Get Mystery Box with random crypto!

Yurist Asadbek Baratov

Telegram kanalining logotibi yurist_baratov — Yurist Asadbek Baratov Y
Telegram kanalining logotibi yurist_baratov — Yurist Asadbek Baratov
Kanal manzili: @yurist_baratov
Toifalar: Kattalashtirilmagan , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.01K
Kanalning ta’rifi

⚖️Юридическая консультация:
💻Korxona uchun oylik yurist xizmati;
📑O'zbekistondagi va Xalqaro nizolar bo'yicha sud ishlarini olib borish;
📩 @YuristKadr_konsultatsiya
Shartnoma va tijoriy taklif uchun: @Baratov_lawyer

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-07 06:03:42 #tezkor

Prezidentning «2022–2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
1.2K views03:03
Ochish/sharhlash
2022-07-06 19:43:23 #fuqaro_murojaati

Bola puli qanday oilalarga tayinlanadi.

#savol
Bolalar nafaqasi asosan qanday oilalarga beriladi

#javob
Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan;

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu nizomda belgilangan tartibda oila a'zolarining taqdim etgan arizalariga asosan «Yagona reestr» AT orqali kam ta'minlangan (Kishi boshiga 498000 so'mdan ortiq bo'lmagan)oila deb e'tirof etilgandan so'ng tayinlanadi.

Hurmatli fuqarolar murojaatingni quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin


@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
1.2K views16:43
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:45:36
#munosabat

Qoraqalpogʻistondagi voqealar yuzasidan xalqaro hamjamiyat vakillarining pozitsiyasi

@Yurist_Baratov
1.1K views11:45
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:27:32 #useful #ijtimoiy_soha #fuqaro_murojaati

FUQAROLARNING NOMIDA UY-JOY BOR YOKI YO'QLIGINI QAYERDAN BILSA BO'LADI

Hukumatning 02.09.2020 yil kungi 535-son qaroriga ko'ra;

Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to'g'risida ma'lumotnoma olish uchun fuqaro (Jismoniy shaxs);

1) Davlat xizmatlari markazlariga o'zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi.

2) U yerda so'rovnoma to'ldirilib, kadastr organlariga elektron tarzda yuboriladi.

3) Markaz so'rovnoma tushgan va to'lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo'yilgan ma'lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YAIDXP orqali yuboradi.

Buning uchun xizmat ko'rsatish muddati 3 ish kuni ichida amalga oshirilishi mumkin.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
1.3K views11:27
Ochish/sharhlash
2022-07-06 11:18:34
#bilasizmi #useful

Turkmanistonda bolalarga mobil telefondan foydalanish taqiqlanibdi.

Turkmanistonda sim-kartalar taqchilligi tufayli bolalarga uyali aloqadan foydalanish taqiqlandi.

Shu sababli ularni sotish bo'yicha cheklovlar kuchaytirilib, 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan.

Bolalar uchun kattalarga qaraganda ko'proq cheklovlar mavjud.

Maktablarda smartfonlardan foydalanish qat'iyan man etiladi, chunki ular elektron sigaretalar kabi narsalarga tenglashtiriladi.

Turli yig'ilishlarda internet faoliyati zararli va xavfli faoliyat sifatida tilga olinadi.

Batafsil_oʻqish

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
1.4K views08:18
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:51:27 #eslatma

Fuqarolardan kelayotgan murojaatlar bo'yicha!

Maslahat uchun xech narsa kerakmas. Shunchaki murojaatingizni batafsil yozing.

Konsultatsiya olish uchun quydagilarni yuboring:

1. Muammoni batafsil tartibda yoriting.
2. Xis tuygʻularga berilib bekorchi gaplar yozmang.
3. Masalan Ishga oid Shartnoma, qaror, tilxat, kelishuv, ariza, javob xatlari va x.k.larni rasmga tushiring va yuboring. Eʼtibor bering: rasmlar yorugʻ joyda va tinniq olingan boʻlsin.
4. Faqat ishga taʼluqli foto va videolarni yuboring.
5. Isbot va dalillaringizga izoh berib yuboring.

Barcha xujjatlarni taqdim etib, murojaatingizni qoldirganingizdan so'ng 24 soat ichida sizga batafsil huquqiy javob beriladi

Bunda:
sizning ishingiz yuzasidan qonuniy yechimlar
sizga taʼluqli imtiyozlar
barcha konun xujjatlaridan nusxalar
qilishingiz kerak boʻlgan ishlar yuzasidan tavsiyalar beriladi.

Agar ma'qul kelgan boʻlsa, murojaat qilishingiz mumkin: @Baratov_lawyer
1.5K views06:51
Ochish/sharhlash
2022-07-06 06:11:40
#useful #bilasizmi

Internetda xavfsizlik qoidalari yoxud shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishda ehtiyot qiling!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilamiz, onlayn xaridlarni amalga oshiramiz, bank xizmatlaridan foydalanamiz. Biz haqimizdagi ma’lumotlar internetda aylanib yuradi. Afsuski, niyati nopok kimsalar ulardan o‘z maqsadida foydalanishi, ma’naviy va moddiy zarar yetkazishi mumkin.

Ammo oddiy choralar orqali ma’lumotlarimizni to‘g‘ri himoya qila olsak, ular shum niyatiga yeta olmaydi.

1. Bank kartangiz haqidagi ma’lumotlarni firibgarlarga bermang

2. Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntingiz buzilishi oldini oling

3. Firibgarlar nomingizdan qarz olishiga yo‘l qo‘ymang

4. Fotosurat, video va hujjatlarni ehtiyot qiling

5. Yozishma va fotosuratlaringiz ommaga oshkor bo‘lishining oldini oling

6. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar jinoyatchilarni jalb qiladi

7. Internet parollarni ishonchli joyda saqlang

https://kun.uz/uz/86488129

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
2.6K views03:11
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:26:00 #fuqaro_murojaati #muhim

DAVLAT TASHKILOTI FUQARO MUROJAATIGA O'Z VAQTIDA YOKI UMUMAN BERMASA JAVOBGARLIK MAVJUD

#savol
1-iyun kuni Bandlikka koʻmaklashish markaziga murojaat qilgandim, shu vaqtgacha murojaatimga javob kelmadi. Meni murojaatimga javob bermagani uchun davlat tashkilotiga qanday chora ko'riladi?

#Javob
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 43-moddasi koʻra;

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi" qonunchilikni buzish:

Unga ko'ra, Quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

murojaatlarini qabul qilish va ko'rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

ularni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta'minlamaganlik.

#eslatma
Yuqoridagi harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda (300 ming so'mdan 900 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
1.3K views13:26
Ochish/sharhlash
2022-07-05 13:23:50 #mehnat #bilasizmi

Kimlar ishsiz sifatida qaraladi va ularning huquqlari nimadan iborat

16 yoshdan to pensiya bilan ta'minlanish huquqini olishgacha bo'lgan yoshdagi, haq to'lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg'ulotga ega bo'lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo'lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o'tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo'lgan mehnatga layoqatli shaxslar.

Ishsiz deb e'tirof etish uchun shaxs mahalliy mehnat organlarida ish qidiruvchi sifatida ro'yxatga olingan bo'lishi lozim.

Mahalliy mehnat organida ro'yxatga olingan paytdan boshlab 10 kun ichida o'zlariga taklif qilingan maqbul keladigan ishni 2 marta rad etgan shaxslar ish qidirayotgan deb e'tirof etilmaydi va taklif qilingan ishni rad etgan paytdan boshlab 30 kalendar kun o'tgandan keyingina ishsiz sifatida takroran ro'yxatga olinish huquqiga egadir.

#eslatma
Shaxsni ishsiz deb e'tirof etish to'g'risidagi qaror mahalliy mehnat organining buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi, ushbu buyruq bir vaqtning o'zida ishsizlik nafaqasi tayinlash to'g'risidagi buyruq hisoblanadi.

Buyruqda ishsizlik nafaqasining miqdori va uni hisoblash sanasi ko'rsatiladi.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
1.7K views10:23
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:42:07 #qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq ma'muriyatchiligi soddalashtiriladi

Mamlakatimiz Prezidenti “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan:

Foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilinadi –
bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish obyektlari hamda ushbu obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish bekor qilinadi.

QQS maʼmuriyatchiligi soddalashtiriladi:

majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda beriladi;

soliq organlari monitoringi davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq xavfi holatlarining aniqlanishi QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘ladi;

yuqori xavf darajasi aniqlangan tadbirkorlarning QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan 5 kun oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi. Ushbu muddatda kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, QQS guvohnomasi to‘xtatib turiladi.

Amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lishi yoki soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganlik holatlari bundan mustasno.

2023-yil 1-martga qadar:

hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi;

xo‘jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarini hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
1.9K views06:42
Ochish/sharhlash