Get Mystery Box with random crypto!

Yuridik maslahatlar

Telegram kanalining logotibi yuridikmaslahatchi — Yuridik maslahatlar Y
Telegram kanalining logotibi yuridikmaslahatchi — Yuridik maslahatlar
Kanal manzili: @yuridikmaslahatchi
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalga a'zo boʻlish orqali:
✍️Yuridik savollaringizga bepul javob olishingiz mumkin;
🌐Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor boʻlasiz.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-27 18:05:39 #Savolim_bor

Turmush o‘rtog‘im bilan shaʼriy nikoh asosida 4 yil yashadim va ajralishdik. O‘rtada farzadlar mavjud emas. Nikoh guvohnomasiz xam turmush o‘rtog‘imning mol-mulkiga davogarlik qilishim mumkinmi ?

Javob;

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasida, diniy rasm-rusmlar bilan tuzilgan nikox huquqiy xisoblanmasligi ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu holatda qonuniy nikoh asosida oila qurmaganligingiz sababli Siz uning mol-mulkiga davogarlik qila olmaysiz. O‘z navbatida u xam sizdan moddiy manfaatdor bo‘la olmaydi.

Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
10.5K views15:05
Ochish/sharhlash
2022-05-27 13:31:07 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim fuqarolarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-258-son Qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming so‘mdan;

Toshkent shahrida – 400 ming so‘mdan.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam taʼminlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga – 200 ming so‘mdan.

Bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa bo‘yicha to‘lab beriladi.

Uyida vaqtincha bo‘lmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra bir martalik moddiy yordam pullarini o‘z vaqtida ololmagan fuqarolar to‘lanmagan moddiy yordam pullarini 2022 yil 1 sentyabrgacha olish huquqiga ega.

Qarorga ko‘ra, “Temir daftar”ga kiritilgan hamda bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilib, ushbu oilalarning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi.


Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
9.2K views10:31
Ochish/sharhlash
2022-05-27 07:31:12 #Bilasizmi

Hisoblagichni qiyoslashdan o'tkazish uchun qancha pul to'lanadi?

Hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun quyidagicha yig‘im undiriladi:

jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) BHMning 20 foizi (54 ming so‘m);

hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) BHMning15 foizi (40 ming 500 so‘m);

yuridik shaxslardan BHMning 1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.


Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
7.6K views04:31
Ochish/sharhlash
2022-05-25 13:15:26 #Savolim_bor

Assalom alaykum! 2021-yil mart oyida dekretga chiqqanman. Hozirda bola parvarishlash ta'tilidaman. Ish joyim saqlanib turadimi? Oldindan rahmat.

JAVOB:

Mehnat kodeksining 234-moddasiga asosan Homiladorlik va tug‘ish taʼtili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun taʼtil berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.

Bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan olti yil, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi.

Yaʼni mazkur holatda, farzandingiz ikki yoshga to'lgunga qadar olgan ta'tilingiz davrida ish joyingiz to‘la saqlanadi.

Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
8.4K views10:15
Ochish/sharhlash
2022-05-25 07:31:15 #Bilasizmi

O'rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga ta'til berilishi tartibini bilasizmi?

O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha taʼtillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda beriladi.

Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim 6 oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda taʼtil uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.

Birinchi ish yilida 6 oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat taʼtiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat taʼtiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
4.0K views04:31
Ochish/sharhlash
2022-05-24 08:21:28 #Bilasizmi

Jamg'arib boriladigan pensiyani qachon olish mumkin?

Qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini davlat pensiyasiga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan taqdirda olishlari mumkin.

Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar merosga o‘tadi va merosxo‘rga bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi.

Fuqaro O‘zbekiston hududidan tashqariga doimiy yashashga chiqib ketayotgan bo‘lsa, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi.

Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
3.9K views05:21
Ochish/sharhlash
2022-05-23 18:20:34 #Bilasizmi

Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi

Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi:

I va II guruh nogironlari, bolalikdan nogironlar;

1941 – 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilganlar;

Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogironlar;

1941 – 1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;

baynalmilalchi jangchilar;

chin yetimlar;

yolg‘iz pensionerlar;

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari o‘quvchilari;

chaqiriq komissiyalari xulosasi asosida mudofaa bo‘limlari yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lganlar;

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar;

1 yoshgacha bolali emizikli onalar.

Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
4.2K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-05-23 13:15:35 #Bilasizmi

Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari taqdim etiladi:

urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;

I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

yolg‘iz keksalar;

pensionerlar.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy bo‘linmalariga topshirilishi lozim:

ariza;

pasport nusxasi;

yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);

tibbiy xulosa.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

har yili (navbat asosida):

urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;

yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan

shaxslarga;

yolg‘iz keksalarga;

2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):

urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);

I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda 3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.

Yo‘llanmalar 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.

Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
3.8K views10:15
Ochish/sharhlash
2022-05-23 10:12:01 #Bilasizmi

Mehnat munosabatlariga oid ishlarda xodimlar sud xarajatlari to'lashdan ozod qilinadi

Ish beruvchi xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun Mehnat kodeksida belgilangan intizomiy jazo choralarini (hayfsan, jarima, ishdan bo‘shatish) qo‘llashga haqli.

Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.

Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.

Xodim qo‘llanilgan intizomiy jazodan norozi bo‘lgan taqdirda 3 oy muddat ichida sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etishga haqli.

Xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladilar.

Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
2.9K views07:12
Ochish/sharhlash
2022-05-23 07:00:20 #Bilasizmi

Aliment to‘lovchining boshqa qarzdorliklari bo‘lganda undan undirilgan mablag‘lar birinchi navbatda aliment to‘lovlari uchun beriladi, so‘ng navbatdagi qarzdorliklar uchun taqsimlanadi.

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan va qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar majburiy ijro organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.


Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi
3.0K views04:00
Ochish/sharhlash