Get Mystery Box with random crypto!

#fuqaro_murojaati #savol Og'zaki kelishuv asosidagi maoshim | Yurist Asadbek Baratov

#fuqaro_murojaati

#savol
Og'zaki kelishuv asosidagi maoshimni undiraolamanmi?
ish beruvchi bilan kelishilgan summa to'liq berilmagan. Og'zaki kelishuv bo'lgan. Men qaerga murojat qilishim kerak? va men qolgan ish haqimni undira olamanmi?

#Javob
Agar bu og'zaki kelishuvingizni Mehnat kodeksi 89-moddasi 6-qismi bo'yicha mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblaydigan bo'lsak:

Ish haqingizni undirib olish bo'yicha fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilishingiz lozim.

Biroq, sudga murojaat qilishda Mehnat kodeksi 270-moddasiga muvofiq Siz o'z huquqingiz buzilganligini bilgan yoki bilishingiz lozim bo'lgan kundan boshlab uch oy ichida berilishi lozim.

Ushbu belgilangan muddat uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Ya'ni bu holatda da'vo qilish muddati o'tib ketgan bo'lishi mumkin, lekin sudga muddatni uzrli o'tkazib yuborilgan deb iltimosnoma kiritsangiz ham bo'ladi, bu holatda sud muddatni o'tgan / o'tmagan deb baholaydi.

Agar siz fuqarolik shartnoma tuzganman deb hisoblasangiz, misol uchun shartnoma bo'yicha siz muayyan ishni bajarish, buyurtmachi esa shu ish uchun haq to'lash kelishib olingan bo'lsa, bu holatda umumiy da'vo muddati 3 yil davomida sudga murojaat qilishingiz lozim. Sudda siz haqiqatda shartnoma tuzilganligini (og'zaki bo'lsada) isbotlashingiz lozim bo'ladi

@Konsultatsiya1_YuristKadr

Kanalga aʼzo boʻling:@Yurist_Baratov