Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonda oʻlim jazosini tiklash taklif qilinmoqda. Bu haq | Yurist maslahati | Rasmiy

Oʻzbekistonda oʻlim jazosini tiklash taklif qilinmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha fuqarolardan yoʻllangan takliflardan birida soʻz boradi.

Anonim murojaatchi yoʻllagan taklifda ayolni oʻldirgan har qanday shaxsni oʻlim jazosiga hukm qilish taklif qilingan.

Shuningdek, qurbon boʻlgan ayolning voyaga yetmagan bolalari oʻn sakkiz yoshga yetguniga qadar taʼminoti jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi ham nazarda tutilgan.

Bildirilgan takliflar orasida korrupsion jinoyatlar uchun ham oʻlim jazosini joriy etish masalasi ham oʻrtaga tashlangan.

Oʻzbekistonda 2008-yilgacha oʻlim jazosi boʻlgan. Prezident Islom Karimov tomonidan 2005-yil 1-avgust kuni imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida”gi farmoni bilan 2008-yilning 1-yanvardan jinoiy jazo turi sifatida oʻlim jazosi bekor qilinib, uning oʻrniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilgan.

Umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan tayinlanishi mumkin.

Jinoyat sodir etganlik uchun umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni maxsus tartibli jazo ijro etiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalarda oʻtaydilar.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan paytda jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari oʻlim jazosini nazarda tutuvchi 30 dan ortiq moddalardan iborat edi. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat kodeksida bunday moddalar soni 13, 1998-yilda 8, 2001-yilda esa 4 tagacha kamaytirildi. 2003-yilda jinoyat qonunchiligini liberallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng, faqat ikki turdagi jinoyat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun oʻlim jazosi nazarda tutiladi.

------ ※ ------ ※---※---※ ------ ※ ------
Foydali ma'lumotni yaqinlar bilan ulashing

Yangiliklarni kuzatib borish
@Yurist_maslahati_rasmiy

Yuristga savol yuborish
@Yuristga_murojaat_rasmiy

Spam bo'lganlar uchun
@Yurist_Qoriyev_bot