Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza Birinchi liga 11-tur mulohazalari Birinchi ligada | ZAKOVAT klubi

#mulohaza

Birinchi liga 11-tur mulohazalari

Birinchi ligada 1 va 2-o‘rin egalari deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. So‘nggi turda kurash asosan kuchli beshlikka kirish uchun kechadi.

Tafakkur muxlislari jamoasi mavsum yakuniga 1 tur qolganda 2-o‘rindagi Farg‘ona jamoasidan naq 10 ochkoga oldinda bormoqda. Jamoa so‘nggi turda bor yo‘g‘i bir ochkoni qo‘lga kiritsa, Farg‘ona jamoasining natijasidan qat’i nazar, mavsum g‘olibligini hal qiladi.

Farg‘ona jamoasi mavsumda 2-o‘rinni olgan taqdirda ham Prof ligada ajoyib raqobatbardosh jamoa bo‘la olishini isbotlab qo‘ydi. Endi buni amalda ko‘rish qoldi.

Tafakkur jamoasi 3-o‘rnini deyarli naqd qilgan. Simple bilan oradagi 8 ochkolik farqni yo‘qotib qo‘yish ehtimoli ancha past, ammo bemalol bo‘lishga hech ham asos yo‘q.

Simple jamoasi hozircha 4-o‘rinda turibdi, ammo uning ortidagi Versus, Metsenat va Nostalgy jamoalarida Simpleni quvib o‘tish uchun ajoyib imkoniyat borligi bu jamoani so‘nggi turda bor kuchini berishga majbur qiladi.

Versus jamoasi 11-turda yana bir ajoyib o‘yin ko‘rsatib, Metsenatni 6-o‘ringa tushirib qo‘ydi. Nima ham derdik, beshlikka kirish uchun har tomonlama munosib jamoa.

Metsenat va Nostalgy jamoalari ham o‘zida tajribali bilimdonlarni jamlagani hisobiga so‘nggi turgacha kuchli beshlikka kirish imkoniyatini saqlab keldi. Ko‘ramiz, omad qaysi bir jamoaga kulib boqar ekan.

So‘nggi tur oldidan yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgani uchun an’anadan voz kechib, kuchli beshlik emas, kuchli yettilik jamoalarining ochkolarini e’tiboringizga havola etamiz:

Tafakkur muxlislari - 99
Farg‘ona - 89
Tafakkur - 58
Simple - 50
Versus - 49
Metsenat - 46
Nostalgy - 46

So‘nggi turda kuchli beshlikka kirish uchun kurash yonishi aniq.

@zakovatklubi