Get Mystery Box with random crypto!

Zulmatdagi Ma'suma - Umida! - qo'lidagini tashlab yana yalini | 🥀𝐙𝐮𝐥𝐦𝐚𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐌𝐚'𝐬𝐮𝐦𝐚

Zulmatdagi Ma'suma

- Umida! - qo'lidagini tashlab yana yalinishga tushdi Sardor. - Men sizni yaxshi ko'raman! Sizni sog'inib kelsam, uyda manavi o'tiribdi! Nima qilganingiz bu?
- Seni esing joyidami? Tavba qildim!
Bir vaqt Sardor telefonini olib taksi chaqirdida "ikkalang ham ketasan hozir" deb turib oldi.
- Yaxshi! Chaqirsang chaqir! Boxonada uyga borib kelaman!
Birozdan so'ng narsalarimni yig'ishtirganimni ko'rib Sardorning yana jinnisi tutdi. Uyga kelay deb qolgan ikkita taksini uzr so'rab ortiga qaytarib yubordi.
- Chaqir taksini! Men ketaman hozir!
Shunday desam Sardor qo'limdan sudrab oynadan tashlab yubormoqchi bo'ldi. Ko'z ochib yumgunimcha yarim belim bilan tashqariga chiqib qolib to'rtinchi qavatdan pastga qarab turibman. Jamilaning ko'zi peshonasiga chiqib ketgan.
- Ushlang meni qo'limdan. - deydi Sardor xuddi hayotimni qutqarib qolmoqchiday.
- Tur yo'qol! - gapimni qarangda! Qo'lidan tutmadim. Agar qo'yib yuborsa, tamom! Chirpirak bo'lib yerga tushaman.
- Sensiramang meni! - dedi Sardor juda "muhim" bo'lgan mavzuni qo'zg'ab.
- Seni sensirab bo'lsa ham gapirganimga shukr qil! Sen shunga ham arzimaysan! Ahvolingga bir qara! Sen erkak emassan, ojizsan! Kuching faqat ojizaga yetadi! Sen tengilarga bir qara! Tagida mashinasi, o'zining uyi va shaxsiy biznesi bor! Senchi?! Seni nimang bor?
- Kamsitmang meni! Mayli kechirim so'rang, sizni olib qolaman tashlab yubormayman. - shart qo'ydi Sardor.
- Sendan hech qachon kechirim so'ramayman! Nima qilibmanki kechirim so'rasam?!
- Umida, o'lim bilan olishib turibsiz! Qo'yib yuborsam o'lasiz! Shundoq kechirim so'rash qiyinmi?! - dedi Sardor.
- Umida, kechirim so'ray qoling endi. - zorlandi Jamila ham.
- Men hech qachon pastga past ketmayman. - dedim oynadan chiqib turgan boshim ehtimol teskari turgani uchun aylanib ketib.
Keyin Sardor "rahm qildi" chog'i meni tushirib olib quchoqlab kechirim so'rashga tushdi.
- Yo'qole! - uni itarib yuborib ketib qoldim.
- Ana! Ko'rdingizmi! Siz meni mensimaysiz!
- O'chir! - dedimu xonamga yetmasdan boshim aylanib yiqilib tushdim.
Jamila sho'rlik Sardor menga nimadir qilgan deb o'ylab qo'rqqanidan baqir-chaqir qildi. Sardor meni ko'tarib zaldagi divanga yotqizdi. Suv olib kelib yuzimga sepa boshlagandi, o'zimga kelib qo'lini itarib yubordim.
- Tort qo'lingni! Suv sepma!
- Ko'rdingizmi! Bu o'yin qilyapti! - baqirdi Sardor.
- Jinnimisiz qanaqa o'yin qiladi? Ana yuziga qarang oqarib ketgan! - dedi Jamila xavotirlanib. - Umida, dorilaringiz qayerda?
- Sumkamda.
Aksiga olib dorim ham qolmapti. Bittagina asab uchun dori qolgan ekan. Uni ham ichdim ammo ta'sir qilmasligini bilardim. Keyin Sardorga ukollarni aytib, dorixonaga jo'natdim.
- Iltimos faqat o'lib qolishimdan oldin keling! - dedim.
Sardor halloslab chiqib ketdi. Bir pasda aytgan ukollarimni ko'tarib keldi. Jamila menga ukol qilgan edi, soniya o'tmay bo'shashib ketib uxlab qoldim.
Bir vaqt baqir-chaqir eshitila boshlandi. Oyog'imdan kimdir sudrab ketib, yuzimga baklashka otib yubordi! Ko'zimni ochsam Sardor baqirgancha meni oshxonaga oyog'imdan sudrab ketyapti.
- Hozirgina o'zini kasalga solib yotgandi! Birdaniga uxlab qolmaydiku! - baqirdi Sardor.
- Ukol ta'sirida shunday bo'lyapti! Qo'yib yuboring Umidani! - zorlandi Jamila.
Ko'zimni bir ochdimu, uyg'ona olmadim. Og'riq, dori ta'sirida juda loxas bo'lib o'zimga kela olmadim.
- Och ko'zingni! Och! Hozirgina ko'zingni lo'q qilib qarab turgandingku! Och dedim!
Ko'zim elas-elas ochilib yumilardi. Sardor baqirib yotganini yuz ifodasidan fahmlasam ham uning gaplari qulog'imga uzoq-uzoqlardan kelayotgan past ovozdek edi. Ammo baribir uyqu zo'rlik qilib uxlab qoldim.

@Zulmatdagi_Masuma