Get Mystery Box with random crypto!

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi yuridik_talim — YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal Y
Telegram kanalining logotibi yuridik_talim — YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal
Kanal manzili: @yuridik_talim
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.20K
Kanalning ta’rifi

🏛️ «Yuridik taʼlim»™️ mustaqil loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi.
🏢 Yuridik taʼlim muassasalari talabalari hamda abituriyentlari uchun maxsus kanal.
📩 Murojaat uchun:
@yuridiktalim_bot
✅ Reklama:
📥 @YT_Rek
🖥️ Live: @Huquqshunos_bloger

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-21 08:20:25
Abituriyent Ruxsatnomasi.

2022/2023-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2022-yil 25-avgust kuni stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Abituriyentlar uchun Ruxsatnoma esa 24-avgustgacha saytga joylanadi va abituriyentlar Ruxsatnomalarni yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.8K views05:20
Ochish/sharhlash
2022-08-20 22:32:14 Qabul yakunlandi.

Adliya vazirligi Yuridik texnikumlarining 2022-2023-o'quv yili uchun Qabul jarayonlari Rasman yakunlandi.


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.8K views19:32
Ochish/sharhlash
2022-08-20 07:27:24
Qabulning so'nggi kuni.

Bugun 20-avgust Adliya vazirligi Yuridik texnikumlariga onlayn hujjat topshirishning soʻnggi kunidir.

Bugun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti
(my.dtm.uz) sayti orqali saot 23:59 gacha onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniga egasiz.

Shuning bilan Yuridik texnikumlarda qabul jarayonlari yakunlanadi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
2.0K views04:27
Ochish/sharhlash
2022-08-19 08:48:37 #Qabul2022
Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 18:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, huquq fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 62 ball), chet tili fani bo‘yicha 2,1 balldan (jami 42 ball), IQ bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining litsey.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.8K views05:48
Ochish/sharhlash
2022-08-19 08:26:48Abituriyentlar OTM kirish testida toʻplagan balli bilan texnikumga kirish tanlovida qatnashishi mumkin. Alohida test topshirish shart emas!

Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional taʼlim muassasalariga (texnikum, kollej) kirish uchun ham ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Kirish test sinovlarida toʻplagan balli bilan professional taʼlim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

abituriyent professional taʼlim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi bilan bir xil boʻlsa;

abituriyent oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan boʻlsa;

professional taʼlim muassasalariga kirish uchun roʻyxatdan oʻtishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.

Shuningdek, abituriyent bu imkoniyatni tanlamasdan test sinovlarida qatnashishi ham mumkin!

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.6K views05:26
Ochish/sharhlash