Get Mystery Box with random crypto!

Abit.uz | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @abit_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.06K
Kanalning ta’rifi

Abit.uz | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️
Reklama: t.me/m/LyIsVspGM2Uy
@talim_admin
📩 @abitmurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 18

2022-09-03 10:31:01 Kontraktning 25 foizi 15-sentyabrgacha toʻlanishi kerakmi ?

2020-2021-oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlov-kontrakt miqdorlarini oʻquv yili davomida teng ulushlarda toʻrt boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabariga koʻra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda boʻlib toʻlashlari mumkin:

belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoni.(18-band)

Kimdir sizga kontraktni 4 boʻlib toʻlashingizga qarshilik qilsa, avval 50% toʻlaysan desa mana shu xabarni koʻrsating!

@Abit_uz — Talaba boʻlganlar kanali....
6.0K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-09-03 10:00:11
Hoziroq O’zbekistondagi nufuzli universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo’ling!

Faqatgina bugun, dastlabki 10 nafar abituriyentga talaba bo'lish uchun 50% chegirma e'lon qilinadi

Barcha yo’nalishlar mavjud:

Iqtisodiyot
Pedagogika va psixologiya
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Filologiya va tillarni o’qitish
Tarix
IT
Sport
Turizm
Matematika va informatika

Qulayliklari:

Diplomi O'zbekistonga o'tadi!
Qulay to'lov-kontrakt narxlar;
O'qishni ko'chirish imkoni bor;
Xizmatlar 100% kafolatlanadi!


Qiziqdingizmi? Batafsil ma'lumot:

Toshkent
90-033-17-31 | Onlayn murojaat
90-017-02-91 | Onlayn murojaat
90-011-15-26 | Onlayn murojaat
90-046-29-89 | Onlayn murojaat

Navoiy
94-682-23-22 | Onlayn murojaat
93-170-71-32 |

Qashqadaryo
90-440-88-85 | Onlayn murojaat

Samarqand
99-584-69-95 | Onlayn murojaat

Manzil: Toshkent, Uchtepa-11, 48-uy
Lokatsiya
Mo‘ljal: Al-Xorazmiy chorrahasi, Turkiston bank
5.9K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-09-02 19:32:14
Qaysi banklardan taʼlim krediti olish mumkin?

Moliya vazirligi talabalar uchun taʼlim krediti ajratadigan tijorat banklari roʻyxatini eʼlon qildi.

Unga koʻra, hozircha talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kredit olish mumkin.

Taʼlim kreditini olish uchun ushbu banklarning markaziy ofisiga kelish shart emas, oʻzingizga qulay boʻlgan istalgan filiallariga borishingiz ham mumkin.

@Abit_uz — Talaba boʻlganlar kanali....
6.4K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:35:01 5 mlndan ortiq pul yoningizga qoladigan bo'ldi...

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan talaba-yoshlarning oliy ta’lim olishi uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyat sabab yangi o‘quv yilida barcha oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.

Quyidagi jadval orqali yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

PDF variantda yuklash

@Abit_uz — Talaba bo'lgan abituriyentlar...
7.3K viewsedited  12:35
Ochish/sharhlash
2022-09-02 12:56:03 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2022-yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

@Abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
7.3K views09:56
Ochish/sharhlash
2022-09-02 12:25:59
Matematika fanidan imtihon topshirib xalqaro darajadagi universitet talabasi bo'ling

Ingliz tilini bilmasdan turib ham xalqaro darajadagi, ta'lim tizimida TOP 10 talikka kiruvchi Yaponiya tizimi asosida faoliyat olib boradigan Japan Digital University’ga kirish imkoniyati bor.

Universitetimizda ham o'qib, ham daromad topishingiz, birdaniga 3 ta diplom egasi boʻlishingiz, o'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiyadagi IT kompaniyalariga ishga ketishingiz mumkin.

Japan Digital University'ga kirish uchun siz faqatgina matematika fanidan onlayn tarzda imtihon topshirishingiz kerak boʻladi. Hujjatlar qabul qilinishiga 3 kun qolganligini inobatga olgan holda, shoshilishingizni maslahat beramiz

Hujjat topshirish uchun havola: https://www.jdu.uz/enrollee

: 71 200-05-95

Telegram: @jduniversity_uz
7.6K views09:25
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:34:35 Birinchi kurs talabalariga tegishli

Koʻpchilik talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlgandan keyin oradan vaqt oʻtib, talabalikka erishish uchun qilgan harakatlarini, uyqusiz tunlarini sekin-asta unuta boshlaydi.

