Get Mystery Box with random crypto!

ZAKOVAT klubi

Telegram kanalining logotibi zakovatklubi — ZAKOVAT klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovatklubi — ZAKOVAT klubi
Kanal manzili: @zakovatklubi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.76K
Kanalning ta’rifi

Kanalda "Zakovat" intellektual klubi mavsumiy o'yinlari natijalari, klubga oid yangiliklar berib boriladi.
Manzil: Zakovat arena.
Mo‘ljal: Beruniy metro bekati

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-29 12:23:27
3-sentabr, shanba kuni Professional liga va Birinchi liga o‘yinlari o‘tkazilmaydi

Professional liga va Birinchi liga kuzgi mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi.

@zakovatklubi
636 views09:23
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:38:13 Moratoriy muddati tugagani munosabati bilan Professional liga yozgi mavsumining 10-tur o‘yini bo‘yicha apellyatsiya hay'ati qarori e'lon qilindi. Tanishish uchun ushbu havola ustiga bosing.

@zakovatklubi
617 views06:38
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:36:46 Moratoriy muddati tugagani munosabati bilan Birinchi liga yozgi mavsumining 10-tur o‘yini bo‘yicha apellyatsiya hay'ati qarori e'lon qilindi. Tanishish uchun ushbu havola ustiga bosing.

@zakovatklubi
591 views06:36
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:20:18
#savollar

Professional liga yozgi mavsum 10-turi (Jobir Ahmedov jamoasi navbatchiligi) savollari

1 va 2-tur
3-tur

@zakovatklubi
625 views06:20
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:20:04
#savollar

Birinchi liga yozgi mavsum 10-turi (Dilshod Yuldashev navbatchiligi) savollari

Savollarni o‘qish

@zakovatklubi
586 views06:20
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:23:51
Birinchi liga yozgi mavsumi ham yakunlandi

Kecha “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan o‘tkazilayotgan Birinchi liga yozgi mavsumining so‘nggi turi bo‘lib o‘tdi.

12-tur natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin - Tafakkur muxlislari;
2-o‘rin - Farg‘ona;
3-o‘rin - Tafakkur;
4-o‘rin - Simple;
5-o‘rin - Nostalgy.

Kuchli beshlikni egallagan jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - 9 million so‘m;
2-o‘rin - 8 million so‘m;
3-o‘rin - 7 million so‘m;
4-o‘rin - 6 million so‘m;
5-o‘rin - 5 million so‘m.

Nizomga asosan yuqoridagi besh jamoa Professional ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

@zakovat
410 views06:23
Ochish/sharhlash
2022-08-27 18:54:26
Professional liga yozgi mavsumi yakuniga yetdi

Bugun “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan o‘tkazilayotgan Professional liga yozgi mavsumining so‘nggi turi bo‘lib o‘tdi.

12-tur natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin - Espero;
2-o‘rin - Benom;
3-o‘rin - Jobir Ahmedov;
4-o‘rin - Bingo;
5-o‘rin - Farrux Rafiqov.

Kuchli beshlikni egallagan jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - 30 million so‘m;
2-o‘rin - 25 million so‘m;
3-o‘rin - 20 million so‘m;
4-o‘rin - 15 million so‘m;
5-o‘rin - 10 million so‘m.

@zakovat
458 views15:54
Ochish/sharhlash
2022-08-27 14:47:38 #mulohaza

Birinchi liga 11-tur mulohazalari

Birinchi ligada 1 va 2-o‘rin egalari deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. So‘nggi turda kurash asosan kuchli beshlikka kirish uchun kechadi.

Tafakkur muxlislari jamoasi mavsum yakuniga 1 tur qolganda 2-o‘rindagi Farg‘ona jamoasidan naq 10 ochkoga oldinda bormoqda. Jamoa so‘nggi turda bor yo‘g‘i bir ochkoni qo‘lga kiritsa, Farg‘ona jamoasining natijasidan qat’i nazar, mavsum g‘olibligini hal qiladi.

Farg‘ona jamoasi mavsumda 2-o‘rinni olgan taqdirda ham Prof ligada ajoyib raqobatbardosh jamoa bo‘la olishini isbotlab qo‘ydi. Endi buni amalda ko‘rish qoldi.

Tafakkur jamoasi 3-o‘rnini deyarli naqd qilgan. Simple bilan oradagi 8 ochkolik farqni yo‘qotib qo‘yish ehtimoli ancha past, ammo bemalol bo‘lishga hech ham asos yo‘q.

Simple jamoasi hozircha 4-o‘rinda turibdi, ammo uning ortidagi Versus, Metsenat va Nostalgy jamoalarida Simpleni quvib o‘tish uchun ajoyib imkoniyat borligi bu jamoani so‘nggi turda bor kuchini berishga majbur qiladi.

Versus jamoasi 11-turda yana bir ajoyib o‘yin ko‘rsatib, Metsenatni 6-o‘ringa tushirib qo‘ydi. Nima ham derdik, beshlikka kirish uchun har tomonlama munosib jamoa.

