Get Mystery Box with random crypto!

Zulmatdagi Ma'suma - Endi mening javobimni bering, men ketama | 🥀𝐙𝐮𝐥𝐦𝐚𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐌𝐚'𝐬𝐮𝐦𝐚

Zulmatdagi Ma'suma

- Endi mening javobimni bering, men ketaman! - dedim uydan narsalarni yig'ishtirib. - Siz baribir men bilan odamga o'xshab yashay olmaysiz! Ota-onangiz miyangizni zaharlab yashagani qo'ymaydi! Mening ham hayotimni barbod qilyapsiz! Iltimos javobimni bering!
- Yo'q iltimos qilaman Umida ketmang! Men sizsiz yashay olmayman! - deb Sardor padezda yig'lab, tiz cho'kib turib oldi. Qo'shnilar uchun tayyor tomosha!
Men uning gaplariga e'tibor bermay yuklarimni olib uyimga ketdim. Keyin yana uyda yashay boshladim. Sardor ko'chada yo'limni poylash odatiga o'tib oldi. Orada disk churrasiga chalinib qoldim. O'tirgan holatda ko'p qolib ketsam oyoq qo'lim, belim og'rir edi...
Dekabr oyida kuyovto'ra yana eshigimiz qoqib keldi. Yana bir qop quruq vadalar... Dadam ham men ham yana u bilan yashashga rozilik bermadik. Dadam Sardorni uydan xaydab yuborar, u esa yana bezbetlarcha kirib kelaverardi. Oxir oqibat bu bizning asabimizni egovlayverib dadam bir dunyo shartlar evaziga rozi bo'ldi. Sardor "Umidaning qo'lini sovuq suvga urdirmayman." deya uyimdagilarning qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirib meni olib ketdi.
Ammo bu safar ma'lum muddat chindan ham yaxshi hayot kechirdik. Bir oy to'kis oila bo'ldik. Yangi yilni ham o'sha uyda ikkalamiz birga kutib oldik. Tanishlarimdan pul olib, ish boshladik va moliyaviy ahvolimizni ham yaxshilab oldik. Ammo oilasi uning bu holatini boz ko'ra olmadi...
Yana meni Sardorga yomonlar, turli tuxmatlar qilardi... Keyinchalik o'zimga ham turli xabarlar jo'natadigan, qo'ng'iroq qilib asabimni egovlaydigan bo'ldi. Qisqasi Sardorning qo'liga pul tushib, yaxshi yashab ketayotganini ko'ra olmasdi!
Yangi yildan bir necha kun o'tib men uyimga keldim. Bir kun yotib ketishga ruxsat olgandim. Kechqurun uyda o'tirsam Surayyo menga bir rasm va xabar jo'natdi. Rasmda Sardor ikkalasi hovli uyda o'tirardi... "Ana, men Sardor akam bilan yashayapman! Endi erimni tushingda ko'rasan!"
Oyoq qo'lim qaltirab, gandiraklab ketdim. Ko'zlarimga ishongim kelmasdi. Balki Sardorni yaxshi ko'rganim uchundir... Balki xo'rligim kelgani uchundir... Xullas bu holatni ko'tara olmadim.
Yarim kechasi qanday qilib domga borib qolganimni bilmayman. Uyga borsam hech kim yo'q! Ko'z yoshlarimni sira tiya olmadim. O'sha holatimni tasavvur qila olmaysiz! Hech kimning boshiga tushmasin!
O'sha vaqtda to'yim kuni ko'rgan tushim esimga tushib ketdi. Ajabo! Ha, men aynan shu holatimni ko'rgan edim, bunga shubxa yo'q. Xuddi shu uyda yig'lab o'tirganim ya'ni hozirgi holatimni ko'rgan edim. Taqdirning o'yinlarini qarangda...
Uyda turib Sardorga ham, qaynonamga ham qo'ng'iroq qildim. Hech kim javob bermadi. Keyin yaqin o'rtog'im Nasibaga qo'ng'iroq qildim.
- Nima bo'ldi Umida?! Nima qildi sizga?! - ovozimni eshitib qo'rqib ketdi Nasiba.
- Nasiba, uyingizdamisiz? - dedim ko'z yoshim tomog'imga tiqilib.
- Ha, uydaman. Sardor qayerda?
- Gapirmang menga shu iflosni! Men hozir boraman uyingizga.
- Voy yarim kechasi tinchlikmi? Qanday kelasiz?
- Bir amallab borarman.
O'rnimdan turib ko'z yoshlarimni artdim. Muzlatgichni ochib ichidan muzdekkina colani chiqarib bir stakan urib oldim. Eshiklarni qulflab o'rtog'imning uyiga yo'l oldim. Yangi yilning ertasiga ko'chada ichgan ham, boshqasi ham bo'ladi. Yig'layverganimdan ko'zlarim ishib, sovuqda muzlab ketdi...

@Zulmatdagi_Masuma