Get Mystery Box with random crypto!

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi yuridik_talim — YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal Y
Telegram kanalining logotibi yuridik_talim — YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal
Kanal manzili: @yuridik_talim
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.20K
Kanalning ta’rifi

🏛️ «Yuridik taʼlim»™️ mustaqil loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi.
🏢 Yuridik taʼlim muassasalari talabalari hamda abituriyentlari uchun maxsus kanal.
📩 Murojaat uchun:
@yuridiktalim_bot
✅ Reklama:
📥 @YT_Rek
🖥️ Live: @Huquqshunos_bloger

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 15:34:43
Yuridik texnikumlar o'rtasida «Eng iqtidorli o'quvchi» tanlovining Respublika bosqichi qachon o'tkaziladi ?!

Har yili Yuridik texnikum o'quvchilari o'rtasida an'anaviy tarzda o'tkaziladigan «Eng iqtidorli o'quvchi» tanlovining Respublika bosqichi bu safar juda kechikmoqda.

O'tgan yilda bu tanlovning Respublika bosqichi 25-iyun sanasida o'tkazilgan edi:
https://t.me/yuridik_talim/1061

Ammo bu yil Avgust oyi yakunlanayotgan bo'lsada bu tanlov o'tkazilishi haqida hech qanday ma'lumot yo'q.

Adliya vaziri Buyrug'i bilan tasdiqlangan Yuridik texnikumlar o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan «Eng iqtidorli o'quvchi» tanlovini tashkil etish tog'risidagi Nizomga yuzlanadigan bo'lsak, bu tanlovning Respublika bosqichi allaqachon Fevral oyida o'tkazilgan bo'lishi kerak:
https://t.me/yuridik_talim/1888

Ammo bu Muddat faqat Nizomda qolib ketishiga o'rganib qolganmiz.

Lekin butun boshli tanlov ham qolib ketishiga emas.

Albatta bu borada javob kutamiz.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.3K views12:34
Ochish/sharhlash
2022-08-27 08:52:15 OTMning Mandati bugun chiqishi kutilmoqda.

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra mandat oldingi yilgi tartibga asoslanib viloyatlar kesimida oraliq 2 soat farq bilan belgilanib ma'lum bir grafik asosida e'lon qilinadi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.9K views05:52
Ochish/sharhlash
2022-08-26 22:11:07 2022/2023 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanma berilgan bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo'yicha 2022-yil 22-25-avgust kunlari o'tkazilgan yakka tartibdagi suhbat natijalari e'lon qilindi.

Natijalar bilan tanishish

O'zbek
Rus

Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar Apellatsiya komissiyasiga joriy yilning 31-avgust kuni soat 17:30ga qadar yozma tartibda apellatsiya berish huquqiga ega.

Apellatsiya ko‘rib chiqiladigan kun haqida abituriyentlarga xabar beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998903386006 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.7K views19:11
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:11:55
#mandat

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha so‘nggi test natijalari e'lon qilindi:
https://t.me/yuridik_kanal/174?single

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.7K views06:11
Ochish/sharhlash
2022-08-26 08:09:33 𝗜𝗺𝘁𝗶𝗵𝗼𝗻 𝗻𝗮𝘁𝗶𝗷𝗮𝗹𝗮𝗿𝗶.

Yuridik texnikum abituriyentlari test natijalarini, yaʼni testda qancha ball toʻplaganlarini qachon bilishlari mumkin ?!

Abituriyentlarning to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik texnikumlari faoliyatinj takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Qaror. (3-bob 25-band).

Abituriyentlarga yuboramiz !!!


𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝗮ʼ𝘇𝗼 𝗯𝗼ʻ𝗹𝗶𝗻𝗴 !!!
@YURIDIK_TALIM
1.7K viewsedited  05:09
Ochish/sharhlash
2022-08-24 09:19:03 Joriy yildan Yuridik texnikum abituriyentlari ham 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Adliya Vazirligi Yuridik texnikumlarining kirish imtihonlari bu yil ilk bora 5 ta fandan bo'lib o'tadi.

Ya'ni bu yil test sinovlaridagi 2 ta mutaxassislik fanlariga (Tarix, Chet tili) yana 3 ta majburiy fan (Ona tili, Matematika, O‘zbekiston tarixi) ham qo'shilmoqda.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, tarix fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
2.0K views06:19
Ochish/sharhlash
2022-08-24 08:28:28 ERTAGA IMTIHON.

Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari qanday tartibda o'tkaziladi ?!

2022-2023-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2022-yil 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 17:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (tarix, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, tarix fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.9K views05:28
Ochish/sharhlash
2022-08-23 09:07:24 Ayni damda Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanma berilgan bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo'yicha yakka tartibdagi suhbatning 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda

Jarayonni ko‘rish...

TSUL.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
1.8K viewsedited  06:07
Ochish/sharhlash
2022-08-22 08:56:19 Ayni damda Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanma berilgan bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo'yicha yakka tartibdagi suhbat boshlandi

Jarayonni ko‘rish...

TSUL

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
2.2K views05:56
Ochish/sharhlash
2022-08-21 10:10:21
V.F.Yakovlev nomidagi Ural davlat universiteti Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda amalga oshirayotgan qoʻshma ta'lim dasturiga kirish sinovlarining 1-bosqichi natijalarini e'lon qildi.

“Rus tili” va “Jamiyatshunoslik” fanlaridan umumlashtirilgan natijalar – bu yerda.

Vedomostlar:
– “Rus tili” fani;
– “Jamiyatshunoslik” fani.

60 va undan yuqori ball (ya'ni 200 ballik tizimda 30 va undan yuqori foiz) toʻplagan abituriyentlar kirish sinovlarining 2-bosqichi – rus tilidan test sinovlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar. Bu testlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.

2-bosqichdagi test sinovlarining oʻtkazilish joyi va vaqti haqida qoʻshimcha ravishda xabar beriladi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM
2.1K views07:10
Ochish/sharhlash