Get Mystery Box with random crypto!

Zulmatdagi Ma'suma - Qayeriga yozib qo'yibdi 'Sardorni uyi' d | 🥀𝐙𝐮𝐥𝐦𝐚𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐌𝐚'𝐬𝐮𝐦𝐚

Zulmatdagi Ma'suma

- Qayeriga yozib qo'yibdi "Sardorni uyi" deb? Yoki uyni xarajatlarini sen qoplayapsanmi? Shu uyga to'rtta non ko'tarib keldingmi hech?
Sardor yana to'ng'illab "ishlamaganini yuziga solganlikda" aybladi meni. Uning ortiqcha valaq-vuluqini eshitgim kelmay uydan xaydab yubordim.
Oyog'imdan zax o'tib, sovuq kunlarda o'zimda shamollash alomatlarini sezdim. Sardor ham uyga kelaverib-ketaverib shamollab qolibdi. Bir kun keldi. Ahvoliga qarab bo'lmaydi. Issig'i oshib ketgan.
- Umida, men hozir o'lib qolaman!
Odamgarchilik yuzasidan shunga yordam beray deb uyga kirgizdim. Sho'rva tayyorlab ichirdim. Ukol qilib, dorilar berdim. Tuni bilan tepasida o'tirib chiqdim. Shu darajada terlab yotibdiki, go'yo ustidan kimdir chelaklab suv quyayotgandek. Ko'rpasini, kiyimini almashtiraman, zum o'tmay yana xo'l bo'lib qolaveradi. Tonggacha 4 martadan almashtirdim. Ertalab ishga borishim kerak desam, "Umida meni tashlab ketmang, men o'lib qolaman." deb unga ham ko'nmadi. Noiloj ishdan o'z hisobimdan ta'til oldim. Shu vaqtda bo'lim boshlig'idan ham rosa gap eshitdim.
- Umida, ishon! U sening fidoiyligingga arzimaydi. Sen shuncha parvona bo'lib uni davolaysan, ertaga sen kasal bo'lsang, u qaramaydi ham.
- Mayli, qo'yavering. U ko'rmasa ham Xudo ko'rib turibdiku nima qilayotganimni.
Ammo... U haq bo'lib chiqdi. Eshshak semirsa, egasini tepadi deb bejiz aytishmagan ekan...
Sardor uch-to'rt kunda tuzalib ketdi-yu... Men kasal bo'lib qoldim. Ahvolim yana og'irlashib qoldi. O'zimga o'zim licheniya qilib biroz oyoqqa turdim. Ammo oradan olti kun o'tib o'zimda sistid alomatlarini sezdim. Sardorning qayoqlarda yurgani yolg'iz Ollohga ayon!
Kun sayin yomonlashib borardim. Issig'im sira tushmas, ukol va dorilar ta'sir qilmas, rangim bo'zdek oqarib ketgan, gapirish tugul o'rnimdan turishga ham holim qolmadi. Shunda Sardorning menga rahmi keldimi... Yoki unga qaraganlarim esiga tushdimi, har qalay meni kasalxonaga olib borish keraligini aytdi.
- Umida, kasalxonaga boramiz. Sizni men bu ahvolda eplay olmayman.
- Eplay olmasligingizni bilaman. Tez yordam chaqiring, ko'chada yura olmayman.
Tez yordamda kelganlarning hammasi hamkasblarim, o'zimning tanishlarim. Holimdan uyalib ketdim. O'zimning yurishga holim bo'lmaganidan aravachada sudrab yurishdi. Shu-shu hamma joyga aravachada chiqa boshladim. Kasalxonada yotganimda ham menga nima bo'layotganini onamga aytmadim. Oradan ikki kun o'tib Sardor onamga qo'ng'iroq qilaman deb turib oldi. Isitmam sira tushmas, doktorlar ham nima qilishni bilmay, esankirab qolgandi. Ichmagan dorim, olmagan ukolim qolmadi. Keyin menda gallyutsinatsiya boshlandi. Shu holatni o'zim bilib turibman, lekin doktorlarga "menda shunday bo'lyapti" deb ayta olmadim. Oxiri reanimatsiyaga tushadigan ahvolga keldim. Sardorga onamga qo'ng'iroq qilma demoqchi bo'lamanu, ovozim chiqmasdi. Qo'l harakatlarimga esa u e'tibor bermadi. Yarim kechasi xojatxonaga chiqmoqchi ekanligimni Sardorga zo'rg'a tushuntirganimdan keyingina u meni aravachaga o'tkizdi.
Xonamga qaytib kelayotganimda ne ko'z bilan ko'rmay, qarshimda sho'rlik onam turardi! Men aravachada bir ahvol bo'lib o'tirganimni ko'rib onamning ko'zidan yosh duv-duv to'kila boshladi.
Onam shu bo'yi kasalxonada mening oldimda qoldi. Doktorlar issig'im tushmaganidan, aksincha battar oshib ketganidan qattiq havotir olishdi. Hech qanaqasiga tushira olishmadi. Onam qo'limga teginishi bilan tortib olar, doktorlar uskunalarsiz ham qo'lida mening issig'imni o'lchayveradi, og'zimdan chiqayotgan issiq havo esa o'zimni kuydirardi...
Shu ahvolgacha borib yetdim. Uch kun kasalxonada yotsam ham hech qanday o'zgarish bo'lmadi.
- Umida, sen bu yerda qolmaysan. Men seni shaxarga olib boraman. - dedi onam.
- Ona... O'zi uyda pul qoldimi yoki hammasini men tugatdimmi?
- Pul... Sening ko'chada qolgan joying yo'q! Otang bor, onang bor! Pul topiladi qizim!
Erginam oldimizda qily etmay o'tiribdi. "A" deb og'zini ochay demaydi. Bir nuqtaga tikilib olib gung bo'ldi qoldi.

@Zulmatdagi_Masuma