Get Mystery Box with random crypto!

Zulmatdagi Ma'suma - Ukang qo'ng'iroq qilyapti. - deb onam go | 🥀𝐙𝐮𝐥𝐦𝐚𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐌𝐚'𝐬𝐮𝐦𝐚

Zulmatdagi Ma'suma

- Ukang qo'ng'iroq qilyapti. - deb onam go'shakni ko'tardi.
- Ona, Umida yaxshimi? Nima bo'ldi?
- Ertaga Toshkentga olib boraman. - dedi onam ahvolimni qisqacha tushuntirib.
- Ona, ertaga emas bugunoq olib boring! Men hozir bedani sotaman. Qancha desa ham bitta xaridor topib, pulni jo'natib yuboraman. Lekin Umidani bugunoq olib boring! Pul ertaga topilaveradi, lekin men opamni topa olmayman.
Ukamning gaplaridan iyib ketdim. Sardor esa mut.
Uchchalamiz endi shaxarga yo'l oldik. Yura olmaganimdan Sardor meni ko'tarib olgandi. Ukam ikki million jo'natdi. Shaxardagi xususiy shifoxonaga bordik. Ular meni bir sidira tekshirib, "ancha o'tkazib olib kelibsizlar" dedi.
Nima bo'lganini so'ragan doktorlarga bir amallab, inqillab-sinqillab tushuntirdim. Keyin tomirimdan kontrast jo'natib programma qilishdi.
- Bu shifoxonada qolishi shart. Hozir yana bir tekshiruv qilamiz, licheniya, boshqa davolash hammasi bo'lib ikki yarim million bo'ladi, o'n besh kun davolanadi.
Ana bo'lmasam! Biz pulning yarmini ishlatib bo'lganmiz. Men ishga to'liq bormaganim uchun tuzuk-quruq oylik chiqmaydi.
- Mening oyligim ikki kunda chiqadi. Ungacha yotib davolanib tursa bo'ladimi? - dedi onam.
- Bo'ladi. Ammo buni oldida kimdir qolishi kerak. Bu ahvolda o'zini tuta olmaydi. - dedi doktor.
- Men qolaman. - dedi onam hech ikkilanmay.
- Ona, siz ishlasangiz qanday qolasiz? Kamiga siz meni ko'tara olmaysiz. - Sardorga qaradim. U nigohini mendan olib qochib qilt etmay turaverardi. Erkak bo'lib "men qolaman." de! Yo'q... Uning qolish niyati yo'q. - Ona, uyga ketamiz. Bizga licheniya yozib bering o'zimizda davolanaman.
Doktorlar licheniya yozib berdi. O'zimizning kasalxonada davolandim. Bir hafta-o'n kun ichida o'zimga kelib qoldim. Sardor esa yana ketib qoldi. Meni tashlab ketvordi...
O'zimga kelib olganimdan keyin domga qaytib o'sha yerda bir o'zim yashab yurdim. Ishxonamdagilar mendan kasalxonada ham, uyda ham tez-tez xabar olib turishdi. Sardordan esa darak yo'q.
Bir kuni dugonam Jamila uyimga yotgani keldi. Birga dardlashib, suhbatlashib o'tirdik. Jamila xufton o'qiyotgan vaqti uyga osmondan tushgandek Sardor kelib oldi. Janjalning zo'ri boshlandiku!
Dugonamning namoz o'qib bo'lishini kutib men bilan janjallashib turdi. Sho'rlik duo qilib bo'ldi ham Sardor qo'lidan sudrab ko'chaga chiqarib yuborishga urindi.
- Ketasan! Mening ishim yo'q! KETASAN!
- Yarim kechasi qayerga ketaman? - dedi Jamila yig'lamsirab.
Ikki soniya ko'z o'ngimda Sardor Jamilani sudrab ketayotganini ko'rib tutab ketdim. Jamilani qo'lini olib Sardor bilan urushib ketdim.
- Sen umuman o'chir! - dedida oshxonaga kirib... qo'lida pichoq bilan qaytib keldi.
- So'yib tashla! Ey seni maqsading shumi? Tiqib ol shu pichoqni! O'ldirmoqchimisan? O'ldir! - gaplarimdan Jamilaning kepatasi uchib ketdi.
Shu vaqtda bo'ynimga qadalgan pichoqdan xotiralar yodimga tushdi... Yarim kechasi Sardor meni ishdan olib qochib it topmas joylarga borib qolgandik... O'shanda o'zimning bo'ynimga o'zim pichoq qadab, sal kam kesib yuborgan edim. Pichoqni tortib, so'yib tashlaganimda ehtimol hozirga qadar shunchalik qiynalmasmidim...
Soniyalar ichida hayolimga kelgan bu fikrdan seskanib tavba qildim. Astag'firulloh! Xudo asrasin bunday bedodlikdan!
- Umida, axir men sizni sevamanku! - qo'lidagi pichoqqa urib, tushirib yuborganimdan so'ng yig'lab nola qilishni boshladi Sardor. - Men sizni yaxshi ko'raman! Siz nima qilyapsiz?
- Tur yo'qolgin! Sevar emish! Sevgan odam hech zamonda shunday qiladimi? Bor ko'zimga ko'rinmagin! Yer yutsin seni!
Teskari o'girilib Jamilaning holidan xabar olay desam Sardor chindan ham yo'q bo'lib qoldi. Bir vaqt balkondan otvyortka ko'tarib keldi!
- Men seni o'ldiraman! - yana vaxshiylashdi Sardor otvyortkani qornimga tirab.
- Hey ahmoq! Mana pichoq turibdiku! Buni nega ko'tarib kelding? - maslahat berishimni qarangda!
- Yo'q, men seni qiynab o'ldiraman!
- Yaxshi! O'ldirsang o'ldir!

@Zulmatdagi_Masuma