Get Mystery Box with random crypto!

#fuqaro_murojaati #muhim DAVLAT TASHKILOTI FUQARO MUROJAATI | Yurist Asadbek Baratov

#fuqaro_murojaati #muhim

DAVLAT TASHKILOTI FUQARO MUROJAATIGA O'Z VAQTIDA YOKI UMUMAN BERMASA JAVOBGARLIK MAVJUD

#savol
1-iyun kuni Bandlikka koʻmaklashish markaziga murojaat qilgandim, shu vaqtgacha murojaatimga javob kelmadi. Meni murojaatimga javob bermagani uchun davlat tashkilotiga qanday chora ko'riladi?

#Javob
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 43-moddasi koʻra;

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi" qonunchilikni buzish:

Unga ko'ra, Quyidagi harakatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi:

murojaatlarini qabul qilish va ko'rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

ularni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta'minlamaganlik.

#eslatma
Yuqoridagi harakatlarni sodir etish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda (300 ming so'mdan 900 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov