroq o'qimoqchimisiz, kitob o'qing.
Tezroq yugurmoqchimisiz, shunchaki yuguring.
Tezroq pul topmoqchimisiz, shunchaki ishlashni boshlang.


Bu juda oddiy tuyulishi mumkin, lekin asl haqiqat ham shu. Siz biror sohada eng zo'ri bo'lmoqchimisiz, savollar va ikkilanishni yig'ishtiringda, shunchaki boshlang. Boshlanishida savollarga, ohiri javob topsangiz ham, bu javoblar sizni qoniqtirmasligi mumkin va bu boshlashdan oldin tugatish degani. Yodda tuting, boshlash uchun buyuk bo'lishingiz shart emas, lekin buyuk bo'lishingiz uchun boshlashingiz kerak. Muhimi, hammamizga baxtli yakun nasib qilsin.

P.s: Sohani boshlab olganingizdan keyin, hamma savollaringizga birin-ketin In sha Alloh javob topasiz.
407 viewsedited  10:23
Ochish/sharhlash
2021-07-21 22:24:13 Kim aybdor o'zi?

Biror muammoli vaziyatga tushganda kimdur albatta aybdor bo'lishishi kerak. Va shunday paytda aybni o'zimizdan emas o'zgalardan qidiramiz. Agar hayotda kimdur aybdor bo'lishi kerak bo'lsa, o'sha odam sizsiz va hayotingizni bu ahvolga keltirgan inson ham mutlaqo o'zingizsiz.

Nima uchun men aybdorman?
Oddiy, har qanday vaziyatda, muvoffaqiyatsizlikda, baxtli, boy yoki kambag'al holatingiz ham so'ngi qarorni qabul qiluvchi o'zingizsiz. Insondan hamma narsasi olib qo'yilganingiz bilan, undan qaror qabul qilish imkoniyatini olib qo'ya olmaysiz. Yaxshi yoki yomon qaror qabul qiladigan ham , yomon yoki yaxshi natija oladigan ham o'zingizsiz.

Tashqi omillarchi?
Masalan sizda "yomon" sharoit, oila, vaziyat bo'lishi mumkin, ayni o'sha paytda ham o'zingiz qaror qilib, uni o'zgartirishingiz mumkin. Masalan sog'ligingiz yaxshi emas va sizni bu ahvolga olib kelgan odam o'zingizsiz. Bu yerda tashqi muhitning umuman ahamiyati yo'q, o'zgarishi kerak bo'lgan odam sizsiz.

Tanlov huquqi o'z qo'lingizda. Ishonuvchi va amal qiluvchi ham o'zingiz va ishonmasdan, yo'l qidiruvchi ham o'zingizsiz. To'g'ri qarorlar nasib qilsin!
343 views19:24
Ochish/sharhlash
2021-07-20 18:33:45 Onlayn ta'lim

Ilon Musk bolalalari haqida:"Ular asosan Youtube va Reddit tomonidan o'qitilgan "-degan edi. Shunchaki biror bir gadjetingizni yoqing va ta'lim oling! Ta'lim olish uchun juda ko'plab platformlalar yaratilgan va har birini o'z yo'nalishi bor.Bugun platformalar haqida emas, o'sha platformlardan qanday qilib maksimum bilim olish haqida gaplashsak.

Yozib oling.
Xotiramiz hamma narsani ham tez va oson eslab qola olmaydi. Ilm olish jarayonida, kerakli deb topgan joylaringizni yozib oling. Agar bu mavzu siz uchun muhim bo'lsa uni konspektlashtiring. Yozib olish sizga bu mavzuni yahshiroq tushunishingiz, tahlil qilishingiz va yaxhsiroq xotirada qolishi uchun xizmat qiladi. Agar yozib qo'ysangiz, bu mavzuga yana va yana qaytib kelishga hojat qolmaydi.

Ishlatib ko'ring.
Bilib turib ishlatmagan inson, bilmagan bilan teng. O'rgangan narsangiz darhol sinab ko'ring. Hozirgi davrda bilish emas, qilish muhimroq. Shundagina siz o'rganganingizdan foyda topasiz.

O'rgating.
Agar sinab ko'rishni ilojini topa olmasangiz, o'rgangan narsangizni birovga o'rgating. Sizdan o'rganayotgan odam o'sha mavzuni o'zicha tushunadi va mavzuning siz e'tibor bermagan taraflarini va hattoki xatoingizni ham topishi mumkin. Va shunda sizning tajribangiz shu mavzu bo'yicha oshadi va bu mavzuni yanada yaxshi tushunasiz.

Bu tavsiyalarni kitob, ma'ruza va har qanday bilim manbalari uchun qo'llashingiz mumkin. Yana bir bor eslatib o'taman, bilib turib ishlatmagan inson, bilmagan bilan teng. Bilim olishdan to'xtamang!


P.s: Sabrli bo'lganingiz uchun katta rahmat, @notesai degan kanal ochdim, bu yerda asosan nimalarni o'rganayotganim, dasturlash,kitoblar, va muhimi bilim olish uchun platformalar haqida gaplashamiz.
283 viewsedited  15:33
Ochish/sharhlash