Get Mystery Box with random crypto!

O'rganishning 3 bosqichi Inson yaralganidan beri ko’p narsala | ai blogs

O'rganishning 3 bosqichi

Inson yaralganidan beri ko’p narsalarni sinab ko’radi va qilgan xatolararidan ko’p bilim oladi. Atrofdagi obyektlar ko’pligidan o’rganishdan to’xtamaymiz va bu o’rganish har doim 3 bosqichga bo’linadi.

Bilish
Biz deyarli atrofdagi hamma narsadan habardormiz, sinab ko’rganmiz, eshitganmiz, ko’rganmiz. Ma’lumotlar qachondir asqotadi deb miyaga saqlab qo’yganmiz. Siz qumor haromligini va yana takrorlash xissi uyg’otishini, sintetik narkoti o’limga olib kelishini bilishingiz mumkin. Lekin bunday ma’lumotlarni bilsangiz ham, siz yana shu ishni qilaverasiz. Bilish naf keltirmaydi.

Anglash
Aytganimday, biz harakatlar qanday natija olib kelishini bilamiz, lekin qachonki o’sha natijani o’zimizda yoki tashqarida ko’rganimizdagina xulosa chiqaramiz, anglab yetamiz. Masalan, siz sigaret chekish zararligini bilishingiz mumkin, lekin kimdadir shuni orqasidan kasallik(masalan, o’pka raki) kelib chiqqanini ko’rganimizdan keyingina anglab yetamiz.

Anglab yetishga yordam beruvchi narsalar ham bor, masalan, kitob. Kitoblar asosan bir nechta g’oyalar sababli yoziladi. U g’oyalarni shunchaki yozib qo’yilsa ham bo’lardi, lekin biz mohiyatini to’liq anglab yetmasdik va shunchaki bilib olardik xolos. G’oyani tubdan tushintirish va misollar keltirish, shu kuchli g’oyalarni anglashingizga yordam beradi. Muallif shu g’oyalarni o’rganish va anglab yetish uchun qanchadir umrini sarflagan, va siz shu g’oyalarni o’rgana olsangiz, ortiqcha vaqt sarflashga hojat qolmaydi.

Bajarish
Bilib oldingiz, anglab yetdizgiz, endi eng asosiysi, shuni qilishingiz qoldi. Bunda sizga hech kim yordam bermaydi, hohlasangiz qiling, hohlamasangiz yo’q. Prokrastinatsiya haqida 100 ta video ko’rib ham hech narsa qilmasangiz, vaqtingiz behuda o'tgani qoladi xolos.

Shunaqa gaplar