Talaba boʻlishni qanchalik orzu qilganini, bunga erishish uchun nimalarga tayyor boʻlganini unuta boshlaydi.

Oliygohga birinchi qadam bosgan kundagi hayajonlar unutiladi. Goʻyoki, talabalikka shunday erishib qolganday, koʻnikish boshlanadi.

Darslarga tayyorgarlik sustlashadi. „Krutoy“ oʻrtoqlar paydo boʻladi. Ularga qoʻshilib, ora-sira darsdan qochishlar boshlanadi. Oʻqituvchilar yoqmay boshlaydi. Bir amallab baholarni olib, sessiyalarni yopib, diplomni olishni oʻylab qoladi.

Natijada, diplomdan boshqa hech narsasi yoʻq kadrga aylanib, institutni bitiradi.

Hurmatli birinchi kurs talabalari!

Siz nima uchun oʻqishga kirdingiz? Maqsadingiz nima? Kim boʻlmoqchisiz? Shularni hozir aniq bilasiz-a? Javob chiqqanda naqadar hursand boʻlganingizni hali unutmagandirsiz? Atrofingizda qancha tengdoshingiz bu baxtga erisha olmay qolganini koʻryapsizmi?

Siz bu baxtga erishdingiz! Oliygohni bitirib olguncha shu narsani unutmang! 4 yil umringizni qadrlang! Vaqtingizni ilmga sarflang!

Bu gaplarni oliygohni bitirib olganlar doim takrorlaydi. „Endi tushundim, qani endi hozir vaqtim boʻlsa, rosa kitob oʻqirdim!“, deydi. Lekin, vaqti yoʻq!

Sizda vaqt bor! Qilishingiz kerak boʻlgan ish ham shu! Kitob oʻqing, bilim oʻzlashtiring, oliygoh bilim berish darajasi qoniqtirmasa, qoʻshimcha kitoblar olib oʻqiyvering.

Mehnat bozoriga yetuk, qimmat kadr boʻlib chiqing! Shunda sizni orqangizdan ish beruvchilar yuradi, takliflar koʻp boʻladi. Tanlab-tanlab ishlaysiz! Vaqtida ilmni egallaganingiz uchun tez oʻsasiz, koʻp natijaga erisha olasiz!

Talabalik bilan tabriklaymiz! Institutni bitirguncha umringizni samarali oʻtkazishingizni tilab qolamiz!

@Abit_uz — Talaba bo'lgan abituriyentlar...
7.5K views06:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:26:56 Talaba

Mazza qilib eshitamiz :)

@Abit_uz — Talaba bo'lgan abituriyentlar...
3.3K viewsedited  11:26
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:46:43 #Qabul2022

2022-2023-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan

39 962 nafari — davlat granti;
150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

@Abit_uz — Talaba bo'lgan abituriyentlar...
7.9K viewsedited  04:46
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:00:41Super-kontrakt narxlari “Mosap University” uchun maʼlum boʻldi

Maʼlumki, 60 va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar “Mosap University” talabasi boʻlishadi, lekin undan pastroq ball toʻplagan abituriyentlarda super-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati mavjud.

Super-kontrakt narxlari qanday?

50-59,9 ballar oraligʻida ball toʻplagan abituriyentlar 2,5 million soʻm;

40-49,9 ballar oraligʻida ball toʻplagan abituriyentlar 4,5 mln soʻm;

30-39.9 ballar oraligʻida ball toʻplagan abituriyentlar 9 mln soʻm;

30 balldan past ball olgan abituriyentlar super-kontrakt bilan ham oʻqishga qabul qilinmaydi. Ularda imtihonni qayta topshirish imkoniyati mavjud.

“Mosap University” oliygohiga hujjat topshirish 10-sentyabr sanasiga qadar uzaytirildi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998732400032

Online roʻyxatdan oʻtish

Biz ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | Facebook
6.4K views04:00
Ochish/sharhlash