Get Mystery Box with random crypto!

Yurist Asadbek Baratov

Telegram kanalining logotibi yurist_baratov — Yurist Asadbek Baratov Y
Telegram kanalining logotibi yurist_baratov — Yurist Asadbek Baratov
Kanal manzili: @yurist_baratov
Toifalar: Kattalashtirilmagan , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.01K
Kanalning ta’rifi

⚖️Юридическая консультация:
💻Korxona uchun oylik yurist xizmati;
📑O'zbekistondagi va Xalqaro nizolar bo'yicha sud ishlarini olib borish;
📩 @YuristKadr_konsultatsiya
Shartnoma va tijoriy taklif uchun: @Baratov_lawyer

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 12:09:46
#students_life #useful #eslatma

OTMlarga o'qishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati:

1) Rektor nomiga ariza;
2) Pasportning 5 ta nusxasi;
3) Attestat yoki diplom;
4) IELTS sertifikati (mavjud bo'lsa);
5) 3,5×4,5 o'lchamdagi 12 dona fotosurat;
6) Qog'ozlar uchun papka;
7) Qog'oz konvert;
8) Abiturient ruxsatnomasi;
9) Javoblar varaqasi;
10) STIR (INN).

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
8.3K views09:09
Ochish/sharhlash
2022-08-29 06:50:22 #useful #ijtimoiy #bilasizmi

BUGUNGI KUN HOLATIGA BOLALAR PULI VA MODDIY YORDAMNING ANIQ MIQDORLARI

Prezidentning 11.08.2021 yil kungi PF–6277-son farmoniga ko'ra,

Bolalar nafaqasi va moddiy yordamning har oylik miqdori:

250 000 so'm – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bitta farzand uchun,

325 000 so'm – yoshi 3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzand uchun;

150 000 so'm – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha;

100 000 so'mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

Kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so'm.

#Masalan
agar oilada 3 nafar bola bo'lsa va ularning eng kichigi 3 yoshga to'lmagan bo'lsa, yuqoridagi tartib bo'yicha uch nafar bolaga 575 000 so'm pul to'lanadi ya'ni;

(325 000 + 150 000 + 100 000 = 575 000)

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
2.6K views03:50
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:49:02 #students_life #useful

IJARADA YASHOVCHI TALABALARGA DAVLAT TOMONIDAN MA'LUM MIQDORDA IJARA PULI TO'LAB BERILADI

Qonunchilikka ko'ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (300 ming so'm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (150 ming so'mdan) oshmasligi lozim;

ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o'rnak ko'rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;

OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to'lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
3.7K views16:49
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:52:01
#eslatma

Mustaqillik bayramida necha kun dam olamiz

2022 yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilangan Prezident farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami arafasida 4 kun dam olinadi.

Bular:

1 sentabr (payshanba) – Mustaqillik bayrami kuni;
2 sentabr (juma) – qo'shimcha dam olish kuni;
3 sentabr (shanba) – 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;
4 sentabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni.

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
2.9K views14:52
Ochish/sharhlash
2022-08-28 14:48:20 #useful #bilasizmi

Xotin qizlar uchun foizsiz taʼlim krediti olish tartibi

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Ammo ko‘pchilik buni yaxshi tushunmagani sababli, yani 14 foiz ekanu degan tushunchaga kelgan, batafsil barcha yuzaga kelgan savollarga javob:

Ushbu Kredit kimlarga beriladi

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);

Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

#eslab_qoling
Masofaviy taʼlimga berilmaydi

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
3.6K views11:48
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:38:29 ​​В каких ситуациях может быть осуществлен отзыв доверенности? Каков порядок аннулирования доверенности? И когда прекращается действие доверенности в случае ее отзыва? Ответы на перечисленные вопросы и образец приказа об отмене доверенности – в материале.

#статья
2.9K views08:38
Ochish/sharhlash
2022-08-28 07:39:57
#students_life #rasman

Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari e’lon qilindi

Vazirlik axborotiga ko‘ra, bakalavriat va magistratura to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yilinikidan o‘zgarmay qolgan.

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
12.9K views04:39
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:30:54 #fuqaro_murojaati

#savol
Og'zaki kelishuv asosidagi maoshimni undiraolamanmi?
ish beruvchi bilan kelishilgan summa to'liq berilmagan. Og'zaki kelishuv bo'lgan. Men qaerga murojat qilishim kerak? va men qolgan ish haqimni undira olamanmi?

#Javob
Agar bu og'zaki kelishuvingizni Mehnat kodeksi 89-moddasi 6-qismi bo'yicha mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblaydigan bo'lsak:

Ish haqingizni undirib olish bo'yicha fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilishingiz lozim.

Biroq, sudga murojaat qilishda Mehnat kodeksi 270-moddasiga muvofiq Siz o'z huquqingiz buzilganligini bilgan yoki bilishingiz lozim bo'lgan kundan boshlab uch oy ichida berilishi lozim.

Ushbu belgilangan muddat uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Ya'ni bu holatda da'vo qilish muddati o'tib ketgan bo'lishi mumkin, lekin sudga muddatni uzrli o'tkazib yuborilgan deb iltimosnoma kiritsangiz ham bo'ladi, bu holatda sud muddatni o'tgan / o'tmagan deb baholaydi.

Agar siz fuqarolik shartnoma tuzganman deb hisoblasangiz, misol uchun shartnoma bo'yicha siz muayyan ishni bajarish, buyurtmachi esa shu ish uchun haq to'lash kelishib olingan bo'lsa, bu holatda umumiy da'vo muddati 3 yil davomida sudga murojaat qilishingiz lozim. Sudda siz haqiqatda shartnoma tuzilganligini (og'zaki bo'lsada) isbotlashingiz lozim bo'ladi

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
2.7K views17:30
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:40:23 #YPX #eslatma

Qanday hollarda YPX xodimi tomonidan haydovchilik guvohnomasi olib qo'yiladi

Agar sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonunchilikda transportni boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo qo'llash belgilangan bo'lsa, haydovchilik guvohnomasi YPX xodimi tomonidan olib qo'yilishi mumkin.

Boshqa hollarda
haydovchilik guvohnomasini olib qo'yishga yo'l qo'yilmaydi.

Haydovchilik guvohnomasi olib qo'yilganda
ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaga,

shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga tegishli yozuv kiritiladi va talon haydovchiga qaytarib beriladi.

#Masalan
xavfsizlik kamari taqmaganlik uchun haydovchilik guvohnomasini olib qo'yish mumkin emas.

#eslab_qoling
Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun esa haydovchilik guvohnomasi olib qo'yiladi chunki, ushbu huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi belgilangan.

#Eslatma
transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi faqat sud tomonidan qo'llaniladi.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
4.1K views14:40
Ochish/sharhlash
2022-08-27 16:09:23 Ishsizlik nafaqasini to'lash shartlari va muddatlari

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e'tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro'yxatdan o'tgan kundan e'tiboran tayinlanadi.

Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan paytdan boshlab kechi bilan o'n birinchi kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Ishsizlik nafaqasi o'n ikki oylik davr ichida ko'pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to'lanadi.

Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo'llanma olish uchun murojaat qilishi shart.

Ishsizlik nafaqasining miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.

#Asos
Mehnat kodeksining 65-moddasi

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov
3.6K views13:09
Ochish/sharhlash