Get Mystery Box with random crypto!

Biroz Fikrlash... Oxirgi payt ateist,agnost va musulmonlar o' | ai blogs

Biroz Fikrlash...

Oxirgi payt ateist,agnost va musulmonlar o'rtasidagi baxslarga qiziqib qoldim. Bu narsa O'zbek youtubeda ham ancha ko'payibdi. Va orada guruhda ham bo'ldim. Ochig'ini aytaman kimningdir g'oyalariga aldanib yoki fikrlashi oxiriga yetmasdan ateist yoki agnost bo'lganlar bor ekan.

Ba'zibir ateistlar nihoyatda odobli, fikringizni inobatga olib eshitadi, ba'zilari esa fikrlaringiz to'g'ri kelmagandan keyin so'kinishni yoki dinni mazah qiluvchi memelar orqali hujum qilishni boshlaydi, radikal. Ba'zilari manbasini so'rasa o'sha zahotiyoq beradi. Ko'pchiligi esa arab tilida o'qishni ham bilmaydi va mazah qilishda davom etadi.

Asosiy muammo ular bir nechta oyat yoki hadisdan o'zlaricha "xato" topib olib, sizni ham ularga ishontirishga harakat qilishadi va shu yerda obyektivlikni yo'qotishadi. Vaholanki ayni boshqa oyatda o'sha mantiqni davomi bor, ya'ni tushuntirib bera oladigan biror bir oyat yoki hadis bor. Agar o'shanga ham qoniqishmasa yoki tushunishmasa, juda ko'p kitoblar , ulamolar, tasdiqlangan savol-javob uchun websitelar bor. Lekin ular bu ishni qilishmaydi. Ular har doimgiday qaysidir platformada anonim bo'lgan odam tushunchalariga ishonishadi va ortiqcha izlanishmaydi, fikrlashmaydi. Ular bir tomondan qo'rishadi ham, os'hancha umr sarflagan, xayotlari noto'g'ri fiklashga to'la bo'lganlidan qo'rqishadi va aynan shu qo'rquv sabab o'z g'oyalarini tarqatishda davom etishadi(o'zlari yolg'iz qolishdan qo'rqishadi).To'g'rida, izlanishni nima keragi bor, bir ateist do'sti aytib turgandan keyin. Ularning fikricha 1.9 milliard odam adashgan va ularning aytayotgan fikrlarining barchasi noto'g'ri(bir nechta "xatolar" evaziga). Nimayam derdik, Alloh hech nimaga, hech kimga muhtoj emas, U Somad.

Bunda muammolar ko'p. Birinchidan ular izlanishmaydi, arab tilini o'zi bilmaydi va arab tilini bilishga davo qiladigan sobiq musulmolarga ishonishadi. Ikkinchidan bitta musulmon agar xato gapirsa, o'sha gapni ushlab oladi va har doim hujumda shuni ishlatishadi(montajchi). Islom bitta insonga tayanib qolgan emas. Bu huddi aysbergga o'xshaydi, ba'zibir ahli ilmlar ijtimoiy tarmoqlarda gapiradi, lekin undanda kuchliroq bo'lgan ulamolar bu ishni qilmaydi, ijtimoiy tarmoqlarda yo'q. O'shanda ham bitta biz bilgan Abror Muxtor Aliy ateistlarga qarshi chiqadi va yer tishlata oladi. Qaytaraman, Islom qaysidir shaxslarga tayanib qolmagan.

Yo'l bor. Haqiqatni anglab yetish uchun hamma fikrlarni unitish, arab tilini,oyat va hadislarni chuqur o'rganish kerak. O'shanda haqiqiy go'zallikni anglab yetadi. Kimdirga 6236 oyat kam, lekin kimdirga esa bitta oyat yetadi va ya'na kimdir bitta oyat(yoki hadis) bilan butun boshli dinni uydirmaga chiqaradi...

Aslidachi, Qur'on(va Hadis) kimgadir nimanidir isbotlab berishi majbur emas. U siyosat, anatomiya, biologiya, fizika, astronomiya, geografiya, tarix kitobi emas. U yo'l ko'rsatuvchi, eng to'g'ri hayot tarzini o'rgatuvchi kitob. Va "ilmiy xato" topdim deyotganlar, tushunishsinki ilm-fan kitobi emas. Balki ular umuman xato tushunishayotgandir yoki ilm fan hali u bosqichga yetib bormagandir. Ilm-fan kecha xato deyayotgan narsani, bugun tan olinishi mumkin. Xato deyish uchun kamida Yaratuvchi darajasida bo'lish kerak va Yaratuvchining maqsadlarini tushunish kerak.

Ko'rga eng katta yorug'lik manbayini olib kelinsa ham, u baribir ko'rmaydi(issiqlikni xis qilishi mumkin )... Mayli biz ko'r bo'laylik, lekin aslida bizni yo'qotadigan narsamiz yo'q birodar, eng to'g'ri mantig'damiz. Oxirat bo'lsa,bo'lmasa(misol sifatida) biz ikki dunyodan ham yutamiz.

Alloh o'zi ilmimizni ziyoda qilsin, O'zi asrasin!