Get Mystery Box with random crypto!

Zulmatdagi Ma'suma Keyingi kunlar gap-so'z, baqir-chaqirlarga | 🥀𝐙𝐮𝐥𝐦𝐚𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐌𝐚'𝐬𝐮𝐦𝐚

Zulmatdagi Ma'suma

Keyingi kunlar gap-so'z, baqir-chaqirlarga to'lib o'tdi... Hamma menga qarshi nimalarnidir gapiraverib Sardorning quloq-miyasini yer edi. Mening esa yana mazam qocha boshladi. Chap tomonim boz ishlamay qoladigan bo'ldi. O'zim holsiz va majolsiz bo'lib borardim. Bir kuni hamma ishlarimni qilib bo'lgach qaynonamdan biroz mizg'ib olish uchun ruxsat so'radim. Ovqat pishirgan bo'lsam ham, uylarni, hovlini yig'ishtirgan bo'lsam ham bir dunyo gap eshitib oldim. Qaynonamga qolsa, shu yomg'irli havoda ham hovlida ko'zga ko'rinib yursam bo'ldi!
- Bor kirib yot! Boshqa nimaga ham yarar eding! Boxona qilaver! Bor uxla!
Gapirishga ham holim bo'lmay xonamga kirdim. Xona esa doimgidek muzlab yotibdi. Pechka o'chiq. Joyimga o'ranib yotib oldim. Birozdan so'ng ahvolim battar yomonlashayotganini his qildim. Terlab ketib, o'zim muzlay boshladim. Bir soatlarda qaynonam kirib hamma xonalarning deraza-oynalarini ochib ketdi. "Ochmang" deyishga ham o'zimda kuch topa olmadim. Battar muzlab ketdim.
- Turing endi! Boxona qilib yotaverasizmi?! - deb bir vaqt qaynotam kirib keldi.
Qaysi farosatli erkak kelini yotgan uyga kiradi?!
O'rnimdan bir amallab turib, oynalarni yopdim. Bir qultum suv ichib yana yotdim. Shu orada Sardor ham ishdan keldi. Qaynonam esa boz diydiyosini boshladi.
- Ana! Xotiningga qara! Boxona qilib yana yotib oldi!
O'rnimdan turib tashqariga chidim. Sardor nimadir deb menga gapirayotgan edi. Birdan qulog'im chiyillab qoldi...
Ko'zimni ochsam, yana joyimda yotibman. Oldimda esa Sardor turibdi. Demak yana xushimdan ketganman...
- Umida, sizga nima bo'lyapti? - dedi Sardor.
- Bilmasam... O'zim ham hayronman... Agar meni chindan ham yaxshi ko'rsangiz, meni himoya qiling! - dedimda yana ko'zlarimni yumdim.
Oradan noma'lum vaqt o'tgach yuzimga tushgan kuchli tarsakilardan uyg'onib ketdim. Tepamda Sardor yig'lab turardi. Yuzim o't bo'lib yona boshladi.
- Nega urasiz? - dedim yig'lamsirab.
- Siz... O'lib qoldingiz deb... Qo'rqib ketdim! Qo'lingiz kravatdan pastga tushib qoldi. Keyin nafas olmadingiz! Suv sepaman... Uyg'otishga urinaman... Befoyda... Nafas ham olmay qoldingiz! Muzlab qolgan edingiz!
- Xo'p shunga urish kerakmidi?
- Qo'rqib ketdim! O'lib qolgansiz deb qo'rqib ketdim! Sizdan ayrilib qolaman deb qo'rqdim!
"Ha, Sardor Umidani o'ldirib qo'yibdi" degan gapdan qo'rqqan bo'lsang kerak dedim ichimda.
Ertasi kuni yana hech narsa bo'lmagandek ishga bordim. Xujjatlarni to'ldiraman degunimcha kech bo'lib ketdi. Bu yoqda qaynona-qaynotam Sardorga nimalar desa degan. Sardor kasalxonaga quturgan itdek kelib meni hiyonatda ayblamoqchi edi. Bu orada oynamga qo'ng'iroq qilib, "Qizingizni yig'ishtirib olib keting!" degan ham ekan. Onamning nasihatlari uning qulog'iga kirmagan ham...
Xujjatlarni to'ldirib o'tirgan joyimda Sardor ishxonamga kirib keldi. Ishlab o'tirganimni ko'rsa ham hovuridan tushmadi. Ota-onasi miyasini allaqachon zaharlab bo'lgan ekan. Sardor vaxshiylarcha kelib xujjatlarimni yirtib tashladi. Baqir-chaqir to'polon ko'tarildi. Kimdir militsiyani ham chaqiribdi. Yomoni Sardor meni olib qochib ketganida kelgan militsiyachilar ekan. Ular shu ahvolimni ko'rib ustimdan kulishdi! Dard ustiga chipqon!
- Eringizni ustidan da'vo yozib berasizmi? - dedi militsiyachi miyig'ida tirjayib.
- Yo'q, shuni ko'zimdan yo'qotinglar, bo'ldi! Ketsin shu yerdan!
Shu topda ishxonamga onam bilan dadam ham kelib qoldi. O'rnimdan turgan edim, yana boshim aylanib rakvina tomonga qarab yiqilib tushdim. Bu holatni ko'rib ota-onam adoyi tamom bo'ldi.
- Senga xor qildirib qo'yadigan qizim yo'q! - deb oyim meni uyga olib ketdi.
Ertasi kuni onam katta yuk mashinasini gaplashib, uch-to'rt bola bilan Sardorning uyiga bordi.

@Zulmatdagi_Masuma