Get Mystery Box with random crypto!

Birinchi liga yozgi mavsumi ham yakunlandi Kecha “Zakovat int | ZAKOVAT klubi

Birinchi liga yozgi mavsumi ham yakunlandi

Kecha “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan o‘tkazilayotgan Birinchi liga yozgi mavsumining so‘nggi turi bo‘lib o‘tdi.

12-tur natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin - Tafakkur muxlislari;
2-o‘rin - Farg‘ona;
3-o‘rin - Tafakkur;
4-o‘rin - Simple;
5-o‘rin - Nostalgy.

Kuchli beshlikni egallagan jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - 9 million so‘m;
2-o‘rin - 8 million so‘m;
3-o‘rin - 7 million so‘m;
4-o‘rin - 6 million so‘m;
5-o‘rin - 5 million so‘m.

Nizomga asosan yuqoridagi besh jamoa Professional ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

@zakovat