Metsenat va Nostalgy jamoalari ham o‘zida tajribali bilimdonlarni jamlagani hisobiga so‘nggi turgacha kuchli beshlikka kirish imkoniyatini saqlab keldi. Ko‘ramiz, omad qaysi bir jamoaga kulib boqar ekan.

So‘nggi tur oldidan yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgani uchun an’anadan voz kechib, kuchli beshlik emas, kuchli yettilik jamoalarining ochkolarini e’tiboringizga havola etamiz:

Tafakkur muxlislari - 99
Farg‘ona - 89
Tafakkur - 58
Simple - 50
Versus - 49
Metsenat - 46
Nostalgy - 46

So‘nggi turda kuchli beshlikka kirish uchun kurash yonishi aniq.

@zakovatklubi
1.2K views11:47
Ochish/sharhlash
2022-08-27 14:31:15 #mulohaza

Prof liga 11-tur mulohazalari

Prof liga yozgi mavsumi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Atigi bir turdan so‘ng mavsum omadlilari va omadsizlari ma’lum bo‘ladi.

Farrux Rafiqov jamoasi mavsum so‘ngiga kelganda “uyg‘onib qoldi”. Afsuski, endi yuqori o‘rinlar uchun kurashishga kech. Jamoa so‘nggi turda faqat 5-o‘rinni qo‘lida saqlab qolish uchun kurashadi.

Espero jamoasi mavsum tugashi arafasida g‘oliblik uchun dahshatli intriga hozirlab berdi. So‘nggi turlardagi samarali o‘yinlar hozircha 1-o‘rinda turgan Benom jamoasiga maksimal darajada yaqinlashib olishga imkon berdi. So‘nggi turda jamoa Benomni yarim ochkoga ortda qoldirsa ham qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, mavsum g‘olibiga aylanadi.

Benom jamoasi butun mavsum davomida barqaror o‘ynab kelgan bo‘lsa-da, katta tajribaga ega bo‘lgan Esperoni o‘ziga yaqinlashtirib qo‘ydi. So‘nggi turda Benom mavsum boshidagi o‘ta yuqori darajasini yana bir marta ko‘rsatib bermasa, ahvoli og‘irlashib qolishi mumkin. Har holda yarim ochkolik farq - bu hech narsa emas.

Hozircha Jobir Ahmedov jamoasida ham mavsum g‘olibi bo‘lish uchun nazariy imkoniyat saqlanib turibdi. Faqat buning uchun raqiblari so‘nggi turda umuman ochko ololmasligi va o‘zi 1-o‘rinni olishi kerak. Bu esa tasavvur qilish qiyin bo‘lgan ish, lekin o‘yinda har narsa bo‘lishi mumkin.

Bingo mavsum g‘olibligidan ham, 2-o‘rindan ham umidini uzib bo‘lgan. Jamoada faqatgina uchinchi o‘rin uchun kurashishga imkon qolgan. Bu yo‘lda ular Jobir Ahmedov jamoasi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Legion jamoasi so‘nggi 2 turdagi bo‘sh o‘yini bilan bir necha ochkolik farq bilan egallab turgan 5-o‘rnini Farrux Rafiqovga topshirib qo‘ydi. Lekin hamon jamoada imkoniyat mavjud. Buning uchun ular so‘nggi turda 7 ochkolik farqni yo‘qqa chiqarishlari lozim bo‘ladi.

Hozircha kuchli beshlik jamoalari quyidagicha ochkolarga ega:

Benom - 89
Espero - 88,5
Jobir Ahmedov - 79,5
Bingo - 77,5
Farrux Rafiqov - 62,5

Qolgan jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun kurashish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan. Jadvalning quyi qismida jamoalar esa Prof ligada jon saqlab qolish uchun kurashadi. Hali biror ochko olmagan jamoalarda ham nazariy jihatdan ligada qolish uchun imkon mavjud. Bizningcha, ligada qolish uchun kurash asosan Musaffo osmon, Kronos, Alfa va O‘zMU jamoalari orasida kechadi.

@zakovatklubi
669 views11:31
Ochish/sharhlash
2021-02-13 08:29:02 Zakovat intellektual klubining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Instagram - Zakovat klubi rasmiy - https://www.instagram.com/zakovat_official_page/

Youtube - Zakovat - https://youtube.com/c/ZakovatIntellektualklubi

Youtube - Zakovat Tv - https://youtube.com/c/ZAKOVATTV

Telegram - Zakovat - qiziqarli savollar - t.me/zakovat

Telegram - Zakovat Quiz - t.me/zakovatquiz

Telegram - Zakovat klubi - t.me/zakovatklubi

Facebook - https://www.facebook.com/zakovat

Twitter - Zakovat - https://twitter.com/Zakovat?s=09

@zakovatklubi
2.2K viewsedited  05:29
Ochish/sharhlash