Get Mystery Box with random crypto!

Zulmatdagi Ma'sumada Nima bo'ldi ekan deb o'tirsam onam qo'ng | 🥀𝐙𝐮𝐥𝐦𝐚𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐌𝐚'𝐬𝐮𝐦𝐚

Zulmatdagi Ma'sumada

Nima bo'ldi ekan deb o'tirsam onam qo'ng'iroq qilib qoldilar.
- Umida, uzuk qayerda?
- Qanaqa uzuk ona? Bilasizku, menga uzuk olib bermagan. - dedim jaxlim chiqib.
- Sardorni uzugi bor ekan.
- Ona, nima degani bu?! Men nima qilaman u uzukni? Men birovning bir tiyiniga xiyonat qilmayman! Ana, onasi bilan singlisini xonasini ko'rsin, o'sha yerdan chiqadi!
Oradan bir necha soat o'tgach onam qaytib keldilar yuklarim bilan. Keyin nimalar bo'lganini aytib berdilar.
- Borsak, eshikni ochishmadi. O'zlaricha seni qaytarib olib bordim deb o'ylashgan ekan! Keyin Sardor chiqdi. Narsalaringni yig'ishtirsam, yana yalinishga tushdi. "Umidani qaytarib bering menga... Men usiz yashay olmayman... Narsalarini olib ketsangiz ham o'zini qaytarib bering... Menga Umida kerak...." va hokazo... Uzuk singlisini xonasidan chiqdi.
- Aytgandimku!
- Ha, menam o'zi bilan birga xonalarni ko'zdan kechirdim. Singlisini xonasidan chiqqanini ko'rib o'zini oqlashga tushib ketdi. "Siz noto'g'ri tushundingiz. Umidani o'g'riga chiqarmadim. Qayerga qo'ygan ekan deb so'ragandim xolos" emish! Ketar chog'imiz kiyimlaringning bir qismini quchoqlab olibdi. Yig'lab menga yolvorardi. Tasavvur qil, kap-katta erkak kishi seni kiyimlaringni quchoqlab yig'lab tursa!
Beixtiyor kulib yubordim. Sardordan hamma narsani kutish mumkin!
- Nima deydi? - dedim nima deganini aniq tasavvur qilib tursam ham.
- Nimayam derdi, eski hammom eski tos! Umidani menga bering deydi xuddi sen meros qilib qoldirilgan uydek! Xullas rosa yalindi, yolvordi. Keyin men aytdim: "Bizdan rozi bo'ling, Umidadan rozi bo'ling! Biz sizdan rozimiz!" desam nima emish, "Men mingdan ming roziman faqat Umidani menga qaytarib bering!"... Bunga gap kor qilmasligini bilgach xayr-xo'sh qilib kelaverdim...
Shu-shu uyda yashab yurdim. Olti oy ortimdan poylab, meni kuzatib yurgani inobatga olinmasa, yaxshi yashadim. Ammo olti oydan keyin yana uyga kelib ota-onamga yalina boshladi. Alohida uyda yashaymiz, domga ko'chamiz, muammo chiqmaydi deb ularni ishontirdi. Ishi tushsa oyijon, dadajon deb chiroyli muomala qilib, boshqa vaqtda kezi kelsa sensirab yuborishini bilsada ota-onam bu safar ham Sardorga ishondi.
Shunday qilib, sharoitlari yaxshi bo'lgan bir domda ijarada yashay boshladik. Ammo bir oy u mening qonimni ichdi! Arzimagan narsadan urush chiqarar, faqat meni xo'rlashni o'ylardi. Uyiga borib, ota-onasini gapiga kirib kelardi. Keyinchalik menga pichoq o'qtalish odatini chiqardi. Ha desa oshxonaga yugurib borib pichoq olib kelar, bir qornimga tiqib olishga urinsa, bir bo'ynimga tirab turib olardi. Sizga bu gaplarni oddiy va sodda qilib bayon qilayotganim ehtimol g'alati tuyular. Ammo, Ishonsangiz bu hodisalar mening hayotimda kunlik ahamiyatsiz voqeaga aylanib borardi...
Bir kun yana uyiga ketib qolayotgan edi, jaxlim chiqib baqirib berdim.
- Bor ketsang ketaver! - deb yana qilig'ini boshladi.
Men ahmoq yana mulla mingan eshakdek uyimga ketdim. U esa o'zining ota-onasini oldiga ketdi. Bir vaqt yarim kechasi qo'ng'iroq qildi.
- Narsalaringni hammasini axlatga tashlab yubordim. Ko'rpa-to'shaklaring chiqindida yotibdi! - dedi Sardor.
Asabiylashib tuni bilan uxlolmay chiqdim. Chunki u aytganini qilishini juda yaxshi bilardim. Tong otgach vaqtlidan dadam bilan birga domga bordim. Uy bo'm-bo'sh! Qo'ng'iroq qilib narsalarimni olib keltirdim. Keldiyu, kalitlarni mendan olib qo'ydi. Shunday qilib yuklarimni ham ololmadim.
Qizlik uyimda yana bir haftacha yashadim. Ammo ko'chada bosh ko'tarib yura olmasdim. Qaysidir mashinaga chiqsam, darxol yer tagidan paydo bo'lib haydovchi bilan janjallashar, meni tushirmaguncha ko'chada baqir-chaqir qilib turaverardi. Oradan bir hafta o'tib yana yalinib keldi. Men narsalarimni olib keyin qaytib kelaman deb rejalashtirdimda unga ergashib uyga kelaverdim...

@Zulmatdagi_Masuma