Get Mystery Box with random crypto!

Zulmatdagi Ma'suma Dugonamning uyiga qanday qilib yetib borga | 🥀𝐙𝐮𝐥𝐦𝐚𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐌𝐚'𝐬𝐮𝐦𝐚

Zulmatdagi Ma'suma

Dugonamning uyiga qanday qilib yetib borganimni o'zim ham bilmayman. Unga nimalar bo'lganini aytib berdim. Nasiba jaxli chiqqanidan Sardorga bir dunyo malomat toshlarini yog'dirdi.
- Umida keling yaxshisi men unga qo'ng'iroq qilaman. - dedi Nasiba miyasida chiroq yongandek. - Umida narsalarini yig'ishtirib, kalitni menga berib ketdi, sen ham kel deb ijaradagi uyni egasi sifatida qo'ng'iroq qilaman.
Yig'i aralash "Ho'p" deganimdan keyin Nasiba Sardorga, qaynonamga qo'ng'iroq qildi. Birortasi ham ko'taray demasdi! Keyin Surayyoning raqamiga qo'ng'iroq qildi. Go'shakni kelinbolaning singlisi ko'tardi.
- Alo, assalomu alaykum. - soxta uyqusiragan ovozda dedi qiz.
- Vo alaykum assalom. Sardor qayerda?
- Aaa... Haligi... Pochcham oilasi bilan kelib opamni olib ketgandi.
- Qo'ng'iroq qilsam ko'tarmadi. Siz qilib ayting, men u ijarada turgan uyni egasiman. Tezda kelib lash-lushlarini olib kalitni berib ketsin! Ikkinchi xotini narsalarini olib ketdi.
- Mmm... Axir yarim kechasi bo'lsa... Uxlab qolishgandir. Qo'ng'iroq qilsam noto'g'ri tushunishmaydimi? - o'zini jinnilikka soldi qizaloq.
- Qayerdan bo'lsa ham toping! Menga zudlik bilan qo'ng'iroq qilsin!
Oradan bir necha asrga tatigulik daqiqalar o'tgach Nasiba yana Sardorning uyidagilarga birin-ketin qo'ng'iroq qildi. Oxiri qayni singlim go'shakni ko'tardi.
- Assalomu alaykum.
- Vo alaykum assalom. Akangiz qayerda? Menga Sardorni topib bering!
- Haligi... Hozir... Akam...
Dovdirab qolgan Risolat oyisining oldiga borib "Akamni telefonga so'rashyapti." dedi. Go'shak ortidan qaynonamning "Kim ekan?" deb baqirgani bizga yaqqol eshitildi.
- Siz kimsiz? - darxol so'radi Risolat Nasibadan.
- Men akangiz bilan kelinoyingiz yashaydigan uyni egasiman. Kelinoyingiz kelib narsalarini yig'ishtirib kalitni berib ketdi. Akangiz ham kelib narsalarini olib ketsin!
Risolat oyisiga darxol bildiruv berdi: "Umida ketib qolibdi oyi, narsalarini olib ketibdi!" Risolatning ovozida quvonch sezilib turardi. "Voy ajab bo'lsin! Voy qandoq yaxshi! Voy battar bo'lsin!" Nargiza opaning ovozida muzaffariyat zohir edi! "Akam yo'q, kelsa o'zi qo'ng'iroq qiladi" degin. Risolat telefoniga termulib "Oyi, mikrofonni o'chirmabmanku!" dedi.
- Alo? - dedi yana Nasiba.
- Haligi.. akam yo'q edi, kelsa aytaman qo'ng'iroq qiladi.
Risolat javobni ham kutmay go'shakni qo'yib qo'ydi. Ikkalasining suhbatini eshitib men ado bo'ldim! Nasiba tinmay meni ovutishga urinardi.
Oradan ikki soat o'tdi. Ikkalamiz ham uxlamay chiqdik. Keyin Nasibaning sabri chidamay yana Risolatga qo'ng'iroq qildi.
- Singlim, nima men bilan o'ynashyapsizmi?! Qani Sardor?! Meni erimning jaxli yomon! Hozir Sardorni yerning tagidan bo'lsa ham topib, tug'ilganiga pushaymon qiladi!
- Ha-ha mana kelyaptilar, mana. - dedi Risolat darxol va go'shakni Sardor olib, o'xshagan uyqusirash ovozida salom berdi.
- Sardor, siz kalitlarni mendan nima deb olib ketgan edingiz? Umidani ikkinchi xotin qilib olganmisiz? Endi yashamay nega yana birinchi xotiningizni olib kelgansiz? Uni ham hayotini barbod qilib! Umida narsalarini yig'ishtirib kalitni berib ketdi. Siz ham olib keting!
- Yo'g'e nimalar deyapsiz? Umida onasinikiga ketgan. Qanday qilib narsalarini olib ketadi?! - o'zini uxlab qolgan odam ko'yiga solganini unutib bir zumda tetik ovozda so'radi Sardor.
- Xullas, hoziroq menga kalitlarni olib kelib bering! Erim boradigan bo'lsa uyingni ham payhon qilib tashlaydi!
Sardor o'n besh daqiqada ijarada turgan uyimizga yetib keldi. Bu yoqda Nasiba ikkimiz ham bordik. Sardor borgach atrofga alanglab Nasibaga qo'ng'iroq qildi.
- Qayerdasiz, men keldim.
- Nima men senga yarim tungacha kutdim! Endi o'zing olib kelib ber!
Oradan ikki kun o'tib mening yuragim boz og'riy boshladi. Dugonamning uyida yashab yurib licheniya oldim. Uyimdagilar bo'lib o'tgan shuncha ishlardan bexabar edi. Sardor har kuni singlisi bilan ijaradagi uyga kelib turdi. Nega singlisi bilan kelganini tushunmadim. Go'yoki men uni singlisi bilan ekanligini ko'rib, hech narsa deya olmaydigandek. Go'yoki Risolat Sardor uchun qalqondek.

@Zulmatdagi_Masuma