Get Mystery Box with random crypto!

​Abituriyentlar OTM kirish testida toʻplagan balli bilan texni | YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

Abituriyentlar OTM kirish testida toʻplagan balli bilan texnikumga kirish tanlovida qatnashishi mumkin. Alohida test topshirish shart emas!

Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional taʼlim muassasalariga (texnikum, kollej) kirish uchun ham ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Kirish test sinovlarida toʻplagan balli bilan professional taʼlim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

abituriyent professional taʼlim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi bilan bir xil boʻlsa;

abituriyent oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan boʻlsa;

professional taʼlim muassasalariga kirish uchun roʻyxatdan oʻtishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.

Shuningdek, abituriyent bu imkoniyatni tanlamasdan test sinovlarida qatnashishi ham mumkin!

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM