Get Mystery Box with random crypto!

Asli kim o'zgarishi kerak? Burnim katta bo'lib, menga halaqit | ai blogs

Asli kim o'zgarishi kerak?

Burnim katta bo'lib, menga halaqit berayotganday tuyilsa, uni kesib tashlamayman. Shunchaki munosabatimni o'zgartiraman. Qaysidir inson menga yoqmasa, demak u inson hali menga kerak bo'lmayapti yoki menga kerakligini xis qilmayapman, bilmayman. Va aslida, uni menga yoqmayotganligi uning muammosi emas, meni muammoyim, munosbatni o'zgartirsam bo'ldi.

Shulargayam insof berib, o'zgararmikan?
Ha, lekin hozir emas, hayotdagi hamma narsa ham bizni hohishlarimizga binoan bo'lavermaydi. Siz uni o'zgartirishga qattiq harakat qilsangiz ham, siz shunchaki sababchi bo'la olasiz, natijasi sizdan emas. Odamlardan o'zgarish kutish yaxshi tanlov emas, chunki ular o'zgargan taqdirda ham biz buni sezmasligimiz mumkin. Yo biz faqat kamchiliklarga qarayapmiz, yoki ular o'zgarishlarni ko'rsatmayapti.

O'zi ular o'zgarishi kerakmi?
Ha, hamma o'zgarishi, rivojlanishi, o'zidagi kamchiliklarni yo'qotishi kerak. Qaysi kamchiliklarni? Shu yerda muammoyimizga yechim topiladi. U o'zini kamchiliklari ustida ishlashi kerak, kimdir "kamchilik" deb o'ylagan narsalarni ustida emas, chunki mingta odamdan ming xil fikr chiqadi va ular sizdan mingta "xato" topishi mumkin. Aslida hammaning o'zini hayoti bor va har kim o'z qilmishlari uchun o'zi javob beradi. Shuni eslab turish hotirjamlik beradi.

Men nima qilay unda?
Hozir kech bo'ldi, yotib uxla. Jiddiyroq gapiradigan bo'lsak, hech kimdan o'zgarish kutmang, shunchaki o'z hayotingizdan rohatlanib yashang, atrofingizda qanday yaxshi insonlar bora? Hayotda muammolar, o'zgalar haqida o'ylab, bu hayotdagi asosiy qahramon, o'zimizni unitib qo'yamiz. Rossiya-Ukraina, Ummatga bo'layotgan turli xil tahdidlar(masalan, Uyg'urlar yoki ateistik tahdidlar) haqida o'ylab, baxs qilamizu, o'z taqvoimizni, nafsimizni unutamiz. Kim o'z nafsini tanisa, Robbisini tanibdi. Aslidachi, yomon deb o'ylayotgan narsalarga ham qisman biz ham aybdormiz, chunki talab bo'lmasa, taklif bo'lmaydi. Birinchi navbatda o'zingizni ehtiyot qilaylik, o'zgartiraylik va qo'ldan kelgancha yaqinlaringizni, qolganlarga vaqt yetmaydi.

Asab buzishga hech narsa arzimaydi. Think globally, act locally(Global o'ylab, Lokal harakat qil). O'zgarishni ichkaridan boshlaylik. O'zingizni ehtiyot qiling.

Postning mantiqiy davomi.