Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olis | Yuridik maslahatlar

#Bilasizmi

Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari taqdim etiladi:

urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;

I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

yolg‘iz keksalar;

pensionerlar.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy bo‘linmalariga topshirilishi lozim:

ariza;

pasport nusxasi;

yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);

tibbiy xulosa.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

har yili (navbat asosida):

urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;

yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan

shaxslarga;

yolg‘iz keksalarga;

2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):

urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);

I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda 3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.

Yo‘llanmalar 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.

Kanalga aʼzo boʻling
https://t.me/yuridikmaslahatchi